Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet96/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Otli soz birikmasida hokim so‘z ot va otlashgan so‘zlar (sifat, son, ravish, taqlid so‘z) bilan ifodalanadi: shor. kanatlıg kuš “qanotli qush”, olt. suuluu qar “suvli qor”, ozarb. sınmıš ağaš “singan daraxt”, učanguš “uchgan qush”, boğuču bir isti “bo‘g‘uvchi issiq”, ikinji yer “ikkinchi yer”, yoq. oxtubut mas “yiqilgan daraxt”, tordos at “to‘rtinchi ot” ’tuv. karaktıŋ karazı “ko‘zning qorasi”, birge teve “birinchi tuya”, chuv. kaškarsen purneče “qashqirlar hayoti”, chuv. čaplı šıv “buyuk daryo”, kaymala čın “ketuvchi kishi”, ikimxi uyix “ikkinchi oy”, tat. bez barası yullar “biz boradigan yo‘llar”.
Fe’lli soz birikmasida hokim so‘z fe‘l, uning sifatdosh, ravishdosh shakllari bilan ifodalanadi: boshq. canıların maylay “chanalarini moylamoqda”, xak. tas turada čurtapčı “tosh uyda yashaydi”, ubden sigari xondi “uydan yugurib chiqdi”, tat. baylarča yašau “boylarcha yashamoq”, xat belen jitaru “xat orqali yetkazmoq”, yaxšılıgı očen xormatleu “yaxshiligi uchun hurmatlamoq”, balta belen kisü “bolta bilan kesmoq”, kön saen qaytu “kun sayin qaytish”, turk. ruyadan uyanurmuš “uyqudan uyg‘onarmish”.
Turkiy tillarda so‘z birikmalarining tobe so‘zi, asosan, hokim so‘zdan oldin keladi.
Soz birikmasida sozlarning ozaro birikish usullari. Kelishik va ko‘makchilar so‘zlarni bir-biriga tobelab bog‘lashga xizmat qiladi.
So‘z birikmalari tarkibidagi tobe va hokim so‘zning grammatik vositalarsiz, faqat ohang va tartib asosida bog‘lanishi bitishuvdeyiladi:ozarb. teravetli yapraqlar “tarovatli yaproqlar”,turk. getmiš kiši “ketgan kishi”, yoq. biler kuhu “bilimli kishi”, boshq. kilehe yil “kelasi yil”, tat. zeŋger kük “zangori osmon”.
Tobe so‘zning hokim so‘zga tushum, jonalish, orin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanishi boshqaruvdir: ozarb. burada tikirler “bu yerda tikarlar”, tat. algakitmedem “yurtga ketmadim”, gag. bakırı buldum “chelakni topdim”, tuv. ajıgdan desken “mehnatdanqochgan”, ıttan korgar “itdan qo‘rqar”.
Tobe so‘zning hokim so‘zga qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yordamida, hokim so‘zning esa tobe so‘zga egalik qoshimchalari yordamida bog‘lanishi moslashuvdir: chuv. piren anne “bizning onamiz”, tat. beneŋ el “mening elim”, xak. tağ pazı “tog‘ boshi”, turkm. onıŋ derdi “uning dardi”. Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. Bunday bog‘lanishda tobe qism qaratqich, hokim qism qaralmish deb nomlanadi: uzumning (qaratqich) sharbati (qaralmish).



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling