Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar


Download 0.84 Mb.
bet73/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

3-mavzu yuzasidan tarqatma materiallar



Qirg‘iz tilidagi mo‘g‘ul tili bilan umumiy bo‘lgan qo‘shimchalar:

Misollar

-lqa, -ol, -l,-loq, -mol.

kalqa “eshik”

tonulqa “ yurish”

yasalqa “bezak”

tabılqa “topilma”

qarol “qorovul”

takol “topshiriqni bajaruvchi shaxs”; “tayanch”

boljol “belgilangan muddat”

jırqal “nash’a”

qozqılon “qo‘zg‘olon”

samal “o‘spirin”

Tuva tilidagi mo‘g‘ul tili bilan mushtarak bo‘lgan qo‘shimchalar:



Qo‘shimchalar

Misollar

-l, -lqa, -lda, -mal, -duvar//-duqar

savvarılqa “poliz”

čurulqa “chizish”

čılda “yig‘im-terim”

qazımal “qazilma”

baduvar “birinchi”

dortduqar “to‘rtinchi”

onduqar “o‘ninchi”



4-мavzu. SO‘Z TURKUMLARI. OT SO‘Z TURKUMI. GRAMMATIK KO‘PLIK KATEGORIYASI.KELISHIKLAR TIZIMI
Reja:
1.So‘z turkumlari va ularni ajratish mezonlari.
2.Ismlar. Ismlarga xos grammatik kategoriyalar.
3. Otga xos grammatik kategoriyalar.
4.Turkiy tillarda grammatik ko‘plikning ifodalanishi.
5.Turkiy tillarda kelishiklar tizimi.
Asosiy tushunchalar:so‘z turkumi, ismlar, mustaqil, yo‘rdamchi so‘zlar turkumi, lugaviy ma]no, grammatik ma’no.

So‘zlarning o‘ziga xos belgi-xususiyatlariga ko‘ra ma’lum guruhga ajratilishi so‘z turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratishda muayyan guruhga mansub so‘zlarning umumgrammatik kategorial semantikasi va o‘ziga xos lisoniy belgilari: morfologik (so‘z yasalishi va so‘z tarkibi o‘zgarishi) hamda sintaktik (so‘zlarning birikish) xususiyatlari nazarda tutiladi. Shu belgilar asosida ot, sifat, ravish, fe’l kabi mustaqil so‘z turkumlari ajratilgan. Turkiy tillarda son va olmoshlar shakliy belgilari asosida emas, semantik xususiyatiga ko‘ra tavsiflanadi. Ayrim turkiy tillarda, xususan, hozirgi turk tilida sifat, son, olmosh, ravish guruhiga kiruvchi so‘zlarning ismlar turkumi(ot)ga kiritilishida ham ana shu semantik xususiyat asos qilib olingan.


So‘zlarni turkumga ajratish tilshunoslik fan sifatida shakllangan dastlabki davrlarda boshlangan. Dastavval, hindlar so‘zlarni otlar,fe’llar, yordamchilarga ajratgan. Keyinchalik, arablar ismlar, fe’llar, yordamchiso‘zlar tarzida guruhlagan. Bir qator xalqlar ismlar ichidan ot, sifat, son, olmosh, fe’lni mustaqil turkum sifatida umumlashtirgan. Hozirgi turkiy tillarda ismlar nomi ostida bir necha so‘z turkumi mujassamlangan. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, harakat nomi, taqlid so‘z ismlar guruhi ostida birlashtirilgan. Ismlarni birlashtiruvchi asosiy omil ularning ko‘plik, kelishik, egalik shakllarini olish xususiyatiga ega ekanligidir.
Turkiy tillardagi so‘z turkumlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan flektiv tillardan farq qiladi. Turkiy tillarda grammatik rod kategoriyasi mavjud emas. Ot turkumidagi so‘zlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi. Son, olmosh turkumida yasalish mavjud emas. Grammatik ma’no, asosan, yordamchi so‘zlar bilan ifodalanadi.
So‘zlarning morfologik tarkibini o‘rganish, qardosh tillar bilan qiyoslash, flektiv tillardagi hodisalardan farqli tomonlarini tahlil etish turkiy tillarda so‘z o‘zgarishining xilma-xil ekanligini ko‘rsatadi. Turkiy tillarda so‘z turkumlari miqdoriy belgisiga ko‘ra farqlansa ham, sifat belgisiga ko‘ra umumlashtiruvchi jihatlarga ega.
O‘zbek tilida so‘z turkumlari jami 12 ta. Ular, asosan, besh guruhga bo‘linadi. So‘zlar aniq narsa, belgi, harakat, holat kabilarni bildirishi yoki bildirmasligiga ko‘ra mustaqil so‘zlarga bo‘linadi. Mustaqil so‘zlar turkumi: ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish. Yordamchi so‘zlar turkumi: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Modal so‘zlar, undov so‘zlar, taqlid so‘zlar o‘ziga xos jihatlari bilan yuqoridagi so‘z turkumlaridan ajralib turadi. Shu bois ular alohida-alohida guruhni tashkil etadi.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling