Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi adabiyotshunoslik tarixi fanidan


Download 83.64 Kb.
bet1/14
Sana07.02.2023
Hajmi83.64 Kb.
#1175700
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5389062759562355867


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
MUMTOZ ADABIYOT TARIXI KAFEDRASI
ADABIYOTSHUNOSLIK TARIXI FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Kichik lirik janrlar

Bajardi:
Tekshirdi:


Toshkent-2023


Kichik lirik janrlar
Reja:


I.Kirish. Lirika adabiyotimizning ajralmas qismi.
II.Asosiy qism: Lirika adabiyotimizning ajralmas qismi.
1.Lirika haqida umumiy ma’lumot
2. Lirikaning kichik janrlari.
3. Qit’a va gʻazal munosabati.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar.


I.KIRISH.Lirika adabiyotimizning ajralmas qismi.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyatlarga tayangan, goʻzallik-ezgulik-adolat tamoyillariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi. Adabiyotshunoslik ilmi yangi-yangi talqin va tahlil metodlari, usullari bilan oʻz imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz otib, palak yozmoqda.
Bizni hamisha oʻylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bogʻliq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar oʻz davrining talablari bilan uygʻun boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulugʻ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, - deydi Sh.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya haqida oʻz nutqida.
Mustaqil Oʻzbekistonning kelajagi koʻp jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalshga bogʻliq. Ana shunday muhim vazifani amalga oshirish uchun Vataniga, xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib turadi.Ma’lumki, hozirgi davrdagi tub islohotlar har bir kishidan bilim, salohiyat, samarali mehnat, madaniyatlilik, yuqori malaka, yuksak onglilik, ijodkorlik, jamiyat oldida mas’uliyatni his etishni talab etadi.Insonparvarlik, demokratik, mustaqil davlat quruvchi har bir inson ana shu xislatlarga ega boʻlishi zarur.
Pedagogika ilmi va amaliyotdan ma’lumki, nazariyadan yoʻnaltirilgan ta’limga qarab borish oʻquvchining ijtimoiy hayotda oʻz bilimi va qobiliyatini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.Komil insonni tarbiyalsh maqsadi ta’lim jarayoniga ijodkorlik bilan kompleks yondashishni taqozo etib , zamonaviy darslarni tashkil qilishga zamin yaratadi. Binobarin, faqat ijodkorlik va mustaqil faoliyat muhitida tashkil etilgan ta’lim natijasidagina oʻquvchida oʻzligini shaxs sifatida namoyish eta olish koʻnikmalari shakllanib boradi.
Badiiy adabiyotning inson kamolotidagi oʻrni yuksak ekanligi barchaga yaxshi ayon. Zero, inson koʻngli kechinmalari, nozik va nafis tuygʻulari ifodasi boʻlgan soʻz san'atining nazokati va sehru jozibasi asrlar osha jilolanib kelmoqda. Bu narsa mumtoz shoirlarimiz asarlari orqali yanada oydinlashmoqda. Oʻzbek mumtoz adabiyoti xalqimizning ma'naviy mulki, uning hayoti, shuuri, ruhiyati bilan chambarchas bogʻliq. Mumtoz adabiyotimizni puxta oʻrganish, buyuk san'atkorlarimiz hayoti, shaxsiyati, asarlarini talabalar, oʻquvchilar qalbiga singdirishning ahamiyati bugungi kunda yanada yorqinroq namoyon boʻlmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: “Sharq sivilizatsiyasi yutuqlarini, oʻtmish ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy boyligini chuqur va har tomonlama oʻrganishimiz darkor... Buyuk ajdodlarimiz boʻlmish mutafakkir, olimlar, goʻzallik ijodkorlarining biz uchun yangi boʻlgan nomlari va asarlarini milliy ma'naviyatimiz xazinasiga qaytarish muqaddas vazifamizdir”. Kurs ishimiznig ham dolzarbligi anashundadir.

Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling