Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Musabba' (arabcha-yetti) — har bandi yetti misradan iborat boʻlgan she'r shakli ekanligi. Musabba'ning qofiyalanish tartibi. Musamman


Download 83.64 Kb.
bet5/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Musabba' (arabcha-yetti) — har bandi yetti misradan iborat boʻlgan she'r shakli ekanligi. Musabba'ning qofiyalanish tartibi.
Musamman (arabcha-sakkiz) — bandi sakkiz misradan iborat boʻlgan she'r shakli ekanligi. Musammanning qofiyalanishi.
Muashshar (arabcha-oʻn) — har bandi oʻn misradan iborat bolgan she'r shakli ekanligi. Muashsharning qofiyalanish tartibi. Mumtoz adabiyotdagi mashhur musammatlardan namunalar.
Tarkibband bir necha banddan tarkib topgan she'r shakli boʻlib, har bandning oʻziga maxsus qofiyalanish tizimi mavjudligi. Biroq har bandning soʻnggi misralarining mustaqil qofiyalanishi bilan farqlanishi.
Tarje'band bir necha banddan tashkil topgan she'r shakli boʻlib, birinchi qismning oxirgi ikki misrasi har qismning oxirida qaytarilib turishi bilan farqlanadigan she'r shakli ekanligi. Navoiy va Mashrab tarkibband va tarje'bandlaridan namunalar.
She'riy san'atlar


1. Lafziy san’atlar. She'riy san'atlarning badiiy nutq goʻzalligiga asoslangan badiyat hodisasi ekanligi. Mumtoz adabiyotda she'riy san'atlar alohida ilm («ilmi sanoye'» yoki «ilmi bade'») sifatida oʻrganilishi. She'riy san'atlarning aruziy asoslari. She'r san'atlarining turlari: lafziy, ma'naviy va lafziyu ma'naviy kabi san'atlar.
Lafziy san'atlarning badiiy nutqning tovush jihati bilan bogʻlanganligi. Lafziy san'atlarga koʻpincha shakl hodisasi sifatida qaralishi. Lafziy san'atlarning asosi — «alfozni ma'nigʻa tobc qilinishi» (Atouloh Husayniy).
Tajnis (arabcha-jinsdosh) — yozilishi va aytilishi bir xil boʻlgan ikki misra soʻzlarining bir vazn va qofiyada kelishiga asoslangan san'at turi ekanligi.
Mulama' (arabcha-har xil) — baytning bir misra bir tilda, ikkinchi misrasi boshqa tilda yozilishiga asoslangan she'riy san'at turi ekanligi. Fors manbalarida bu san'atni «shiru shakar» deb ham atalishi. Sharq adabiyotida bunday she'rlar arab-fors, arab-turk, fors-turk tillarida kelishi.
Muammo (arabcha-yashirin) — bayt tarkibida maxsus qoidalar bilan biror ismning yashirin kelishiga asoslangan san'at ekanligi. Ayrim manbalarda ushbu san'atga adabiy janr sifatida qaralishi. Alisher Navoiy muammolari.
Tarix — arab yozuvidagi har bir harf shakllari biror raqamni ifodalangan holda ularaing qoʻshilishidan hosil boʻlgan soʻzlar asosida tugʻilish, oʻlim, toʻy, taztga chiqish, bino solish voqealari sanalariga bagʻishlanishi. «Abjad hisobi» haqida ma'lumot.

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling