Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Download 2.88 Mb.
bet47/147
Sana10.09.2023
Hajmi2.88 Mb.
#1675124
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147
Bog'liq
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI (1)

MUQAYYaD QOFIYA (1) (ar.) - bog‘langan, kishanlangan. Qofiyaning tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Raviy (q.) harfi bilan tugallanadi. Shams Qays Roziyning “Al-mo‘jam”(1218-1233) asarida M.q. raviy harfining ikki nav’idan biri sifatida, Nasiruddin Tusiyning “Me’yor ul-ash’or” (1253) asarida qofiyaning holatiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri sifatida keltirilgan.
M.q.da o‘zak raviy harfi bilan yakunlanganligi, ya’ni o‘zakda raviydan keyin hyech qanday harf qo‘llanilmaganligi uchun zamonaviy she’rshunoslikda M.ni “o‘zak qofiya” deb atash an’anasi ham mavjud (U.To‘ychiev).
Alisher Navoiy ijodida, xususan “Xamsa” tarkibidagi dostonlarda M.q. keng qo‘llanilgan. Masalan:
Elga sharaf bo‘lmadi johu nasab,
Lek sharaf keldi hayovu adab. -
(Hayrat ul-abror)
baytida “nasab” va “adab” so‘zlari qofiya bo‘lib, raviy “b” harfidir. Qofiya raviy harfi bilan tugallanayotganligi uchun ushbu qofiya turi M.q. hisoblanadi.
MUQAYYAD (QAYDLI) QOFIYA (2) (ar.) - Qofiyaning o‘zak
tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Qaydli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida o‘zak tarkibida qisqa unlidan so‘ng qator undosh keladi. Bunda qisqa unli hazv, raviydan oldin to‘rgan undosh qayd deb ataladi. M.q. forsiy va turkiy she’riyatda u qadar keng qo‘llanilmagan. Mumtoz qofiyaga doir manbalarda M.q.haqida ma’lumotlar keltirilmaydi.
M.q. raviy harfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad (1) (q.) va mutlaq (q.) ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida M.q.ning quyidagi turlari qo‘llanilgan:
I. Qaydli muqayyyad qofiya - qisqa unlidan keyin kelgan qator undosh bilan yakunlanadi. Masalan:
Ey ko‘ngul, yor o‘zgalar domig‘a bo‘ldi poybast,
Senga mushkil holatu bizga qatiq ish berdi dast. -
(G‘aroyib us-sig‘ar, 76-g‘azal)

baytida “poybast” va “dast” so‘zlari qofiya, “t” harfi - raviy, “s” - qayd, qisqa “a” unlisi hazv hisoblanadi.

Download 2.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling