Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»
Download 0.84 Mb.
|
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi
Kim so‘roq olmoshi O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida kem, qadimgi turkiy tilda kim ko‘rinishida uchraydi. Kem shakli oltoy tilida saqlanib qolgan. Boshqa turkiy tillarda kim olmoshi unlining uzun-qisqa va qattiq -yumshoqligi bilan farqlanadi. Masalan, qirg‘., turkm., qum., turk, ozarb., yoq. kim, tat., qoz., no‘g‘., uyg‘., boshq. gam shaklida ishlatiladi. Chuvash tilida esa kem so‘roq olmoshi qo‘llanadi. Ushbu dalillar bobo tili davrida kim va kem shakllari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Nima so‘roq olmoshi ko‘pgina turkiy tillarda ne // ni ko‘rinishida ishlatiladi. Masalan, ozarb. ne, qoz., qum., no‘g‘., turk. ne. Ayrim turkiy tillarda esa ikki bo‘g‘inli shaklda mavjud: turkm. neme, o‘zb. nima, uyg‘. nime, xak. nime. Bu olmosh o‘zagidagi qaysi unli ilk davrga xosligini aniqlash qiyin. Ko‘pchilik olimlar e unlisi dastlab mavjud bo‘lib, keyinchalik ye ga aylanganligini ta’kidlaydilar. F.Is’hoqov ko‘pgina turkiy tillarda ne olmoshi takrorlanib qo‘llanishini ko‘rsatadi: olt. ne-me, boshq. ne~me, uyg‘. ni~mekabi. Uning fikricha, ayrim tillarda ikki olmosh negizning qo‘shilganligini ham ko‘rish mumkin. Masalan, qirg‘. emne - e(ne-m-me-ne//ememmene; qoz. nemene va tat. nerse - ne-ersa so‘zlari olmoshlar birikuvidan hosil bo‘lgan. Narsa-hodisaning noma’lum belgisini ifodalovchi qanday so‘roq olmoshi ham ikki so‘zning, ya’ni qan va tağ asoslaribirikuvidan hosil bo‘lganligi aytiladi. Bu olmosh qipchoq shevalarida qanday, oltoy tilida qandoy, yoqut tilida esa xannok, qandoğshaklida qo‘llanadi. Qalayolmoshining tarkibi ham qan asosiga -lay qo‘shimchasini, qaysi? so‘rog‘i esa -sıaffiksining qay o‘zagiga qo‘shilishidan hosil bo‘lganligi ta’kidlanadi. Masalan, tat. qoys', boshq. qays', qirg‘., qum., uyg‘. qagsı,xak. xtzıkabi. Ayrim turkiy tillarda shunday ma’noni ifodalashda ne, ni olmoshlari qatnashadi: qum. nečik, ozarb. neče, nejun, turkm. ničik, ninen, boshq. nisek. Turk tilida bu olmoshlar o‘rnida haŋi? so‘rog‘i ishlatiladi. Qayd etish joizki, turkiy tillarning so‘nggi davrdagi taraqqiyot bosqichlarida tarixiy shakllarning yangi shakllar bilan uyg‘unlashganligi olmoshlarning hosil bo‘lishida ham ko‘zga tashlanadi. Bu holat turkiy tillarda analitik birikmalar faolligini ko‘rsatadi. Qiyoslang: ozarb. na, na-ra-ya, turk. ne-re-ye, turkm. ni-re, ni-rek , xak. xag-a-ar, qoz. qag jaqka?, uyg‘. qag erge kabi. Ko‘rinib turibdiki, so‘roq olmoshlarining asosiy qismi turkiy tillarda qay//qai so‘zlari asosiga turli qo‘shimchalar yoki qadimgi tilda ot ma’nosini ifodalagan so‘zlar qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Buni qanča, qačan olmoshlari misolida ham ko‘rish mumkin. O‘g‘uz shevalarida bunday olmoshlar ne, ni ko‘rinishlariga ega. Masalan, qum, ozarb. no‘g‘. nege, neše, tat.niše, boshq. nise va h.k. Turk va turkman tillarida vositali kelishik qo‘shimchalari orqali hosil bo‘ladigan so‘roq olmoshlarida ne so‘zidan so‘ng -re orttiriladi: turk. ne-re-den,turkm. ni-re-den kabi. Qrim (tavriya) tatarlari tilida I va II shaxs kishilik olmoshidan keyin keladigan qaratqich kelishigi qo‘shimchasi -im shaklida qo‘llanadi, masalan: menim, bizim (meniŋ, biznıŋo‘rnida). Olmoshlar turkiy tillarda fonetik o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Masalan, bo‘lishsizlik olmoshlarining tuva tilidagi ko‘rinishlari quyidagicha:
Olmoshlarfikrniixchamshakldaifodalashda, o‘rinsiztakrornibartarafetishdaahamiyatli. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling