Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Turkiy tillarda egalik kategoriyasi


Download 0.84 Mb.
bet76/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Turkiy tillarda egalik kategoriyasi. Turkiy tillarda o‘zakning unli yoki undosh bilan tugashiga ko‘ra egalik qo‘shimchalari turli variantlarda qo‘shiladi. Egalik qo‘shimchalarining variantlari singarmonizm nisbatan ko‘proq saqlangan tillarda o‘zaklarning qattiq-yumshoqligiga ko‘ra ham farqlanadi. Egalik shaklini olgan so‘z oldidan qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z qo‘llanadi. Shunga ko‘ra, ba’zi olimlar bu hodisalarni bir-biriga bog‘laydilar. Qadimgi bobo til davrida qaratqich kelishigi va old qo‘shimchalarning bo‘lmaganligi turkiy tillarda egalik qo‘shimchalarini vujudga keltirgan, degan fikrlar ham mavjud.
Turkiy tillarda qarashlilikni ifodalash usullari, asosan, ikki yo‘l: egalik qo‘shimchalari va morfologik-sintetik usul orqali reallashadi.
Turkiy tillarda egalik qo‘shimchalari va sonning ko‘plik shakli quyidagi umumiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. Birlik sondagi I shaxsda turkiy tillarga xos egalik qo‘shimchalari mushtarakdir. Shu bilan birga, -ım/-imshaklidagi unli u tovushiga aylanishi mumkin. Bu shaxsning ko‘plikdagi -miz shakli ko‘pgina turkiy tillarda -biz; yoqut tilida -bıt/-bit (agabıt mening otam”), tuva tilida -vıs/-vis shakllarida qo‘llanadi
2. II shaxs birlik qo‘shimchalari turk, gagauz, ozarbayjon tillarida -n,-in shaklida qo‘llanadi. Ammo chuvash tilida bu shakl qadimgi holatini saqlagan: oğılığ-vil-u (sening o‘g‘ling). Ko‘plikda asosan -ğig//-niz shakli, turk, gagauz, ozarbayjon tilida -nız/-niz, tatar, boshqird, qumiq tillarida -gız //-giz shakli mavjud. Sibir tillarida ancha farqli: chuvash tilida -'r, -r, yoqut tilida -gt,-xt, oltoy tilida -ğır, -xir shaklida uchraydi. Bu affikslar qadimiy shakllarning o‘zgarishi natijasida shakllangan.
3. III shaxsning qadimgi variantlari saqlanib qolgan. Tuva, xakas, shor tillarida -si>zi ga o‘tgan: kimezi (kemasi);boshqird tilida -hı: otahı (otasi). Olimlar -si shaklining ajratish ma’nosi borligini ta’kidlab, grammatik shaklning kelib chiqishini shu ma’no bilan izohlaydilar.
Ot yasalishi
Turkiy tillarda so‘z yasalishi, asosan, morfologik usulda amalga oshadi. So‘z yasalishi hodisasini yaqin qarindosh yoki alohida tillar misolida o‘rganish muayyan til taraqqiyoti xususiyatlarini yoritishda muhimdir.
Turkiy tillarda ot yasovchi qo‘shimchalarning ko‘pligi va umumiy arxetiplarni yoritishning qiyinligi ko‘pgina elementlarning bobo til davridan keyingi bosqichda paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ot yasovchi qo‘shimchalar turli asoslarga qo‘shilishi mumkin.
1. Ot, ba’zan sifatdan ot yasovchilar: -čı//- či (dilči), taš// -daš, (joldas), - lıq//-lik (ağalıq).
2. Otlarning fe’llardan yasalishi turkiy tillarda keng tarqalgan. Turkm. degišgän “hazilkash”,olt. bu:lam “bog‘lam”, turk. kisač “qisqich”, qoz. šığım “chiqim”, qirg‘. yart “yarim” so‘zlari fe’l asosdan yasalgan.
Hozirgi turkiy tillarda faol ot yasovchi qo‘shimchalar:
ı//-či //-ču//-šu//-ši//-su//-si/; -ča//-če; -zu//-zi: oqčı, bitikči. Bu affiks shaxs kasbini, faoliyatini bildiruvchi ot yasaydi: ozarb. oğuču “yig‘lovchi”, bičinči “o‘ruvchi”, qazmačı “shaxtyor, qazuvchi”; olt. dülküčü “otboqar”, qomusčı“musiqachi, qo‘bizchi”, tegunči “yolg‘onchi”; boshq. baliksu “baliqchi”, timerse “temirchi”, hunarsu “ovchi”, qoshso “qushchi”, yazuusu “yozuvchi”; gagauz. duušču “hazilchi”, yolču “yo‘lchi”, čifiči “yer haydovchi”, hayvanju “chorvador”; karaim. burğučı“burg‘uchi”, baltaču “usta”, anaču “doya”, töräčı “boshliq”, “hakam”; q-qalp. temirši “temirchi”, baluqšu “baliqchi”, tuzšu “dehqon”, etikči “etikdo‘z”, qoyšu “cho‘pon”, suvšu “suvchi”, bazaršu “bozorchi”; q.-balq. kumušsu “misgar”, tirmenči “tegirmonchi”, qayuqčı “qayiqchi”; no‘g‘. qoyšu “cho‘pon”, anju “ovchi”, yazuvšu “yozuvchi”; uyg‘. өtukči “etikdo‘z”; turk. avčı“ovchi”, demirči “temirchi”, balıqčı“baliqchi”.
Bu qo‘shimcha tuva, qorachoy-balqar tillarida shaxsning muayyan hududga xosligini bildiruvchi shaxs otlarini ham hosil qiladi: kondelenči “Gundelenda yashovchi”, bulumči “Billimda yashovchi”, basxanču “Baskanda yashovchi”.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling