Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Turkiy tillarda sifatning intensiv shakli


Download 0.84 Mb.
bet78/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Turkiy tillarda sifatning intensiv shakli
Turkiy tillarda intensiv shakl, asosan, rang-tus bildiruvchi sifatlar oldidan kelib, belgining me’yordan ortiqligini bildirish uchun xizmat qiladi. Bunda lugaviy ma’no bilan birga, emotsional munosabat ham ifoda etiladi. Ayrim turkologlar intensiv shaklni orttirma darajaga kiritsalar10, boshqalar uni maxsus intensiv shakl yoki kuchaytirma daraja deb ko‘rsatadilar11.
Intensiv shaklning yasalishi to‘g‘risida ham har xil fikrlar mavjud. V.N. Nasilov mazkur shaklni sifatning birinchi bo‘g‘ini qisqarishidan kelib chiqqan prefiks tarzida e’tirof etadi. Bu fikr 1962- yilda Olmaotada nashr etilgan qozoq tili grammatikasida12 o‘z aksini topgan. N.K.Dmitriyev, A.N.Kononov, Z.M. Ma’rufovlar esa bu shaklni qisqartirilgan reduplikatsiya, deb baholaydilar. A.G‘.G‘ulomov bu shaklning qisqartirilgan reduplikatsiyadan kelib chiqqanligi haqidagi fikrga shubha bilan qaraydi va uni boshqacha nuqtayi nazardan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. F.A. Abdullayev intensiv shaklni n sonor tovushi bilan aloqadorlikda ko‘radi, eŋ// tuŋ // tim //choŋso‘zlari bilan bog‘laydi va aš - paš, non-pon, iš -piš, gošt-mošt, yiği-siği singari so‘zlarning ikkinchi komponentidagi m, p, s tovushlarining kelishini shaklan intensiv formaga o‘xshatadi.
Turkiy tillarda intensiv shaklning birinchi komponenti mustaqil ma’no bildirmaydi va sifatdan oldin kelishiga ko‘ra prefiksga o‘xshab ketadi. Lekin birinchi komponent oxirgi tovushining turkiy tillarda, hatto, bir til dialektlarida o‘zgarishi (o‘zb. kom-kok; uyg‘.kep-kek, qoz. kekpenbek), shuningdek, rang-tus bildiruvchi sifatlardan boshqa so‘zlarda ham o‘sha xil shakl yasalishidagi ma’lum erkinlik (tep-tekis,yap-yaxšı kabi) bu formani prefiks deb qarashga shubha tug‘diradi. Intensiv forma qisqartirilgan reduplikatsiyadan kelib chiqqan, degan fikr esa haqiqatga yaqinroq. Ma’lumki, turkiy tillarda yap-yapaloq, but-butun (o‘zb.) singari so‘zlarning birinchi komponenti belgisi kuchaytirilayotgan sifatning birinchi bo‘g‘iniga mos keladi; kekpenbek(kek-pen) bilan (kek) kekpenkek/ kekpenbek (qozoq), kekpigek (sariq uyg‘.) so‘zlari bir xil sifatlarning takrorlanishidir.
Intensiv forma shakllanishi uzoq Oltoy davriga borib taqaladi. Mazkur forma mo‘g‘ul tillari uchun ham xarakterli bo‘lib, qadimgi turkiy yozuv yodgorliklarida hozirgi shaklda uchraydi.
Intensiv forma boshqa turkiy tillarda ham mavjud: ozarb. gıp-gırmızı, bus-butun; olt. jap-jajıl; boshq. köp-kök; qaraim. ap-ak, yem-yešil; qum. k'ıp-k'ızıl; turk. up-uzun, bom-boš, bus-butun, šil-šilpaq, nog‘. köp-köpbek; tat. tup-tugerek// tem-tugerek; tuv. sap-sarıg; xak. koppeges; shor. kıp-kızıl; chuv. xop-xura; yoq. xap-xara. L.N.Xaritonovning ko‘rsatishicha, yoqut tilida birinchi bo‘g‘in oxiriga ba’zan -ıs-is // -us qo‘shiladi: ubus-uzup (ub-uzun). Sariq uyg‘urlar tilida yau-yasıl, qap-qara // qau-qara, kekpiček, ak pıgax, qıl- ğara.13 Ko‘pgina turkiy tillarda p, m tovushlarining, o‘g‘uz guruhiga mansub tillarda s tovushining fonetik vosita sifatida kelishi kuzatiladi. Sariq uyg‘urlar tilidagi po‘rnida u tovushi keladi: sau-sarı.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling