Amaliy mashg‘ulot soatlarining mavzular bo‘yicha taqsimlanishi
#
№
|
Amaliy mashg‘ulot mavzulari
|
Soat
|
1
|
Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi kursining asosiy masalalari. (“Klaster” usuli asosida)
|
2
|
2
|
Unli va undoshlar tizimi.
|
2
|
3
|
Turkiy tillarning agglyutinativ tabiati.
|
2
|
4
|
Turkiy tillarda grammatik ma’no ifodalashning asosiy yo‘llari: sintetik, analitik usullar, takror va juft qo‘llash.
|
2
|
5
|
Turkiy tillarda kelishiklar tizimi.
|
2
|
6
|
Turkiy tillarda grammatik ko‘plikning ifodalanishi.
|
|
7
|
Sifatlarda darajaning ifodalanishi
|
2
|
8
|
Oraliq nazorat
|
2
|
9
|
Turkiy tillarda gap qurilishi. (“Klaster” usuli asosida)
|
2
|
10
|
Sodda gap va uning ko‘rinishlari
|
2
|
Jami:
|
20
|
Seminar mashg‘ulotlari
Seminar mashg‘ulotlari talabalarni turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasiga oid ma’lumotlar bilan mustaqil tanishishga, turkiy tillarni o‘zaro qiyoslash nuqtai nazaridan tahlil va talqin etishga yo‘naltiradi. Talabalar egallagan bilimlarini dars chog‘ida munozara yoki ma’ruza shaklida himoya qiladi.
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar tukriy tillar morfologik tizimi, so‘z turkumlari, ot, fe’l, sifatga xos grammatik kategoriyalar haqida amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar.
Seminar mashg‘uloti soatlarining mavzular bo‘yicha taqsimlanishi
№
|
Seminar mashg‘uloti mavzulari
|
Soat
|
1.
|
Qadimgi turkiy til davrida unli va undoshlar tizimi. (“Klaster” usuli asosida)
|
2
|
2.
|
Turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichiga xos morfologik xususiyatlar.
|
2
|
3.
|
Kelishiklarning tarixiy variantlari. (“Klaster” usuli asosida)
|
2
|
4.
|
Fe’lning grammatik kategoriyalari. (“Klaster” usuli asosida)
|
2
|
5.
|
Grammatik ma’noning analitik usuli ifodalanishi
|
2
|
6.
|
Turkiy izofa. Aniqlovchi –aniqlanmish munosabati.
|
2
|
7.
|
Oraliq nazorat
|
2
|
8
|
Turkiy tillar sintaksisi. Qo‘shma gaplar va ularning turlari. Turkiy tillarda ergashgan qo‘shma gaplar (”Aqliy hujum” usuli asosida)
|
2
|
9
|
Hozirgi turkiy tillar leksikasining qiyosiy tahlili
|
2
|
10
|
Yakuniy nazorat
|
2
|
Jami:
|
20
|
Mustaqil ta’lim
Mustaqil ta’lim professor-o‘qituvchining talabalarga avvalda berib qo‘yiladigan fanning mavzulari asosida tashkil etiladi. Talabalarning o‘zlashtirishlari amaliy mashg‘ulot va seminar mashg‘ulotlari davomida nazorat qilinadi.
Mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;
seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik;
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularini chuqur o‘rganish;
faol va muammoli o‘qitish metodlardan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
masofaviy ta’lim.
Do'stlaringiz bilan baham: |