Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


Download 0.84 Mb.
bet83/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

6-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar

Son


Sodda son

Qo’shma son











































Olmoshlar turkiy tillarda fonetik o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Masalan, bo‘lishsizlik olmoshlarining tuva tilidagi ko‘rinishlari quyidagicha:

Turkiy tillarda

Tuva tilida

heč kim

kїm daa

heč nima

čuu daa

heč qaysı

kandїg daa

heč qačan

kayan daa

heč qayerda

kayda daa

heč qayerdan

kaynїn daa

heč qayerga

kay naar daa



7- mavzu.FE'LNING GRAMMATIK KATEGORIYALARI. FE’L YASALISHI
Reja:
1.Fe'l va uning grammatik xususiyatlari.
2.Fe'l zamonlari. Fe'llarda shaxs-son tushunchasi.
3.Fe'l nisbatlari. Nisbat shakllari.
4.Fe'l mayllari. Mayl ko‘rsatkichlari.
5.Fe'llarda yasalish.


Asosiy tushunchalar: zamon kategoriyasi, shaxs-son kategoriyasi, mayl kategoriyasi, tuslanish, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat kategoriyasi, fe’lning vazifaviy shakllari, harakat tarzi shakllari, ko‘makchi fe'llar, fe’l yasalishi, sodda fe’llar, qo‘shma fe’llar.

Ish-harakatni bildirgan so‘zlar turkumi fe’l deyiladi. Fe’l bir qator xususiyatlarga ega.


Fe’l tuslanadi. Fe’l turkumidagi so‘zlarning shaxs-son, mayl, zamon qo‘shimchalarini olib o‘zgarishi tuslanish deyiladi.
Shaxs-son kategoriyasi. Shaxs-son tushunchasi fe’l anglatgan harakat-holatning bajaruvchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. I shaxs so‘zlovchi, II shaxs tinglovchi, III shaxs nutq jarayonida ishtirok etmayotgan shaxs.
Birlik Ko‘plik
I bardim bardik, baryapmiz
II bardiŋ, baryapsan bardiŋiz, baryapsiz
III bardi, baryapti bardilar, baryapti(lar)
Zamon kategoriyasi. Zamon tushunchasi harakat-holatning nutq vaziyatiga munosabatini ifodalaydi. Fe’lning uch zamoni farqlanadi: o‘tgan zamon (nutq jarayonigacha bo‘lgan harakat-holat); hozirgi zamon (nutq jarayonida sodir bo‘layotgan harakat-holat), kelasi zamon (nutq jarayonidan keyin sodir bo‘ladigan harakat-holat).
1. O‘tgan zamonfe’llari quyidagicha voqelanadi:
a) aniq o‘tgan zamon shakli -di: yozdik, ko‘rdik;
b) uzoq o‘tgan zamon shakli –gan:yozgandingiz, ko‘rgandingiz;
d) o‘tgan zamon hikoya shakli -(i) b: yozibsiz, ko‘ribmiz; yozib edik, ko‘rib edik;
e) o‘tgan zamon davom fe’li -a(r)-edi, (-mas-edi):ko‘rinar edi, ko‘rinmas edi.
2. Hozirgi zamonfe’llari quyidagicha ifodalanadi:
a) aniq hozirgi zamon shakli -yap; -yotir,-yotib:boryapman,borayotirman, borayotibman; -moqda: bormoqda.
b) hozirgi- kelasi zamon shakli: a, -y:yozadi;išlaymiz.
3.Kelasi zamonshakllari quyidagicha voqelanadi:
a) aniq kelasi zamon shakli –ajak//-yajak:borajakmiz, o‘qiyajakmiz; -gu //-ğu//-ku//-qu: kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi;
b) kelasi zamon maqsad shakli -moqchi: kelmoqchiman, aytmoqchisan;
d) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o‘qirman, borarman.
Ba’zi turkiy tillar dialektikasi hamda so‘zlash uslubida kelajak zamon tushunchasini affikssiz ifodalash mavjud: barım “men boraman”, birem “men beraman”, “alım “men olaman” va h.k. Qorachoy-balqar tilida -r dan shakllangan kelajak zamon shakllari uchraydi. Masalan: kelibsiz / kelirbiz - “Biz kelamiz”.
Turkman tilida hozirgi zamon shaklidagi fe’lning quyidagi ko‘rinishi faol ishlatiladi:
a… lemen (Ќasar ovulida)
a…lamen (Manish ovulida)
a…lam an (Noxur ovulida)
Chuvash tili turkiy tillar ichida fe’lning -ar, -ır ko‘rsatkichli kelajak zamon shakli mavjud bo‘lmagan yagona til hisoblanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, chuvash tilida -ar, -ır ko‘rsatkichlari qachonlardir mavjud bo‘lgan, lekin keyingi bosqichlarda iste’moldan chiqqan. Chuvash tilida hozirgi-kelajak zamon shakllari alım “men olaman”, alısın “sen olasan”, alı “u oladi” ko‘rinishida bo‘ladi. Agar -ı ning chuvash tilida ı' ga hamda, -i ning -e ga o‘tishi hisobga olinsa, u holda chuvash tilidagi kelajak zamon shakllari tushunarli bo‘ladi.

Birlik

Ko‘plik

I.s..rıp “yozaman”

I.s..ır'b'r “yozamiz”

II. s..rı'n “yozasan”

II. s..ır'r “yozasiz”

III. s..rıe “yozadi”

III. s..ıresyozadilar”

O‘zbektilidagiasos + ačak, (eček)ko‘rsatkichi + birinchikategoriyalishaxsqo‘shimchalariqolipidagife’llarturkiytillardaquyidagishakllardaqo‘llanadi.
Chuvash tilida:

Birlik

Ko‘plik

I.alakašmın “olaman”

I.alakašmız “olamiz”

II. alakašsınolasan”

II. alakašsız “olasiz”

III. alašak “oladi”

III. alašaklar “olajaklar”

Qumuq tilida:

Birlik

Ko‘plik

I.baračakman

I.baračakbız

II. baračaksan

II. baračaksız

III. baračak

III. baračaklar

Ozarbayjon tilida:



Birlik

Ko‘plik

I.oxujačam

I.oxujačagıx

II. oxujačan

II. oxujačsınız

III. oxujačak

III. oxujagdırlar


Turk tilida

Birlik

Ko‘plik

I.jazačaım

I.jazačaız

II. jazačaksın

II. jazačaksınız

III. jazačak

III. jazačaklar

Turkmantilidakelajakzamonningbuturi-čakko‘rsatkichigaegahamdashaxsqo‘shimchalarisizqo‘llanadi: jazčak “menyozaman”, jazčak “uyozadi” vah.k.
-ačak, -eček affiksli fe’llar ayrim turkiy tillarda otga o‘tgan: janačak “yoqilg‘i”. Ba’zi turkiy tillarda sifat xususiyatiga ega bo‘ladi: ozarb. utančak kız “uyatchan qiz”, qoz. maqtanšak “maqtanchoq” , erinšek “erinchoq”, tat. irenšek “erinchoq“ turk. ılıča(k) “issiq”. Bu qo‘shimcha otlardagi kichraytirish, erkalash qo‘shimchasi bilan shakldoshdir: olt. balačak “bolacha”, turk. kuzučak “qozichoq”.
Bu tipdagi kelajak zamon shakllari tarqalish doirasi jihatidan cheklangan. Janubiy areal – o‘zbek, uygur, no‘g‘ay, qumiq, qoraqalpoq, ozarbayjon, turk, gagauz va turkman, qipchoq, tatar tillarida badiiy uslubda qo‘llanadi. Qozoq tilida g‘arbiy dialektlarda uchraydi. Tuva, shor, xakas, oltoy, yoqut tillarida -ačak, -eček kelajak zamon shakli mavjud emas.
Fe’l asos + -ajak ko‘rsatkichi + I kategoriyadagi shaxs qo‘shimchalari tipidagikelasi zamon modeli nog‘ay tilida uchraydi:

Birlik

Ko‘plik

I. barajapan

I. barajakpız

II. barajaksan

II.barajaksız

III. barajak

III. barajak

-ajaq ko‘rsatkichi -ačakning fonetik variantidir. Odatda č intervokal o‘rinda j ga aylanmaydi. Shu bois ajaq shaklini alohida affiks sifatida qarash mumkin.
Yoqut tilida -iax /-ıax/uax kelasi zamon sifatdoshi qo‘llanadi: oxtuox mas “yiqiladigan daraxt”.
Fe’llar ma’no va leksik-grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
1. Mustaqil fe’llar lug‘aviy ma’no bildiradi, gapning biror bo‘lagi vazifasida keladi: keldi, aytdi, o‘qidi.
2. Yordamchi fe’llar harakat-holat bildirmaydi (mustaqil ma’noga ega emas). Ular turli grammatik ma’no ifodalash uchun xizmat qiladi. Yordamchi fe’llar uch turga bo‘linadi:
a) bog‘lama vazifasida keluvchi, so‘z yasalishida ham ishtirok etuvchi yordamchi fe’llar: bo‘l, qil, ayla, et;
b) fe’llarga birikib, turli qo‘shimcha ma’no ifodalovchi fe’llar yoki ko‘makchi fe’llar: o‘qib chiqmoq, aytib bermoq.
d) to‘liqsiz fe’llar: edi, ekan, emish.
Fe’l alohida grammatik qiymatga ega kategoriya bo‘lib, unda turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ifodasini topgan. Fe’l kategoriyasi turkologiyada batafsil o‘rganilgan. Fe’l zamonlari, mayllari, nisbat shakllarining turli aspektlarda tadqiq qilinishi natijasida turkologiyaning muhim nazariy masalalari yechimiga zamin yaratildi. Jumladan, fe’llardagi zamon kategoriyasi bilan modallik kategoriyasi o‘rtasidagi farqlar masalasi hal etildi.
Hozirgi turkiy tillarda qadimgi turkiy tilga xos ma’nolarda qo‘llangan so‘zlarning asosiy qismi harakat-holat, faoliyatni bildiruvchi so‘zlardan iborat: yağıq- “yov bo‘lmoq”; jayiq- “dushman bo‘lmoq” (DTS,224); emgän- “zahmat chekmoq”, “qiynalmoq” (NAL,708);yavutqa- “yaqinlashtirmoq”, “yaqin keltirmoq” (NAL,208);tuqun- “tutashmoq“; buq- “yashirinmoq“.
Tuslangan fe’llar turkiy tillarda kishilik olmoshlari bilan birga qo‘llanish xususiyatiga ega. Fe’l zamonlarida semantik-funksional xususiyatlarning turlicha bo‘lishi, modellari bilan farqlanishi qadimgi tilda bu elementlarning ko‘p bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu shakllarning aksariyati chuvash tilida saqlanib qolgan. Masalan, chuvash tilida kelasi zamonning -ačak//-lık shakli mavjud (-ar shakli yo‘q). Fe’lning noaniq shakli turkiy tillarda –maq, -as, -rğa,-ğal elementlari orqali, chuvash tilida esa -maškanqo‘shimchasi orqali hosil qilinadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling