Ta ’sis va mazidli mutlaq qofiya - raviydan keyin vasl, xuruj va mazid harflarining kelishi orqali hosil qilinadi. Masalan:
Qahring o‘lsa, barcha ishimdin malolatdur sanga,
Lutfung o‘lsa, yuz meningdekdin farog‘atdur sanga. - (G‘aroyib us-sig‘ar, 17-g‘azal)
baytida “malolatdur”va “farog‘atdur” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “o” - ta’sis, “l” va “g‘” undoshlari - daxil, “a” unlisi - ishbo‘, “d” - vasl, “u” - xuruj, qofiya so‘ngida kelgan “r” undoshi maziddir.
RADIF (ar.) - izma-iz keluvchi, otning orqasidan ergashib boruvchi. Mumtoz she ’r unsurlaridan biri. She’riy misralarda qofiyadan so‘ng aynan takrorlanib keluvchi so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi. R. she’rda ifodalanayotgan yetakchi fikrni takrorlash, kitobxon e’tiborini asosiy g‘oyaga jalb etib, muallif g‘oyaviy niyatini chuqurroq yetkazib berishga xizmat qiladi. Mumtoz she’rshunoslikda R. qofiya ilmi tarkibida o‘rganilgan. Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”(1218-1233), Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” (12511252), Abdurahmon Jomiyning “Risolai qofiya”, Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul - balog‘a” (1436-37) asarlarida R. forsiy she’riyatga xos bo‘lib, arablarda qo‘llanilmaganligi ta’kidlanadi.
Alisher Navoiy ijodida R. muhim ahamiyatga ega bo‘lib, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o‘rin olgan g‘azallarning deyarli teng yarmini (1294 g‘azal) R. qo‘llanilgan baytlar tashkil qiladi. Shoir R. lari bir bo‘g‘indan 9 bo‘g‘ingacha bo‘lgan so‘zlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, shoirning
Dilbaro, sendin bu g‘amkim, menda bordur, kimda bor? Furqatingdin bu alamkim, menda bordur, kimda bor? -
(Navodir ush-shabob, 148-g‘azal)
bayti bilan boshlanuvchi g‘azalida R. “menda bordur, kimda bor?” so‘zlaridan iborat bo‘lib, 7 bo‘g‘indan iborat.
HOJIB (ar.) - pardador, berkituvchi. Mumtoz she’r unsurlaridan biri. She’riy misralarda qofiyadan oldin aynan takrorlanib keluvchi so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi. hojib qo‘llangan she’r mahjub deb ataladi. Mumtoz poetikaga doir manbalarda hojibning bir ma’noda qo‘llanilishi zaruriy shartlardan hisoblangan.
Alisher Navoiy ijodida hojib ko‘proq “Xamsa” tarkibidagi dostonlarda qo‘llanilgan. Masalan, “Layli va Majnun” dostonidan olingan Chek aynima ishq to‘tiyosin,
Do'stlaringiz bilan baham: |