Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni


Download 0.84 Mb.
bet13/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini, turkiy tillarning morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy taraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilash; turkiy tillar taraqqiyotidagi tashqi va ichki omillarning o‘rnini tahlil qilish til talaqqiyotiga xos xususiyatlarni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o‘rganish an’anaviy va ilg‘or ta’lim berish usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi: tezkor – so‘rov-test sinovlari, dasturiy ta’lim, davra suhbatlari, ishchanlik o‘yinlari, kollokviumlar, muammoli o‘qitish metodi va boshqa usullar hamda texnik vositalardan foydalaniladi.Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi”, “Aqliy hujum” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari asosida o‘tkaziladi.


Ma’ruza mashg‘ulotlari
Turkiy tillarning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlarini yoritish, turkiy tillarning morfologik, tipologik o‘ziga xosliklarini umumlashtirish, elementar va kompleks morfologik birliklarni ajratish; turkiy tillarning umumtaraqqiyot va xususiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganish, umumtaraqqiyot bosqichiga oid xususiyatlarning hozirgi turkiy tillardagi ifodalanish darajasini belgilash; turkiy tillar taraqqiyotidagi tashqi va ichki omillarning o‘rnini tahlil qilish, turkiy tillar tasnifi, tasniflashdagi asosiy mezonlarni aniqlash; shu asosda turkiy tillarni mushtarak xususiyatlariga ko‘ra yaxlitlikda o‘rganish, fonetik, grammatik xususiyatlarini, turkiy tillar taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatlarni o‘zlashtirish, turkiy tillarning shakllanishi, oltoy tillari orasidagi o‘rnini, turkiy tillarning mo‘g‘ul, tungus-manchjur, ugor-fin tillari bilan munosabatini yoritish; turkiy tillarni tasniflashda fonetik, geografik, etnik tarkib mezonlarining mohiyatini belgilash.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling