Vale, va, lekin, lek, ammabog‘lovchilari: ozarb. bir gedeyem men veli gor niyyati sultanlığım “bir gadoman, lekin sultonlikka niyatimni ko‘r”, göz yašıtökerdi leyk ne sud “ ko‘zdan yosh to‘kildi, lekin ne foyda”; eski o‘zb. magar uyquda yüzün körgäy erdim, vale hajrindä közdän učdı uyqu; xub aytıp edi, amma men razi bolmadım; o‘zb. gapingiz to‘g‘ri ekan, lekin masalaning boshqa tomoni ham bor.
O‘zbek tilida biroq va balki zidlov bog‘lovchilari ham bo‘lib, bu boshqa turkiy tillarda, deyarli, uchramaydi: O‘ktam mevalarni saralaydi, biroq, yegisi kelmaydi (Oybek). …yolg‘izo‘zi emas, balki butun kosib ahlining ahvoli pachava ekanini ochib tashladi (Oybek).
Ayiruvbog‘lovchilariharakat, voqea-hodisaning takrorini anglatadi: ja “yoki”; ne …ne, ara, ham, jenä “yana”.
Ara:qadimgi turk. Ara ač, ara toq; ara bar bolur men, ara yoq bolur; arala avıtur, ara yığlatur va h.k.
Bir-bir: qorachoy-balq. bir ol keledi bir börü; tuv. birde bajı, birde xoldarı “goh qo‘li, goh boshi” kabi.
Gah: ozarb. gah biza gelir, gah onlara; eski o‘zb. Körsätür gah tiğ va gah oq; gah sarv üzä gahi gulüzä; o‘zb. u qizga birdan chaqnovchi goh ko‘kish, goh ko‘k ko‘zlari bilan boqar va h.k.
Xah:seni, seni seväränxah ınan, xah ınanma; xah bügün xah ertägä va boshqalar.
Ya, yaki, yaxud: ozarb. ya man, ya san ya da ki dostumuz orayga getmayik; boshq. ya unga ya sulga; turk. ya ben aldanıyorum, ya sen; eski o‘zb. ya nišan aylar bağırnı, ya yüräkni ya meni;yaxud armani, yaxud arab va h.k.
Inkorbog‘lovchisina: eski o‘zb. na kiši aŋa oxšar, na ol kišigä; turk. na bunin na gunduzin aram etmek; ozarb. na ozu, na da dostu bunu bilmadilar; boshq. ni Azat yoq ni Nail; o‘zb. na suv bor, na ozuqa, na daraxt; chuv. ni mase ni šarje “na jun, na momiq” va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |