Ridf asliy va xurujli mutlaq qofiya - ridfi asliy va raviydan keyin vasl va xuruj harflarining kelishi orqali hosil qilinadi. Masalan:
Oshiq o‘ldum, necha javr ahli zamondin tortayin,
Ulkim oshubi zamondur bori ondin tortayin.
(Navodir ush-shabob, 480-g‘azal)
Yuqoridagi baytda “zamondin” va “ondin” so‘zlari qofiya, birinchi “n” - raviy, raviydan oldin to‘rgan “o” unlisi - ridfi asliy, “d” - vasl, qisqa “i” - nafoz, qofiyaning oxirida to‘rgan “n” harfi xuruj hisoblanadi.
3.Ridf asliy va mazidli mutlaq qofiya - ridfi asliy va raviydan keyin vasl, xuruj va mazid harflarining kelishi orqali hosil qilinadi. Masalan:
Ko‘rung, g‘am qatlgohida, balo jallodi qoshimda,
Junun zanjiri bo‘ynumda, siyosat tig‘i boshimda. -
(Favoyid ul-kibar, 565-g‘azal)
baytida “qoshimda” va “boshimda” so‘zlari qofiya, “sh” harfi - raviy, raviydan oldin to‘rgan “o” unlisi - ridfi asliy, raviydan keyin to‘rgan qisqa “i” unlisi - majro, “m” - vasl, “d” - xuruj, “a” harfi mazid hisoblanadi.
4.Ridf asliy va noyirali mutlaq qofiya - ridfi asliy va raviydan keyin vasl, xuruj, mazid va noira harflarining kelishi orqali hosil bo‘ladi. Masalan:
O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.
(Badoye’ ul-vasat, 156-g‘azal)
Ushbu baytda “boshindadur” va “qoshindadur” so‘zlari qofiya, “sh” harfi - raviy, raviydan oldin to‘rgan “o” unlisi - ridfi asliy, raviydan keyin to‘rgan qisqa “i” unlisi - majro, “n” - vasl, birinchi “d” - xuruj, “a” harfi - mazid, keyingi barcha harflar: “d” ,“u” va “r” noyira hisoblanadi.
Ridfi zoyidli mutlaq qofiya - ridfi zoyid va raviy harfidan keyin vaslning kelishi orqali hosil bo‘ladi.
MUTLAQ QOFIYA(ar.) - yetuk, to‘liq. Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. M.q.da raviy (q.) harfidan keyin qofiyaning boshqa harflari (vasl, xuruj, mazid, noyira) ham ishtirok etadi. Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”(1218-1233) asarida M.q. raviy harfining ikki nav’idan biri sifatida, Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul- ash’or” (1253) asarida qofiyaning holatiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri sifatida keltirilgan.
Alisher Navoiy g‘azaliyotida M.q. keng qo‘llanilgan. Masalan:
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dardu balosinmu deyin? - (Navodir ush-shabob, 483-g‘azal)
baytida “qarosinmu”, “balosinmu”so‘zlari M.q. qofiya bo‘lib, ulardagi “o” unlisi raviydir. Raviydan keyin kelgan “s” undoshi - vasl, “n” undoshi - xuruj, “m” - mazid va qofiya oxiridagi “u” unlisi noyira hisoblanadi, “s” harfidan keyin kelgan qisqa “i” unlisi esa nafozdir (q.). M.q. xisoblanishi uchun raviydan so‘ng birgina vasl xarfining qo‘llanilishi ham kifoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |