Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


üza ko‘makchisi keyinchalik üstingä ko‘makchisi shakliga kelgan; otru


Download 0.84 Mb.
bet88/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

üza ko‘makchisi keyinchalik üstingä ko‘makchisi shakliga kelgan;
otru: jüz otru turur “yuzma-yuz”;
uδu:men anıŋ uδu keldim “men uning izidan keldim”.
qatın(da), qatıŋ(ğa):bëglär qatın “beklarga yaqin”;
üčün:bizni üčün;
tegi: bu ödkä tegi bu vaqtgacha”.
b) jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan birikadigan ot ko‘makchilar:
qaršı/qaršu (otru ko‘makchisiga sinonim): Oğuz qağanğa qaršu “O‘g‘uzxonga qarshi”.
Qaršıko‘makchisiningyuzaga kelishi ikki xil izohlanadi: 1) “qorishmoq” ma’nosidagi yoki qormoq fe’lining o‘zlik nisbatidan shakllangan; 2) “qo‘l” ma’nosidagi qar so‘zidan yuzaga kelgan. Bu ko‘makchining shakllanishiga оid birinchi taxmin haqiqatga yaqinroq;
köra, körü: ögüdügä körä “nasihatiga ko‘ra”.
d) chiqish kelishigidagi otlar bilan birikadigan ot ko‘makchilar:
soŋ, soŋra:yukudun soŋ “uyqudan so‘ng”; sen meniŋ soŋ kel “sen mendan keyin kel”;
kin~këjin ~këdin ko‘makchisi soŋ ko‘makchisiga sinonim: kë(d)-këdïn >këjin>kin. O‘rxun-enasoy yodgorliklarida: anta kesrä “shundan so‘ng”;
bas, basa: anıŋdı basa “undan keyin”. Men anda basa keldim “men bundan keyin keldim”;
ašnu /ašnuda: ayıtmasta ašnu “gapirtirishdan avval”;
berü: tümän yılda berü “anchadan beri”.
Payt, holat bildiruvchi ko‘makchilar: birlä, ötrü, ötürü: anta ötürüshundan so‘ng. Üzä, üzälä:bu tört neŋ üzä sözlädim mën sözüg “bu to‘rt narsa haqida so‘zladim men so‘zimni”.
2. Fe’l ko‘makchilar harakat nomlari bilan bog‘liq dastlabki grammatik tabiati, xususiyatlarini saqlab qolganligi uchun ot ko‘makchilar va fe’l ko‘makchilar orasida, ba’zan, qat’iy chegara qo‘yish qiyin: boshq. kalağa turä “shaharga to‘g‘ri”, qala turahında “shahar haqida”, unğa qaršı; uyg‘. kitab toğrısıda; turkm. onuŋ qaršızına; tat. ӧy qaršısında; turkm. onuŋ garšızından; yolnıŋ qaršısıdan; eski o‘zb. aŋa otru “unga qarshi”, mirzänıŋ otrusığa “mirzaning ro‘parasiga”; Termiz toğrısığa, Yarınıŋ toğrısıdın kabi.
Ko‘makchilar, asosan, otga bog‘lanadi, fe’lning harakat nomi, sifatdosh shakllariga ham birikishi mumkin: kelägi beri (bu hozirgi o‘zbek shevalarida ham uchraydi: sen kelgäli beri kabi); boshq. otır ӧsӧn “otish uchun”; qum. učğunča aldin “uchishdan avval”; eski o‘zb. taxtnı egälläsin üčün kabi.
Dastlabki leksik ma’nolarini yo‘qotish darajasi va grammatikalizatsiyalashish jarayoni hamma ko‘makchilarda bir xil emas. Buni hozirgi o‘zbek tilidagi ot ko‘makchilar misolida ko‘rish mumkin: tagidä, ustida, tepasida, yonida, bӧyida, yuqorisida kabi so‘zlarning qaysisi ot ko‘makchi, qaysisi o‘z mustaqil ma’nosidagi ot yoki sifat ekanligini anglash murakkab. Negaki, ularning aksariyati hozirgi tilda dastlabki ma’nosida ham, ko‘makchi vazifada ham qo‘llanishi mumkin. Masalan, daraxtnıŋ tepasida, daraxtniŋ shaxıda, daraxtnıŋ bargida kabi birikmalar qiyoslansa, tepasida, bargida, shaxıda kabi so‘zlarning barchasi yoki ot ko‘makchilar, yoki o‘rin-payt kelishigidagi otlar ham bo‘lishi mumkin: eski o‘zb. quyaš öyüŋ ağzına “uyning og‘ziga”, tonnıŋ ıčı, olt. qaptıŋ oozı “qopning og‘zi”, tayga edegi “tog‘ning etagi”, turkm. Mari ayağı “Mari atrofi”, shor. tag qoynı va boshqalar.
Fe’l ko‘makchilarda ham shunday xususiyatni ko‘rish mumkin. Shunga ko‘ra hozirgi turkiy tillardagi ko‘makchilar ma’nosi va grammatikalizatsiyalashish darajasiga ko‘ra “oraliq” holatidagi ko‘makchilarga, qoz. ušin, turk. ičin, qirg‘. näri, qum. äri, o‘zb. nari, učun; turkm. bile,bilen, uyg‘. bilen, xak. minaŋ singari qadimgi ma’nosini yo‘qotgan, grammatikalizatsiyalashgan ko‘makchilarni ikkinchi guruhga, bila -la kabi affikslashgan ko‘makchilarni esa uchinchi guruhga kiritilgan.
Umuman, ko‘makchilarning shakllanishi juda uzoq davrlardan boshlangan bo‘lib, u yoki bu ko‘makchilarni hozirgi barcha turkiy tillarda uchratish mumkin.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling