I. Ta’sisli muqayyyad qofiya - raviydan oldin harakatli bir undosh, undan oldin esa cho‘ziq “o” unlisi (ta’sis) keladigan qofiya. Masalan:
Gar yetar ag‘yordin yuz ming jarohat, ey, ko‘ngul,
Chunki bordur yor uchun bor ayshu rohat, ey ko'ngul. -
(Navodir ush-shabob, 384-g‘azal)
baytida “jarohat” va “rohat” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “o” -ta’sis, “h” undoshi
daxil, “a” unlisi - ishbo‘ hisoblanadi.
Ba’zan ta’sisli qofiyada ikki misradagi daxil ikki xil undoshdan iborat bo‘lishi ham mumkin. Masalan:
Ishq ahli go‘ristonida qabrim chu zohir bo‘lg‘usi,
Farhod aning toshin yo‘nub, Majnun mujovir bo‘lg‘usi.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 627-g‘azal)
baytida “zohir” va “mujovir” so‘zlari qofiya bo‘lib, daxil ikki xil undoshdan: “h” va “v” undoshlaridan iborat ekanligini kuzatish mumkin.
P. Ta’sisli mutlaq qofiya. Uning bir necha turlari bo‘lib, raviy harfidan keyin keluvchi harflar: vasl, xuruj, mazid va noira bilan bog‘liq holda vujudga keladi (ushbu harflar orasida keluvchi qisqa unlilar: majro va nafoz nomlanishda e’tiborga olinmaydi).
Ta’sis va vaslli mutlaq qofiya - raviydan keyin vasl harfining kelishi orqali hosil qilinadi. Masalan:
Ko'nglumga sho‘r soldi biravning malohati,
Vahkim, ajab tuz o‘ldi yana zaxmim ofati. -
(G‘aroyib us-sig‘ar, 621-g‘azal)
baytida “malohat” va “ofat” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “o” -ta’sis, “h” undoshi
daxil, “a” unlisi - ishbo‘, qofiya so‘ngida “i” unlisi vasldir.
Ta ’sis va xurujli mutlaq qofiya - raviydan keyin vasl va xuruj harflarining kelishi orqali hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |