Filologiya fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi «turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi»


Download 0.84 Mb.
bet89/105
Sana14.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1197699
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105
Bog'liq
portal.guldu.uz-Majmua Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi

Bog‘lovchilar. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar va gap bo‘laklarini bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchidir. Bog‘lovchilar qo‘llanishiga qarab yakka bog‘lovchilar va takroriy bog‘lovchilarga ajratiladi.Yakka bog‘lovchilar: va, hamda, lekin, amma, biraq, -ki (-kim), čunki, agar, taki, balki, goya, bašarti, halbuki, vahalanki, yaki, yaxud, ya, gar.
Takroriy bog‘lovchilar: dam.., dam..., ba’zan,..., ba’zan, ham.., ham, bir.., bir, yaki..., yaki, ya.., ya, gah.., gah, xah.., xah.
Qadimgi turkiy tilda bog‘lovchilar alohida turkum sifatida mavjud bo‘lmagan. Agglyutinativ tillar, jumladan, turkiy tillarda bog‘lovchi vazifasini boshqa turkumlardagi so‘zlar bajargan.
Til taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida jonli so‘zlashuv tili faol qo‘llangan bo‘lib, aloqa vositasi sifatidagi bog‘lovchi vositalar talab qilinmagan. Til taraqqiyotining yozma shakli shakllana boshlagan davrlarda ham gap qurilishi nisbatan sodda bo‘lgan.
Adabiy til shakllanishi, yozma nutqning yuzaga kelishi bilan sintaktik munosabatni ta’minlovchi bog‘lovchilar shakllandi va hozirda alohida turkum sifatida qaraladi.
Hozirgi turkiy tillarda mavjud bog‘lovchilar ikki yo‘l bilan hosil bo‘lgan:
1. Turkiy tillarda bog‘lovchi vositalar sifatida o‘z qatlamga oid ayrim ta’kid yuklamalari, ba’zi fe’l shakllari, olmoshlar xizmat qilgan: qadimgi qipchoq. qačan yoldan barırlar idi otru bir kiši yoluqtu; gag. čoyuk annamiš oni padišah ana iš vermiyor; turkm. Xačan iči Gorlandan zoŋ öylerina gaydip gelyardi; eski o‘zb. sešanba edi kim Xojandqa yettim; o‘zb. na xotin bor, na bola-chaqa;
2. Hozirgi turkiy tillarda arab, fors-tojik, qisman, rus tilidan olingan bog‘lovchilar ishlatiladi:
a) arab: ozarb. amma, lekin, faqat; tat. emme, lekin, faqat; yeni; turkm.amma, veli, velik; o‘zb. ammo, lekin, lek, va lekin;
b) fors-tojik: ozarb., boshq., tat, uyg‘. ham; gag., turk., turkm. hem; ozarb. ya, yaxud, herčend; uyg‘. eger; turk. eger; ozarb. boshq. gerče; ozarb., turkm. gah, ozarb, gag., turk. ne, ozarb., turk, gag. ister; ozarb., gag., turk, turkm, o‘zb.-ki, xoh,ham,ya, yaxud,garchand,goh, agar,na;
d) arab, fors-tojik: ozarb. madamki, madamiki; ozarb., uyg‘. ve xem, va yaxud, va yeki;
e) rus, boshq. e, etu, xayata; gag. da, a: qaraim. to, a, i, no, xatya, xot; xak. a, a to, zato, xot kabi.
Hozirgi turkiy tillarda bog‘lovchilar an’anaviy ravishda teng bog‘lovchilar va ergashtiruvchi bog‘lovchilarga bo‘linadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling