Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI
- Qarshi – 2016
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI O‗ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI “Himoyaga tavsiya etilsin” O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani Sh.Nuriddinov ― ‖ 2016-yil MURTAZAYEVA SADOQAT ning 5120100 - Filologiya va tillarni o‗qitish (o‗zbek tili) ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun “KELISHIKLAR SINONIMIYASI GAP BO„LAKLARINI AJRATISH MUAMMOLARI” mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHITalaba S.Murtazayeva Ilmiy rahbar dots.B.Bahriddinova ― ‖ 2016-yil “Himоyaga tavsiya etildi” O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri dоts. E.Jabborov “ ” 2016-yil Qarshi – 2016MUNDARIJA Kirish 3 BOB. O‗zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va ularning o‗rganilishi 8 O‗zbek tilida kelishiklarning o‗rganilish tarixi 10 O‗zbek tilida sinonimiya va uning turlari 15 O‗zbek tilida kelishik shakllarining umumiy va xususiy grammatik ma‘nolari 22 BOB. O‗zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo‗laklarini ajratish muammolari 30 Bosh kelishikning sinonimlari va sintaktik vazifalari 36 Qaratqich kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 38 Tushum kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 42 Jo‗nalish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 43 O‗rin-payt kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 44 Chiqish kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari 46 Kelishiklar sinonimiyasi mavzusini o‗qitish yuzasidan mashq va topshiriqlar tizimi 49 Xulosa va takliflar. 59 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 62 KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Bugungi kunda ona tili ta‘limi oldiga mantiqiy, ijodiy, tanqidiy fikrlay oladigan, o‗z fikrini tilimizning boy imkoniyatlaridan o‗rinli foydalangan holda yozma va og‗zaki shaklda mustaqil, erkin, shu bilan birga to‗g‗ri bayon qila oladigan ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash vazifasi qo‗yilmoqda. Barkamol avlod tarbiyasida milliy madaniyat, adabiyot, milliy tilning o‗rni muhimdir. Prezidentimiz I.A.Karimov milliy ma‘naviyatimiz ko‗zgusi bo‗lgan ona tilimiz xususida to‗xtalar ekanlar «…o‗zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o‗zlikni, Vatan tuyg‗usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz»1, deya ta‘kidlagan edilar. Keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida ro‗y bergan o‗zgarishlar davlatning ramziy belgilaridan biri, aloqa-aralashuvning muhim vositasi, ijtimoiy-ruhiy hodisa bo‗lgan ana shu til va uning tadqiqi bilan shug‗ullanuvchi tilshunoslik taraqqiyotida ham yangi davrni boshlab berdi. Bu boshqa fanlar qatori o‗zbek tilshunosligida ham yangi-yangi qarashlar, fikrlarning rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Shunday qarashlardan biri sinonimiya hodisasining grammatik birliklarga ham aloqadorligi masalasidir. Sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda emas, so‗z yasovchi va grammatik shakl yasovchi qo‗shimchalarda ham kuzatiladi. Ularga nisbatan mavjud darslik va qo‗llanmalarda affiks sinonimlar, morfologik sinonimlar, grammatik sinonimlar, qo‗shimchalar ma‘nodoshligi terminlari ishlatiladi. Malakaviy ish mavzusi sintaktik shakl yasovchilardan bo‗lgan kelishik shakllari sinonimiyasi va uning so‗z birikmasi turlari hamda gap bo‗laklarini ajratishga ta‘siri masalalari o‗rganishga bag‗ishlanganligi bilan dolzarbdir. Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. Malakaviy ishda sintaktik shakl yasovchilardan bo‗lgan kelishik shakllari sinonimiyasi va uning so‗z birikmasi turlari hamda gap bo‗laklarini ajratishga ta‘siri masalalarini o‗rganish va uzluksiz ta‘lim 1 Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma‘naviyat», 2008.-176 b. B – 87. bo‗g‗inlarida mavzuga doir darslarni o‗qitish uchun uslubiy tavsiyalar berish maqsad qilib olingan. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalarni bajarishni talab qiladi: O‗zbek tilida kelishiklarning o‗rganilish tarixini yoritish; O‗zbek tilida sinonimiya va uning turlarini izohlash; O‗zbek tilida kelishik shakllarining umumiy va xususiy grammatik ma‘nolari haqidagi fikrlarni bir tizimga yig‗ish; O‗zbek tilida kelishiklar sinonimiyasi va gap bo‗laklari hamda so‗z birikmasi turlarini ajratish muammolarini yoritish; Bosh kelishikning sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; Qaratqich kelishigining sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; Tushum kelishigining sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; Jo‗nalish kelishigining sinonimlari va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; O‗rin-payt kelishigining sinonimlari va va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; Chiqish kelishigining sinonimlari va va ularning sintaktik vazifalarini aniqlash; Kelishiklar sinonimiyasi mavzusini o‗qitish yuzasidan mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish. Mavzuning o„rganilganlik darajasi. O‗zbek tilshunosligida kelishik shaklining o‗rganilish tarixi tilshunos A.G‗ulomov tadqiqotidan boshlandi. Olim o‗zbek tilidagi kelishikni ajratib, asosiy ma‘noviy va sintaktik xususiyatini aniqladi – kelishik sistemasini tikladi. Akademik A.N.Kononovning avval ―Грамматика узбекского языка» va so‗ngra «Грамматика современного узбекского литературного языка» asarida bu sistemaning formal tavsifi berildi. Keyinchalik I.Ziyoyeva, T.Inoyatov, A.Yo‗ldoshev, G.Ro‗ziyev, A.Ma‘rufov, R.Rasulov, Sh.Rahmatullayev kabi olimlar kelishik kategoriyasining har bir shaklini formal tadqiq usuli asosida atroflicha tadqiq qildilar. Ularning tadqiqotlarida kelishikning nutqiy ma‘nosi va sintaktik xususiyati yoritildi. Istiqlol yillarida H.Ne‘matov, Sh.Shahobiddinova, Z.Qodirovlarning ishlarida kelishik kategoriyasining umumiy – lisoniy grammatik ma‘nosi tiklandi. Kelishik shakllarining sistemaviy tadqiqi Z.Qodirovning ―O‗zbek tilida grammatik kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi)‖ mavzusidagi nomzodlik ishida batafsil ochib berildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak vazifasida kelishini kelishik shakllari belgilab beradi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi ―o‗zi qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik shakllarining sintaktik shakl yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. Biroq sinonimiya hodisasining kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklari va so‗z birikmasi turlarini ajratishda bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Sinonimlik deyarli barcha kelishik shakllarida o‗zaro boshqa kelishik shakli bilan, shuningdek, ko‗makchilar bilan almashina olishda namoyon bo‗ladi. Ayniqsa, chiqish kelishigi shakli barcha kelishiklar o‗rnida qo‗llanilishi, hatto ko‗plab ko‗makchilar bilan o‗rin almasha olishi mumkin. Malakaviy ishda ushbu hodisalar atroflicha o‗rganildi. Uning ilmiy yangiligini quyidagilar tashkil etadi: Bosh kelishik shakli: Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling