Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


-mavzu yuzasidan taratma materiallar


Download 0.84 Mb.
bet86/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

7-mavzu yuzasidan taratma materiallar
Shaxs-son kategoriyasi
Birlik Ko‘plik
I bardim bardik, baryapmiz
II bardiŋ, baryapsan bardiŋiz, baryapsiz
IIIbardi, baryapti bardilar, baryapti(lar)
Chuvash tilida:

Birlik

Ko‘plik

I.alakašmın “olaman”

I.alakašmız “olamiz”

II. alakašsınolasan”

II. alakašsız “olasiz”

III. alašak “oladi”

III. alašaklar “olajaklar”

Qumuq tilida:

Birlik

Ko‘plik

I.baračakman

I.baračakbız

II. baračaksan

II. baračaksız

III. baračak

III. baračaklar

Ozarbayjon tilida:



Birlik

Ko‘plik

I.oxujačam

I.oxujačagıx

II. oxujačan

II. oxujačsınız

III. oxujačak

III. oxujagdırlar


Turk tilida

Birlik

Ko‘plik

I.jazačaım

I.jazačaız

II. jazačaksın

II. jazačaksınız

III. jazačak

III. jazačaklar

Zamon kategoriyasi
1. O‘tgan zamonfe’llari quyidagicha voqelanadi:
a) aniq o‘tgan zamon shakli -di: yozdik, ko‘rdik;
b) uzoq o‘tgan zamon shakli –gan:yozgandingiz, ko‘rgandingiz;
d) o‘tgan zamon hikoya shakli -(i) b: yozibsiz, ko‘ribmiz; yozib edik, ko‘rib edik;
e) o‘tgan zamon davom fe’li -a(r)-edi, (-mas-edi):ko‘rinar edi, ko‘rinmas edi.
2. Hozirgi zamonfe’llari quyidagicha ifodalanadi:
a) aniq hozirgi zamon shakli -yap; -yotir,-yotib:boryapman,borayotirman, borayotibman; -moqda:bormoqda.
b) hozirgi- kelasi zamon shakli: a, -y:yozadi;išlaymiz.
3.Kelasi zamonshakllari quyidagicha voqelanadi:
a) aniq kelasi zamon shakli–ajak//-yajak:borajakmiz, o‘qiyajakmiz; -gu //-ğu//-ku//-qu: kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi;
b) kelasi zamon maqsad shakli-moqchi: kelmoqchiman, aytmoqchisan;
d) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o‘qirman, borarman.

8-mavzu. RAVISH. RAVISHLARNING SHAKLLANISHI. YORDAMCHI SO‘ZLAR
Reja:
1.Ravishlarning yuzaga kelishi. So‘z turkumlarining ravishga ko‘chishi.
2.Ravishlarning ma'no turlari.
3.Yordamchi so‘zlar turkumi.
4.Ko‘makchi, bog‘lovchi,yuklamaning xususiyatlari.
Asosiy tushunchalar: harakat belgisi, holat belgisi, tarz ravishlari, holat ravishlari, payt ravishlari, o‘rin ravishlari, sabab ravishlari, maqsad ravishlari, daraja-miqdor ravishlari.
Ravish harakatning, belgining belgisini bildirib keladigan mustaqil so‘z turkumidir. Ravishlar, odatda, fe’lga yoki predikativlik vazifasida kelgan sifat va ravishlarga bog‘lanib keladi. Fe’lga bog‘langanda fe’ldan anglashilgan harakatning qay tarzda bajarilish jarayoni, bajarilish payti, o‘rni, sababi, maqsadini, sifat yoki ravishlarga bog‘langanda esa ulardagi belgining darajasini ko‘rsatadi.
Ravish maxsus so‘z o‘zgartiruvchi shakllariga ega bo‘lmagan so‘z turkumidir. Ravish morfologik xususiyatlariga ko‘ra maxsus so‘z yasovchi affikslar va daraja ko‘rsatkichlariga ega. Ravishlar tarkibidagi sintaktik shakl yasovchilar yaxlitlanib qolgan.
Ravishlarning ma’no turlari olti xil: holat, miqdor-daraja, o‘rin, maqsad, payt, sabab ravishlari.
1.Holat ravishi: ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildiradi; qanday? qay holda?, qay tarzda? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Holat (tarz) ravishlari: ozarb., tat, qum. tez, tat. bik, boshq. yayav, no‘g‘. butunlay, turk. etraflija, qoz, no‘g‘. šalqamnan, šalqannan, šalqasinnan “to‘satdan, daf’atan”, kӧzimše, kӧzinše, kӧzinizše, o‘zb. tiriklay, odatdagicha, tez, sekin, yayov, piyoda, bekorga, tosatdan, qo‘qqisdan, astoydil, do‘stona, qahramonlarcha, yuzma-yuz, ochiqdan-ochiq, zo‘rg‘a.
2. Miqdor-daraja ravishi: harakat-holatning miqdoriy belgisini yoki belgining ortiqligini bildiradi; qancha? qay darajada? so‘roqlariga javob bo‘ladi: qum., no‘g‘. munja, uyg‘. anče, no‘g‘. yalğiz-yalğizdan, turk. yarı-yarıja, turkm. az-azdan, o‘zb. oz-ozdan, uyg‘. az-azdın, qoz. bir-birden, top-tobimen, o‘zb. ko‘p, mo‘l, ancha, kam, biroz, picha, xiyla, sal, juda, eng, g‘oyat, nihoyat, o‘ta.
3. O‘rin ravishi: harakat va holatning bajarilish o‘rnini, harakat yo‘nalgan tomonni bildiradi; qayerga? qayerdan? qayerda? so‘roqlariga javob bo‘ladi: qirg‘. uzaqqa, shor. minda, chuv., qoz., no‘g‘. onda, onda-munda, xak. čoğartın, ozarb. yakından, no‘g‘. tısqa,solga, tat. artqa, q.-balq. artxa, o‘zb. unda-bunda, uzoqda, pastda, tubanda, oldinda, yuqoridan, quyidan, yaqindan, orqadan, tog'riga, togridan, yuqoriga, ilgari, olga.
4. Payt ravishi harakat va holatning bajarilish paytini bildiradi; qachon? qanchadan beri? so‘roqlariga javob bo‘ladi: turkm., chuv., ir, gag. saba, ozarb. duni, uyg‘. burun, xak. purun, turkm. ileri, qirg‘. ilgeri, olt., kar., xak., shor. tanda, turk. zamanında, q.-balq. ertenlikde, tat. birvaqit; olt. emdigi, ozogi; ozarb. dunumuz, bugunumuz, yarinimiz “kechamiz, bugunimiz, ertamiz”; yarini bekle “ertani kut”; uyg‘. ertidin kečgača “ertadan kechgacha”; chuv. kazallaba “kechda”, o‘zb. kunduzi, kecha, kechalari, hozir, boya, bugun, avval, oldin, endi, erta, indin, saharlab, ertalab, doim, hali-beri.
5. Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilish maqsadini bildiradi. Bu ravish o‘zbek tilidan boshqa hozirgi turkiy tillarda deyarli uchramaydi: atayin, qasddan, jo‘rttaga,ataylab, azza-bazza.
6.O‘zbek tilidasabab ravishi ham mavjud: noiloj, noilojlikdan.
Ayrim adabiyotlarda ravishlarning maxsus morfologik belgisi yo‘qligi, ravishlardagi yasalish, daraja anglatish xususiyatlari ham boshqa turkumlarda mavjud bo‘lgan universal holat ekanligi ta’kidlanadi. Hozirgi turkiy tillardagi ravish sifatida beriladigan so‘zlarning yasalishi va morfologik tarkibi, ma’lum darajada, bu fikrni tasdiqlaydi. Masalan, ozarb. indija “hozir”, daha ašağı“pastda”, tez-tez, doğrudan, doğruya; boshq. bayarak, bigirak, ip-irta, kepe-kendez; gag. šindijik “shu payt”, čabujak “birdan”, azar-azar “oz-oz”; qoz., no‘g‘., uyg‘. qayta-qayta, yeren-yeren, burunraq; q.-balq. alxarak, bilayirak- bulay “bundayroq”, berirek, artkarak; qirg‘. arirak, kiyinrek; tat. borin-borin “ilgari, burun”, baštarak; turk. deminjek “hozir”, arayikta “u yerda”, čap-čabuk “tezda”; o‘zb. nariroqda, eng oldin, gag., turk. burası “bu yerda”, orası “u yerda”, neresi “qayerda”; ozarb. sehyer, axšam - sutkaning qismi sifatida ot, payt bildirishi jihatidan ravish; gag. yirak; qaraim. keč; no‘g‘. keš; tat.son; boshq. koroley; tat. korilay “quruqlay”; xak. xuruğa, tirige “quruqlay, tiriklay”; no‘g‘. onğa; xak. ayni yedir kilčeler “ular har kuni hayvonlarni ovlaydilar” kabi.
Qadimgi turkiy tilda harakatning belgilarini ko‘rsatadigan ravishlar ham bo‘lgan. Hozirgi turkiy tillardagi ravishlarning, deyarli, ko‘p qismi turlovchi, tuslovchi qo‘shimchalar, turli fe’l shakllari, daraja ko‘rsatkichlarini olgan shaklida ot, sifat va fe’llardan ravishlar tomon siljiy boshlagan. Ana shu xususiyatlariga ko‘ra ravishlarni, bir tomondan, tarkibi (morfologik tuzilishi, yasalishi)ga ko‘ra, ikkinchi tomondan, mazmuni (semantik farqlanishi, turlari)ga ko‘ra qiyoslash lozim bo‘ladi.
Yordamchi sozlar turkumiga komakchi, boglovchi, yuklama kiradi. Yordamchi so‘zlar mustaqil (leksik) ma’no bildirmaydi, faqat grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling