Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet87/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Komakchi. Gapda vosita, maqsad, sabab, vaqt, makon kabi sintaktik munosabatlarni ifodalash uchun qo‘llanadigan so‘zlar komakchilar deb ataladi. Ko‘makchi o‘zi bog‘anib kelgan so‘zdan keyin kelib, so‘zlar orasidagi birgalik, payt, sabab, maqsad kabi munosabatni ifodalashga xizmat qiladi. Ko‘makchi ikki xil bo‘ladi: 1.Sof komakchi 2.Ko‘makchi vazifasidagi so‘z (vazifadosh ko‘makchi).
1. Sof komakchi mustaqil mano anglatmaydi, kelishik affikslariga yaqin turadi: bilan, üčün, qadar, sarı, sayın.
Vazifadosh ko‘makchilar shakllanishiga ko‘ra ot ko‘makchilar va fe’l ko‘makchilarga ajratiladi: a) ot ko‘makchilar: ald, ӧrta, yan, arqa, taman, ič, üst, tepä, ast, täg, ärɔ, baš, orın, yaqa, qaš, burun, ilgäri, keyin, bašqa, tašqarı; b) fe’l ko‘makchilar: qarab, kӧrä, qaragändä, yaraša, bašlab. Ba’zi manbalardako‘makchilar ot ko‘makchilar, holat ko‘makchilari va sof ko‘makchilarga ajratilgan.
Ko‘makchilar vosita-qurol, maqsad, sabab, payt, o‘rin kabi ma’nolarni bildiradi. Ko‘makchilar mustaqil leksik ma’no anglatmaydi, mustaqil holda gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. Ular grammatik jihatdan so‘zlar o‘rtasidagi munosabat, aloqani ta’minlaydi, biror tobe so‘zning hokim so‘zga bog‘lanishiga vositachilik qiladi. Ko‘makchilar bu jihatdan kelishiklarga o‘xshaydi, hokim va tobe so‘zlar o‘rtasidagi munosabatni, sintaktik aloqani shakllantiradi, ko‘p hollarda kelishik va ko‘makchi ma’nolari ham bir-biriga yaqinlashadi: ozarb. dağa - dağteref; olt. dolğa-dol ortozinä; qum. kӧpürnü tübünnän – kӧpürnü tubu bilän; tat. tavğa –tav yağına; uyg‘. mektepke – mektep terepke.
Turkiy tillarni qiyosiy o‘rgangan A.Sherbak hozirgi turkiy tillar grammatikasidagi an’ananaga ko‘ra ko‘makchilarni, dastlab, ot ko‘makchilar va fe’l ko‘makchilar sifatida ajratgan.
1. Ot ko‘makchilar:
а) bosh va qaratqich kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko‘makchilar:
al (ın) // ald // oldko‘makchisi:qadimgi turk. alın, xak. ald, olt. bistiŋäldibistä, qum. biziŋ äldibizdä, uyg‘. bizniŋ äldimizdä; boshq., tat. ӧy aldına, q.-balq. üynü ällınä, qoz, q.-qalp, no‘g‘. uy(diŋ) äldindä, qum. üyni äldindä, o‘zb. uyning oldida, xak. ib älnindä; tat. küz äldindä; uyg‘. išik äldidä, shor. ejik älindä; boshq. bäyräm äldinän; tat. kitär äldinän; uyg‘. avkat aldida; xak. on čil miniŋ älnindä, naŋmir čaar älnindä “yomg‘ir yog‘ar oldida”; tat. kiyinliklär äldindä, xak. poziniŋ älninjä “o‘z oldida”, o‘zb. koz oldida va h.k.
Irintä, bašıda, arasında, üstündä, tapuklarıda, altın, öŋüntä ko‘makchilari ot sifatida ham qo‘llanadi.
arako‘makchisi: qad. turk. kišilär ara, ozarb, turk. adamlar arasında, olt. čädirlar arazına, boshq. iki oy arahında, qum. iki üynü arasına, gag. onnarin arasında, xak. olarniŋ arazında qar. no‘g.,ӧz ara, yigitlerdiŋ arasınnan, tuv. iyaš arazından, shor. agaš arazınan, turkm. adamlardiŋ arasından, olt. tun äräzındä, uyqu arazında, xak. iki čil arazında, o‘zb. dostlar orasida kabi;
arqa// arqaliko‘makchilari: ozarb. stolun arxasında, qum. üynü arqasına, tat. өyniŋ arkasınnan, o‘zb. uyning orqasidan, shor. ustoldıŋ arkazınan, no‘g‘. oniŋ arqasında. tat. anıŋ arqasında, siniŋ arqanda, turkm. zeniŋ arqaŋdan; qoz. keše arxılı, q.-qalp. kӧpir orqalı, tat. urman arkılı; qoz., q.-qalp. bir joldas arkılı, qirg‘. bir joldoš arkalu, turkm. bir yoldaš arkalı, qoz. radia arkılı; tat. xat arqılı; o‘zb. badiiy asar orqali singari;
Turkiy tillarda –lı(ğ), -lu (ğ) affikslari orqali bir qancha ko‘makchilar hosil qilingan. boshq. sakli, qoz. šaqtı, q.-balq. čaqlı, tat. čaklı, šikilli, q.-balq. čaklı, qirg‘. šekildu, no‘g‘. sekinli; boshq. sababli, turkm. zebepli , uyg‘. seveplik, q.-qalp. tüvräli, qoz. siyakti, tarizdi, o‘zb. tufayli va boshqalar.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling