Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Kurs ishining maqsad va vazifalari


Download 83.64 Kb.
bet2/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Har bir lirik janr voqelikni, inson fikr va his-tuygʻularini oʻz badiiy ifoda usulari hamda xarakteriga mos tarzda tasvirlaydi. Lirik tur va uning janrlarini oʻquvchilarga tushuntirishda ta’limning samarali metodlarini qoʻllash boʻyicha ma’lumot berish kurs ishining bosh maqsadidir. Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • lirika haqida;

  • lirikaning kichik janrlari

  • gʻazal va qit’a munosabati

  • tuyuq va tajnis haqida umumiy ma’lumot berish.

Kurs ishining hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, 3 asosiy reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.









II. ASOSIY QISM

  1. Lirika haqida umumiy ma’lumot

Lirika (yun., cholgʻu asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan boʻlib, oʻzining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuygʻu-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yanayam aniqrogʻi, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik "parchalari", detallargina olinadi.
Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba’zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Koʻpincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham toʻgʻri boʻlavermaydi. Zero, shoir oʻzining kechinmalarini tasvirlashi ham, oʻzganing ruhiyatiga kirgan holda oʻsha "oʻzga shaxs" kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin boʻladi. Bu oʻrinda yana bir muhim masala shuki, she’rda xatto shoir oʻz kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qoʻyib boʻlmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga koʻra va ikkinchidan, shoir oʻzganing holatiga qirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Choʻlponning "Men va boshqalar" she’ri garchi lirik "men" tilidan berilgan boʻlsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki oʻzbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli oʻlaroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u oʻquvchi tasavvurida tashqi koʻrinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrogʻi, oʻquvchi oʻzini uning oʻrnida koʻradi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, koʻnglidan kechgan kechinmalarni oʻz koʻnglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi she’rni shu jihatdan koʻzdan kechirishimiz mumkin:

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling