Filologiya fakulteti 2 bosqich 021- 11guruh Qaxorova Sabina
Download 116.02 Kb.
|
КАХХОРОВА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Estetik
NAFOSAT TARBIYASI VOSITALARI
Nafosat tarbiyasiga doir bilim va malakalar, asosan, dars jarayonida — o‘qish, musiqa, ona tili, tabiat, tasviriy san’at, tarix, geografiya va jismoniy tarbiya kabi darslarda beriladi. O‘qish darslaridan nafosat tarbiyasi: ifodali o‘qish, texnika vositalaridan foydalanish, did bilan chizilgan rasmlar va sahna o‘yinlari orqali o‘quvchi ongiga singdirilib boriladi. Shuningdek, turli janrdagi badiiy asarlarni o‘qish, she’rlarni yodlash, jumladan, ertak, rivoyat, hikoyatlarni o‘rganish orqali bola so‘z qudratidan zavqlanadi, hayajonlanadi, ta’sirlanadi. O‘zini sirli voqealar ichida yurgandek his etadi, butun vujudi quloqqa aylanadi, turli kechinma, kayfiyat, his-tuyg‘u qalbini qamrab oladi. So‘z qudrati uni sehrlab, butunlay o‘ziga jalb etadi, ergashtiradi. Nafosat tarbiyasi vositalaridan eng muhimi san’atdir. San’atning barcha tur va janrlari o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Yosh o‘sa borgani sayin bolada san’atning u yoki bu turiga qiziqish o‘zgarib turadi. San’atning eng ta’sirchan turlaridan biri xilma xil musiqadir. Bola hali yozish, o‘qish, chizishni bilmagan paytda ham musiqaning sehrli to‘lqinini qabul qilishi, ulardan oziqlanishi mumkin. Musiqaning ilk ta’siri ona allasi bilan bog‘liq. Ona allasi mayin, jozibali, shirador, ta’sirchan bo‘lgani uchun ham bola undan orom olib uyquga ketadi. Musiqa bolaning eshitish qobiliyatini yaxshilaydi, uning ruhiyatiga yumshoqlik, fe’l-atvoriga muloyimlik bag‘ishlaydi. Haqiqiy musiqa asarlari ta’sirida ulg‘aygan bola o‘rtoqlari orasida ajralib turadi. San’atning ikkinchi bir turi — tasviriy san’at ham nafosat tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Rasm chizishga bo‘lgan qiziqish aksariyat bolalarda yoshlikdanoq boshlanadi. Rasm chizishga bo‘lgan havas bolalarda ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalaydi, xotirasini shakllantiradi, xayolning o‘sishiga yordam beradi. Go‘zallik va xunuklikka bo‘lgan o‘z munosabatini bola o‘zi chizgan rasmlari orqali ifodalashga harakat qiladi. Bola o‘zi yaxshi ko‘radigan kishisini yoki biror narsani chiroyliroq va nafisroq chizishga harakat qilsa, yomon ko‘rganini masxaralash shaklida chizishga intiladi. Biz bola hayotidagi bu jarayonni puxta bilib olib, unga yordam berishimiz lozim. Bolalarda go‘zallik tuyg‘usining shakllanishida badiiy adabiyot va raqs san’atining ham roli benihoya katta. Umuman, to‘rt san’at turi — musiqa, tasviriy san’at, she’riyat va raqs bolalarni go‘zallik dunyosiga yetaklovchi, ularda kuzatuvchanlik, ta’sirchanlik kabi ruhiy xususiyatlarni, ijodiy xayol va ijodkorlikni tarbiyalovchi asosiy omillar hisoblanadi va bolada estetik didni shakllantiradi. Òabiat hodisalari ham nafosat tarbiyasining muhim vositalaridan biridir. O‘quvchilarni tabiatdan bahra ola bilish, uning go‘zalligini sevishga o‘rgatish lozim. Buning uchun tabiat bag‘riga tez-tez sayr uyushtirish, tabiat manzaralari: quyosh, havo, bog‘, dala, suv, daryo, tog‘, qushlar, jonivorlar, hayvonlarni kuzata bilish ularning ko‘rinishi, shakli, rangi, ovozini tinglash, eshitish, mehnat obyektlarini borib ko‘rish, inson va uning turli kasblarga oid faoliyatini o‘rganish — nafosat tarbiyasining asoslari hisoblanadi. O‘quvchilarni havaskorlik to‘garaklariga jalb etish, intermediyalar ijro etish, sahnada rol bajarish, turli milliy o‘yinlar o‘ynash — bular qalblarni go‘zallikka oshno etuvchi vositalar bo‘lib xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi jismoniy rivojlanish bilan ajralmasdir. „Sog‘ tanda — sog‘ aql“ degan hikmat bejiz aytilmagan. Biz tashqi va ichki go‘zallikni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularning uyg‘unlikda taraqqiy etishiga erishishimiz lozim. Badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, bir tomondan, kishining salomatligini mustahkamlasa, ikkinchi tomondan, tashqi qiyofasini ko‘rkam qiladi. Hamma vaqt nafosat tarbiyasining asosida erkin fikrlash, eshitish, ko‘rish, harakat qilish qobiliyatini tarbiyalash masalasi turadi. Bola voqelikdagi, san’atdagi, insondagi go‘zallikni ko‘ra olishga, his qila bilishga, musiqa asarlarini eshita olishga, go‘zallik va xunuklik haqida erkin fikrlay olishga, o‘z fikrini aniq so‘zlashga qobil bo‘lsa, demak, unda go‘zal tuyg‘u, estetik idrok kamol topgan bo‘ladi. Maktabdan tashqarida nafosat tarbiyasi berish tartibi Estetik tarbiya bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda, hayotdagi va san’atdagi go’zallikni tushunish va qadrlashni bilishida, ma’naviy dunyosini boyitishda katta rol o’ynaydi. Ota-onalar bolalarga tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, san’atdagi go’zallikni his qilish va shu kabilarni o’rgatadilar. Bola uyqudan turishi bilan atrof muhitdagi turli narsalarga ko’zi tushadi. Ota-ona bu narsalarning chiroyliligini tushuntirib berishi, o’g’il yoki qizining kiygan kiyimlarini chiroyli va qulayligiga, xonaki o’simliklar va bahor gullarining naqadar chiroyliligiga ahamiyat berib qarashga o’rgatishi kerak. Estetik didni tarbiyalashda dastlabki o’yinchoqlar juda katta rol o’ynaydi. Ular hayotni bilishni o’rgatadi va birinchi estetik taassurotlar manbai hisoblanadi. Ota-ona bolalarni xonalarni yig’ishtirish, saranjom-sarishta qilishga jalb qilib. Ularda estetik didni tarbiyalaydi. Estetik tarbiyaning asosi oilada bolalarni ijod qilish (badiiy tarbiyaga) o’rgatishdir.Bolalarning rasm chizishga bo’lgan ehtiyoji juda erta uyg’onadi. Ota-ona o’z bolalariga rasm chizishdagi muayyan ko’nikmalarni egallashga yordam berishi kerak. CHunki bolada agar rasm chizishga qobiliyati bo’lib u qo’llab quvvatlansa, bola ruhlanib san’atning bu turini egallashga harakat qiladi. Bolada yana yoshlikdan musiqa eshitish uquvini o’stira borish unda nozik his-tuyg’uning shakllanishiga imkon beradi. Bola juda yoshligidanoq musiqa ohangiga qarab ritmik harakatlar qiladi. Bu undagi dastlabki estetik did-tuyg’u, iste’dod kurtagidir. Bolaning tashqi ko’rinishiga bo’lgan talablar estetik tarbiyada katta ahamiyatga egadir. Sodda va ozoda kiyina bilish, kishilar orasida o’zini yaxshi tutish, hulq-atvorining yaxshi bo’lishi ham go’zallikdir. Gapirish, kulish, salomlashish, madaniyatli hayrlashish, minnatdorchilik bildirish kabi odatlar ham bolaning yoshlikdan nazokatli, nafosatli bo’lib o’sishiga yordam beradi. Tabiiyki, ota-ona farzandning nozik did va farosatli, odob va ahloqli bo’lib o’sishiga erishish uchun avvalo o’zi barcha go’zalliklarni seza bilishi va sevishi, badiiy adabiyotlar o’qishi, san’atning turli sohasida o’z bilim va taassurotlarini kengaytirib borii kerak. Maktab yoshlariga nafosat tarbiyasi berishning asosiy o’rinlaridan biridir.O’rta umumiy ta’lim tarkibiga kirgan barcha fanlarni o’qitishda o’quvchilarga nafosat tarbiyasi berib boriladi. Maxsus nafosat tarbiyasi fanlari o’qitiladi, ularga rasm, ashula, chizmachilik va boshqalar kiradi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, mehnat darslarida ham nafosat tarbiyasi doimiy berib boriladi. Bulardan tashqari adabiyot, ona tili, tarix, odobnoma, tabiatshunoslik, jug’rofiya va boshqa fanlarni o’qitishga mavzuning mazmuniga mos holda nafosat tarbiyasi beriladi. Bevosita nafosat tarbiyasi beruvchi rasm va ashula darslari o’quvchilarning eng qiziqadigan hamda ijodiy o’rganadigan o’quv darslaridir. Bu daslarida o’quvchilar go’zallikni ongli idrok etibgina qolmasdan,ko’nikma va malakalar hosil qiladi. Buyuk rassomlar, bastakorlarning asoslari bilan tanishadi. O’zlari rasm chizadi, musiqa tinglaydi, ma’nosini tushunadi, imkoniyat darajasida ijrochilik mahoratlarini egallaydilar. O’quvchilar nafosat tarbiyasini berishda maktabda tashkil etilgan badiy to’garaklarning ahamiyati katta.O’quvchilar qobiliyati va qiziqishlariga mos holda rasm, musiqa, raqs, xalq amaliy san’ati to’garaklarida ishtirok etib, tegishli malakalarni egallaydilar. Maktabda havaskor rassomlarning ko’rgazmalarini tashkil etilishi mumkin. Unda «Mohir qo’llar» to’garagi qatnashchilarining, maktab ustaxonasida tayyorlanayotgan amaliy san’at namunalarining, maktab ustaxonasida tayyorlanayotgan amaliy san’at namunalarini ham namoish etish foydalidir. Maktabda badiiy xavaskorlik to’garagi qatnashchilarining har xil chiqishlarini tashkil etish yoshlarning nafosat tarbiyalarini kuchaytiradi. Jismoniy tarbiya, uning sog`lom avlodni shakllantirishdagi tutgan urni. Respublikamiz mutsaqillikka e`rishgandan keyin sog`lom avlodninng shaklanishiga katta e``tibor berib kelmoqda. Sog`lom avlodning shakllanishidagi e`ng asosiy amillardan biri bu yoshlarning jismoniy tarbiyasi. Jismoniy tarbiya umumiy tarbiyaning ajralmas qismidir, u yoshlarni hamma tomonlama ahloqiy, ruxiy tetiklikda tarbiyalashga yordam beradi. Jismoniy tarbiya natijasig`bu o`z navbatida umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanadi. Hozirgi yoshlarni zamon talabidagi ma`rifatli, ma`naviyatli qilib tarbiyalashning e`ng asosiy e`lementlaridan biri, bu jismoniy tarbiyadir. K.Marksning fikricha umumiy tarbiya- I/ aqliy,jismoniy va texnik tarbiyadan iborat. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi o`suvchi organizmning barcha a`zolarining sog`lom o`sishini ta`minlash hamda aqliy va jismoniy mehnatga,ayniqsa yigitlarni Vatan himoyasiga tayyorlashdir. Biz yoshlarga jismoniy tarbiyaning moxiyatini “Alpomish, Go`r-o`g`li Paxlavon Maxmud va boshqa polvonlar siymosida misollar keltirib tushuntirib amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo`ladi. Abu Ali Ibn ham inson fazilatlaridan bir nechasini ko`rsatadi: -Jasurlik –biror ishni bajarishda kishining jasurligi,chidamliligi,inson boshiga tushgan yomonlikni to`xtatib turuvchi quvvat. -Aqllilik –biror ishni bajarishda shoshma shosharlik qilish dan saqlovchi quvvat. -Ziyraqlik-sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat. A.Navoiyning “Farxod va SHirin” dotsoni misolida ko`rsak ham Farxod aqliy tarbiya bilangina cheklanmasdan jismoniy va harbiy mashqlar bilan shug`ullanganligini ko`rsatadi. A.Avloniyning aytishicha Sog`lom fikr, yaxshi axloq va ilm ma`rifatga e`ga bo`lmoq uchun ham badanni tarbiya qilmoq zarur deydi..... Kimki sog`lom badanga e`ga bo`lsa,uning ishi kamchiliksiz, fikrlashi yaxshi,jismoniy va ruxiy tetik, mehnati unumli bo`ladi. Demak insonning aqliy, axloqiy va jismoniy kamoloti tariximizning hamma bosqichlarida ulug`langan va qadrlangan. Jismoniy tarbiya birinchi navbatda salomatlikni mutsahkamlaydi,ish qobilichtini oshiradi,umrni o`zaytiradi,qaddi qomatni tetik qiladi,kuch quvvat beradi va x. SHunday e`kan yoshlarni jismoniy baquvvat qilib tarbiyalash bu bitta ota-ona, maktabning ishi e`mas, umumdavlat muammosi sanaladi,buni hal qilish uchun kompleks yondoshilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Jismoniy tarbiya mazmuni-jismoniy kamolat, jismoniy holat diagnotsikasi,jismoniy tarbiya madaniyati, sport ishlari, jismoniy ma`lumot ishlarida ifodalanadi. Pedagogikada jismoniy kamolat deganda insondagi jismoniy ma`lumotning o`sishi borasidagi ma`lumotlar,ya`ni oddiydan murakkablikkacha tomon bo`ladigan o`zgarishlar tushuniladi. Jismoniy etuklik deganda-badanning tashqi ko`rinishidagi garmoniya go`zallik shakli, jimoniy sifatlarining yuqori darajada kamolati tushuniladi. Jismoniy madaniyat-jismoniy tarbiyaning tarkibiy qismi va uning mazmuniga quyidagilar kiradi: 1. Inson a`zolarining tuzilishi va ularning funktsional kamolati. 2. O`quvchilarni sog`ligini mutsahkamlash. 3. Gigiena qoidalariga ko`nikish. 4. O`quvchini har tomonlama maxoratini oshirish. 5. Bo`lajak ishchi-xizmatchilarni jismoniy va fiziologik sifatlarini shakllantirish. 6. O`quvchilarda jismoniy va yosh xususiyatlari uchun sharoit yaratish. 7. O`quvchining iroda, chidamlilik,qat`iyan intizom, do`tslik hissini kamol toptirish. 8. SHaxsiy jismoniy qobiliyatlarini tarbiyalash. Jismoniy-sport ishlari yoki oddiy kafedralari,klublari,guruxlar,musobaqalarda namoyon bo`ladi. Jismoniy tarbiya mazmunida “jismoniy mehnat”,Jismoniy jazo”degan tushunchalar ham uchrab turadi. -jismoniy mehnat aqliy mehnatdan farqli o`laroq,insondan jismoniy kuch,mashq talab e`tadi. -jismoniy ta`sir- bu inson badaniga biror bir buyum bilan yoki insonlar tomonidan ta`sir ko`rsatish./qo`l,oyoq va b/ -jismoniy jazo-o`quvchilarning xulqiy kamchiligini yoki noaxloqiy xatti harakatini bartaraf e`tish maqsadida qo`llaniladi.Ochlik e``lon qilish ham jismoniy jazoga kiradi.Bizda bu bekor e`tilagn. Download 116.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling