Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet85/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

-la//-lesermahsul fe’l yasovchi affiks bo‘lib, ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlid so‘zlardan turli ma’nodagi fe’l yasaydi:ozarb. ayağla- “oxirlamoq”,qaraim. tisla- “chekinmoq”,q.-balq. aqla- “oqlamoq”,tuv. šayla- “shaylamoq”,turkm. nağšla- “naqshlamoq”, xak. tayğala- “taygaga bormoq”, čayla- “yozlamoq”,qoz.tında- “tinglamoq”,tuv. dınŋna- “tinglamoq”, xak. palixta “bilqillamoq”, q.-balq. borkulda- “selkillamoq”, no‘g‘. uvilda- “uvullamoq”,turk. čaŋırda- “jiringlamoq”,turkm. lağırda- “shaldiramoq”.
-la nisbat shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha bilan birikib, -lan, -lash murakkab affikslari yuzaga kelgan.-la yasovchisining fonetik varianti bo‘lgan -da taqlidiy so‘zlardan fe’llar yasashda faol qatnashadi: gag. čxsrda- “chisirlamoq-”, no‘g‘. dbarda- “qimirlamoq”.
-a:ot, sifat, ravish, taqlidiy so‘zlardan fe’l yasaydi:boshq. yira- “kuylamoq”,qar.boša- “bo‘shamoq”,tat. buša- “bo‘shamoq”,xak. ada-“atamoq”, turkm. oyna- “o‘ynamoq”, turk. qapa-“yopmoq”, yoq. lara- “o‘g‘irlamoq”, kihaa- “qishlamoq”.
-ir//- ur:ozarb. asğir- “aksirmoq”, tupur-“tupurmoq”, boshq. ukir- “o‘kirmoq”, fišğir-“pishqirmoq”, gag. ansir-“fahmlamoq”, xinčkir-,qoz. hiskir-,qar. qičxir- “qichqirmoq”, šaqir- “chaqirmoq”, pıčxir-“pishqirmoq”, xak. xatxir- “xaxolamoq”, shor. qiyğir-“qiyqirmoq”.
-ı//-i:o‘zb. boyi-, ozarb. berki-“yashirmoq”, avru- “og‘rimoq”.
-al//-yel: gag. kısal “tartibga solinmoq”,turkm. azal- “ozaymoq”, garal “qoraymoq”,ozarb. daral- “tiqilmoq”, sağal- “sog‘aymoq”,chuv. xural-“qoraymoq”.
-ıl//-il:ozarb. kartil “kemtilmoq”,qoz. suıl-“qurimoq”, kečil- “kechmoq”.
-ar//-yertır//-ir:ozarb. yašar, no‘g‘. kӧger-“ko‘karmoq”, qoz. qısqar- “qisqarmoq”. -ar//-er//-r qo‘shimchasi qadimgi turkiy tilda davomli harakatni otga, keyinchalik biror belgi-holatga bog‘lagan: no‘g‘. köčer- “ko‘chirmoq”, qoz. jaŋar- “yangilanmoq”, tat. suxar- “chaqirmoq”.
-sa//-se:tat., qoz.susa-“suvsamoq”,tuv. suqsa-“suqlanmoq”, bijikse- “yozmoq”.
Chuvash tilida -ak, -yek, -yem affikslari esa so‘zdagi harakat va natija ma’nolarini bildiradi: tatak- “qirqmoq”, tat- “yirtmoq”.
Turkiy tillarda fe’l yasalishining affiksatsiya usulidan tashqari kompozitsiya, shuningdek, analitik usullari ham mavjud. Tub fe’llar omonimlik xususiyatiga ega yoki ega emasligi bilan farqlanadi.
Fe’llarning analitik shaklini hosil qiluvchi umumturkiy yordamchi fe’llar asosiy o‘rin tutadi: et-, qıl-, bol-, ayla-. Ayrim turkiy tillarning o‘ziga xos ko‘makchi fe’llari ham mavjud: tat. yasa- “qilmoq”, turk. buyur- “buyurmoq” , chuv. tu- “qilmoq”, yoq. čın- “qilmoq” va h.k.
Turkiy tillarda qo‘shma fe’llar ot va yordamchi fe’llar birikuvidan hosil bo‘ladi. Bu tipdagi qo‘shma fe’llar ko‘p miqdorni tashkil etadi. Bunday tipdagi yasalish qadimdan shakllangan qolip hisoblanadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling