Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


O‘quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 0.84 Mb.
bet12/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishning maqsadi turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, umumtaraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilashdir
Fanni o‘qitishning vazifalari turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini, morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini yoritish, turkiy tillarning taraqqiyot bosqichlarini, turkiy tillar tasnifini o‘rganish, shu asosda turkiy tillarga xos fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarni umumlashtirishdan iborat.


Fan bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmaga
qo‘yiladigan talablar
“Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- “Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi”fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi, vazifalari va metodlari; turkiy tillar fonetikasi, grammatikasiga oid nazariy va amaliy masalalarni hal qilish; turkiy tillar oilasiga mansub tillar va ularning hududiy tarqalishi, fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini qiyolash kabi masalalarni bilishi kerak;
- qiyosiy-tarixiy metod; diaxronik va sinxronik aspekt metodlarini amalda qo‘llay bilish; morfologik qayta bo‘linish; etimologik tahlil; nazariy ma’lumotlarni umumlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
- “Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi”ning turkiy tillar shakllanishi va keyingi taraqqiyotini tahlil qilishdagi ahamiyatini asoslash, til birliklari va nutq birliklarining turkiy tillarga xos munosabatini tahlil qilish, qadimgi davrlarga xos tarixiy shakllarning hozirgi turkiy tillardagi ko‘rinishlarini, leksemalarning semantik strukturasidagi farqli semalarni tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi” asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 7-, 8-semestrlarda o‘qitiladi. “Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi” dasturini amalga oshirish o‘quv rejasida keltirilgan “Tilshunoslikka kirish”, “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”, “Sotsiolingvistika”, “O‘zbek adabiy tili tarixi”, “O‘zbek tili tarixiy grammatikasi”, “Falsafa” fanlarida o‘rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishni talab etadi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling