Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


Download 0.84 Mb.
bet95/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

9-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar
N.K.Dmitriyev tasnifi

bolalar nutqiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar yoki bolalar nutqi shakllari: buwa – suv, nine – ona, ninni – alla







Bilaman

Bilmoqchiman

Bilib oldim

Barcha turkiy tillardagi taqlid so‘zlarning fonetik tuzilishi, tarkibi bir xil










Taqlid so‘zlar yakka va takror ko‘rinishlarda bo‘ladi










Taqlid so‘zlar nomlash xususiyatiga ega emas










10-mavzu. TURKIY TILLAR SINTAKSISI. SINTAKTIK MUNOSABAT
Reja:
1.Turkiy tillar sintaksisiga oid umumiy jihatlar.
2.Turkiy tillarda sintaktik munosabat.
3. Turkiy tillarda predikativlik.
Asosiy tushunchalar: predikatsiya, bosh bo‘laklar, kesim, ega, ikkinchi darajali bo‘laklar, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchi.


Sintaksis yunoncha syntaxis so‘zidan olinganbo‘lib, “biriktirish”, “bog‘lash” degan ma’noni bildiradi. Sintaksis so‘zlarningva gaplarning o‘zaro bog‘lanish tizimini, tartibini, ularning turlarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Koshg‘ariyning “Kitobi javohir un-nahv fi-l-lug‘at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritiladi.
So‘zning muayyan til qonuniyatlari asosida o‘zaro birikuvidan so‘z birikmasi va gaplar hosil bo‘ladi. So‘z birikmalari va gaplar shakliy xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra farqlanadi.
So‘zlarning o‘zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi.
1. Teng bog‘lanish – ikki so‘zning o‘zaro teng munosabatlar asosida birikishi: boshq. dalala ve qalala “dalada va shaharda”, chuv. vermanvešur “o‘rmon va botqoq”.Teng bog‘lanish o‘zaro tengbog‘lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
2. Tobe bog‘lanish – bir so‘zning boshqa so‘zga tobelik asosida bog‘lanishi: no‘g‘. kelgen adam “kelgan odam”, tat. kyočle keše “ kuchli odam”. Tobe bog‘lanish ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe qism va hokim qism.So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism tobe qismdir:qoz. kök (qanday?)orman, xak. naŋmırlığ(qanday?)kün; turkm. otluq (qanday?) meydan.
So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi. So‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi, ammo kengaygan bir tushunchani ifodalaydi.
Soz birikmasi. Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va tobelantiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasini tashkil qiladi.
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashib qo‘llanishi mumkin. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka bog‘lanib, hokim bo‘lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi.
So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling