Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet45/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

I.Ridfli muqayyad qofiya. Alisher Navoiy g‘azaliyotida uning ikki turi keng qo‘llanilgan bo‘lib, ular quyidagilardir:
1. Ridf asliyli muqayyyad qofiya - raviydan oldin ridfi asliy (ko‘pincha “o”)ni keltirish orqali hosil qilinadi. Mufrad ridfli muqayyad qofiya deb ham ataladi. Masalan:
To bo‘ldi ko‘ngul ul ko‘zi usrukka giriftor,
El ko‘ziga sog‘men, vale o‘z-o‘zuma bemor. - (G‘aroyib us-sig‘ar,182-g‘azal)
baytida “giriftor” va “bemor” so‘zlari qofiya, “r” - raviy, undan oldin to‘rgan “o” unlisi - ridfi asliy. Qofiyadosh so‘zlarda birgina ridfi asliy ishtirok etayotganligi uchun ushbu qofiya turi shunday atalgan.
2. Ridfi zoyidli muqayyad qofiya - raviy bilan ridfi asliy orasida yana bir undosh - ridfi zoyidning takrorlanib kelishi asosida vujudga keladi. Boshqacha aytganda, qator undoshdan oldin cho‘ziq unlining kelishiga asoslangan qofiya. Murakkab ridfli muqayyad qofiya deb ham ataladi. Masalan:
Chun kinavu qatlin angladim rost,
Qildim neki mumkin erdi darxost -
(Layli va Majnun)
baytida “rost” va “darxost” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “o” - ridfi asliy, “s” - ridfi zoyiddir.
II. Ridfli mutlaq qofiya.Uning ham bir necha ko‘rinishlari bo‘lib, raviy harfidan keyin keluvchi harflar: vasl, xuruj, mazid va noira bilan bog‘liq holda vujudga keladi (ushbu harflar orasida keluvchi qisqa unlilar: majro va nafoz nomlanishda e’tiborga olinmaydi). Navoiy ijodida ridfli mutlaq qofiyaning quyidagi turlari qo‘llanilgan:

  1. Ridf asliy va vaslli mutlaq qofiya - ridfi asliy va raviydan keyin vaslning kelishi orqali hosil qilinadi. Masalan:

Ham ramad tekkan ko‘zungga chashmi bedorim fido,
Ham uchuq chiqqan labingg‘a joni afgorim fido. -
(G‘aroyib us-sig‘ar, 31-g‘azal)
baytida baytida “bedor” va “afgor” so‘zlari qofiya, “r” - raviy, undan oldin to‘rgan “o” unlisi - ridfi asliy, raviydan keyin to‘rgan qisqa “i” unlisi - nafoz, “m” harfi vasl hisoblanadi.


  1. Download 2.88 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling