Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Jumladan, Gʻam yuki to qomatim yo qilmadi


Download 83.64 Kb.
bet8/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Jumladan,
Gʻam yuki to qomatim yo qilmadi,
Ohim oʻtigʻa falak yoqilmadi,
Qilmadi rahmi mango, xud oʻzgaga
Bilmadimkim, qildimu yo qilmadi.
Ogahiyning tuyugʻidagi qofiya shaklan bir xil, mazmunan uch ma’noga ega boʻlgan “yo qilmadi” soʻzi asosiga qurilgan, birinchi misrada-qomatni egmadi, gʻam yukida qomatim bukilmadi ma’nosida, ikkinchi misrada - ohim oʻtidan falak yonmadi ma’nosida, toʻrtinchi misrada – qilmadi ma’nosida qoʻllanilgan.
Toʻrtlik – ruboiy va tuyuq janri talablari(vazni)ga javob bermaydigan toʻrt misralik barcha she’riy asarlarni toʻrtlik(qorishiq) janri deb yuritish asoslidir. Toʻrtliklarning mavzu va mundarijasi – hayotning barcha jihatlarini qamrab oladi; ularda bu jihatlar siqiq tarzda poetiklashadi:
Xalqqa ayting, men aslo oʻlganim yoʻq,
Yov qoʻliga taslim ham boʻlganim yoʻq.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
(Hamid Olimjon)
Mazkur “qorishiq janr”ning Jamol Kamol aytgandek, asosiy belgilari bor. “Bular: a) lirik ifodaning erkin parvozi; b) kechinmalar doirasiga tushgan eng uvoq mayda-chuydalarning ham shu ondayoq qayd etilishi v) bevosita nutq-monolog bilan chuqur suvrat-tasvirlarning almashinib turishi; g) vazn va mulohazalarning erkin qoʻllanishi kabi xususiyatlardir”.
Orzum shul, oʻchmasin yongan charogʻing,
Yulduzday nur sochsin chashming-qarogʻing.
Magar chinor boʻlsang chinorday yasha,
Bevaqt uzilmasin biror yaprogʻing.
(Abdulla Oripov)
Koʻrinadiki, bu xil toʻrtliklar – “universal”lik xususiyatini kasb etadi va uning tarixi – xalq ogʻzaki ijodidan to hozirga qadar yaratilgan toʻrtliklarning barchasini oʻz ichiga oladi.


3. Qit’a va gʻazal munosabati.
zbek mumtoz she’riyati janr e’tibori bilan juda boy va xilma-xildir. Undagi janrlar faqat shakliy belgilari, paydo boʻlish tarixi, taraqqiyot tamoyili yoki mavzu xususiyatlari bilan emas, ifoda usullari, tili, obrazlar tizimi, poetik ruhi jihatidan ham bir-biridan ajralib turadi.
Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuygʻularini oʻz badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Shuning uchun ularni mohiyat e’tibori bilan biri ikkinchisiga uncha oʻxshash boʻlmagan, oʻz-oʻzicha tugal bir san’at olami deyish mumkin.
Lirik janrlar tarixi va poetikasiga qiziqish oʻzbek adabiyotshunosligida keyingi yillarda ancha jonlandi. Ba’zi lirik janrlar haqida u yoki bu san’atkorning adabiy faoliyati bilan bogʻliq holda muhim nazariy fikrlar bayon etildi. Ayrim janrlar haqida maxsus ilmiy ishlar yuzaga keldi. Ammo shunga qaramasdan, bu sohada hali koʻpgina jiddiy tadqiqotlarni amalga oshirish kerak boʻladi. Bu gap qit’a janriga ham tegishli. Toʻgʻri, ushbu janr uzoq zamonlardan beri olimlarning diqqatini oʻziga qaratib keldi. Bu oʻrinda YE.E.Bertel`s, A.Mirzoev, A.Hayitmetov, A.Abdugʻafurov, YO.Is’hoqov, R.Orzibekov, L.Serikova boshqa adabiyotshunoslarning qit’a haqidagi ilmiy qayd hamda maqolalarini eslash mumkin. Shunga qaramasdan, bu masalaning ayrim tomonlari hali tadqiqga muhtoj.

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling