Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
Nutqiy xoslanishiga ko„ra: a) umumxalq leksemasi – nutqning barcha ko‗rinishlarida ishlatila olinadigan sinonimlar: odam, kishi, inson; b) so‗zlashuv nutqiga xos sinonimlar yoki dialektal sinonimlar: xit, ment, tog‗a (militsioner) v) rasmiy nutqqa xos sinonimlar: ishdan bo‗shatildi, ozod qilindi kabi.
Shu bilan birgalikda tilimizda matnda birining o‗rnida ikkinchisini ishlatish mumkin bo‗lgan shoir, adib, yozuvchi tipidagi kontekstual (shartli) sinonimlar ham ajratiladi. Xullas, sinonimlarga turli tomonlardan yondashish va ularni har xil turlarga bo‗lib yuborish mumkin. Har bir tilda asrlar davomida u yoki bu sabablarga ko‗ra sinonimlarning o‗ziga xos qatorlari paydo bo‗lishi mumkin. Sinonim so‗zlarning bir qatorga tizilib kelishiga sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qatordagi boshqalariga nisbatan faol ishlatiladigan, adabiy tilga xos bo‗lgan, uslubiy jihatdan betaraf sanalgan so‗zga dominanta, ya‘ni bosh so‗z deyiladi. Masalan: qaramoq, boqmoq, tikilmoq, termulmoq sinonimik qatoridagi qaramoq so‗zi boshqalariga nisbatan keng iste‘molda. Shu bois, u dominanta so‗z sanaladi. Sinonimik qatordagi dominanta (bosh) so‗zga quyidagi talablar qo‗yiladi. Dominanta so‗z aniq ma‘noni ifodalashi lozim: g‗alaba, zafar, tantana, muzaffariyat sinonimik qatoridagi g‗alaba so‗zida aniq ma‘no mavjud. Sinonimik qatordagi dominanta so‗z dialektal xususiyatlardan holi bo‗lishi, adabiy - orfografik shaklda ishlatilishi darkor. Bajarmoq fe‘li o‗tamoq, do‗ndirmoq fe‘llariga nisbatan umumiste‘molga yaqin. Dominanta so‗zda uslubiy bo‘yoqdorlik bo‗lmasligi lozim. Noto‗g‗ri degan so‗zni g‗alat yoki chatoq deb ishlatsak, uslubiy baho qo‗shilgan bo‗ladi. Dominanta so‗z neytralligi, umumistemolda keng ishlatilishi, sheva va uslubiy xossalardan holi ekanligi bilan o‗zi mansub bo‗lgan qatordagi boshqa so‗zlardan keskin farq qiladi. Yordamlashmoq, ko‗maklashmoq, qarashmoq, boqishmoq, sinonimik qatoridagi yordamlashmoq so‗zi mana shunday xususiyatga ega. Dominanta so‗z har xil shaklda bo‗lishi mumkin. tub leksema ko‗rinishida: kuch, quvvat, mador, majol, darmoya; yasama leksema holatida; g‗ayratli, serharakat, tirishqoq. frazema ko‗rinishida: burni ko‗tarilib ketmoq, dimog‗i shishib ketmoq, bosar -tusarini bilmay qolmoq. Tilimizda sinonim so‗zlar bilan birgalikda dublet so‗zlar ham ishlatiladi. Birining o‗rnida ikkinchisini hech qanday e‘tirozsiz ishlatish mumkin bo‗lgan leksik birliklarga dublet so‗zlar deyiladi. Masalan: ximiya – kimyo, grajdan – fuqaro, sudya – hakam, besh – a‘lo kabi. Dublet so‗zlar tilda ma‘lum bir davr uchun xos hodisa sanaladi. Xususan, hozirgi ijtimoiy o‗zgarishlar natijasida bilet – chipta, prospekt – shohko‗cha, vokzal – shohbekat kabi ko‗rinishdagi dublet so‗zlar ko‗p ishlatilmoqda. Til takomili natijasida ulardan biri asta-sekin passivlashib, iste‘moldan tushib qolishi mumkin. Keyingi tadqiqotlarda sinonimiya hodisasiga birmuncha zamonaviy yondashish seziladi: ―Fonetik tarkibi har xil, ma‘nosi bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‗lgan so‗zlar sinonimlar (yunoncha sinonimiya - «bir xil ma‘nodagi nom») deyiladi. Masalan: aylanmoq – kezmoq – sayr qilmoq; xushbo‘y – muattar – hidli kabi. Bir umumiy (birlashtiruvchi) ma‘nosi bilan o‗zaro bog‗lanuvchi so‗zlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki yoki undan ortiq so‗zdan tashkil topishi mumkin: zavq – shavq – maroq kabi. Sinonimik qatordagi asosiy so‗z dominanta termini bilan yuritiladi. Dominanta sinonimik qatordagi boshqa so‗zlarga nisbatan uslubiy jihatdan betarafligi va nutqda ko‗proq qo‗llanishi bilan xarakterlanadi. Masalan: chiroyli - go‗zal – xushro‘y – zebo – barno – sohibjamol sinonimik qatoridagi «chiroyli» so‗zi dominanta, asosiy so‗zdir. Sinonimlar quyidagi turlarga bo‗linadi: To‗liq sinonimlar. Ma‘no sifatiga ta‘sir qilmay, bir-birining o‗rnida ishlatila oluvchi sinonimlar to‗liq sinonimlar deyiladi. Masalan: tilshunoslik -lingvistika, meditsina -tibbiyot kabi. Ma‘noviy sinonimlar. Bunday sinonimlar bir-biridan nozik ma‘nosi bilan farq qiladi: Masalan: nam, ho‗l, shalobbo; tiqillatdi, taqillatdi, do‗qillatdi, gursillatdi; kuldi, jilmaydi, iljaydi, tirjaydi singari. Kontekstual sinonimlar. Nutq situatsiyasi yoki kontekstda ma‘nolari jihatidan bir-birining o‗rniga ishlatila oluvchi sinonimlar kontekstual sinonimlar deb ataladi: shoir, yozuvchi, adib kabi. Uslubiy sinonimlar. Bunday sinonimlar ma‘lum bir uslubda qo‗llanib, boshqa uslubda qo‗llanmasligi bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: keldi, tashrif buyurdi, bahor, ko‗klam kabi. Grammatik sinonimlar: aqlli – baaql. Shartli sinonimlar: Nega kerak shu chiroy, shu o‗t, shu yoniq yulduzni ko‗zga yashirmoq? Sinonimlar faqat bir xil so‗z turkumi doirasida mavjud bo‗ladi. Sinonimlar tilda yangi so‗zlarning paydo bo‗lishi va mavjud so‗zlarning yangi ma‘noda qo‗llanishi tufayli vujudga keladi. Yangi so‗zlar so‗z o‗zlashtirish va affikslar yordamida so‗z yasash orqali hosil bo‗ladi. Masalan, limon, investitsiya, limonzor, buyruq, yozuvchi kabi. Shuningdek, tilda bor bo‗lgan so‗zlar asosida yaratilgan, ya‘ni ma‘no ko‗chishi asosida yaratilgan so‗zlar ham bor. Masalan: vazifa – topshiriq, farq – ayirma, maosh moyana – oylik kabi‖1. ―Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‗yoq va ottenkalar bilan ifodalaydigan leksemalar sinonimlar deyiladi. Sinonim leksemalar orasidagi munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deyiladi. Aslida leksemalar o‗zaro sememalari asosida boshqa leksemalar bilan ma‘nodoshlik munosabatida bo‗ladi. Aniqrog‗i, ko‗p sememali leksemalar har bir sememasi bilan alohida-alohida ma‘nodoshlik qatoriga kiradi. Masalan, [bola] leksemasi «voyaga yetmagan» sememasi asosida [norasida], [go‗dak] leksemalari bilan, «tirik mavjudotlarning zurriyoti» sememasi bilan [farzand], [zurriyot], [nasl] leksemalari bilan sinonimik munosabatga kirishadi. Demak, sinonimiya hodisasi haqida gapirganda leksik (leksemik) emas, balki semantik (semematik) sinonimiya deyish to‗g‗riroq bo‗ladi. Sinonim leksemalar sememalaridagi atash va vazifa semalari aynan bir xil, bo‗lib ifoda semalari farqlanadi. Misol sifatida yuz – bet – aft-bashara – turq, qatoridagi leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshanadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‗ziga xos. Aniqrog‗i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‗lgan. U yuz leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‗rinishda bo‗lsa, turq leksemasida «o‗ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzidadir. Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semalari turli-tumandir. Ulardan ayrimlari quyidagilar: ijobiy yoki salbiy baho yohud munosabat semalari; leksemaning qo‗llanishi davrini ko‗rsatuvchi semalar: «eskirgan», «yangi», «o‗ta yangi», «arxaik», «tarixiy». leksemaning qo‗llanilish doirasini ko‗rsatuvchi semalar: «shevaga xos», «so‗zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‗tarinkilik» va h. 1 Bеgаliyеv N. O‗zbеk tili. Mа‘ruzаlаr mаtni. –Sаmаrqаnd: SаmDCHTI, 2006. 72 bеt. Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemalarning bittasi dominanta (bosh) leksema bo‗ladi. Uning xususiyatlari : Dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan keyinroq va kambag‗alroq bo‗ladi. Qiyoslang: chiroyli, go‗zal va suluv, Ushbu qatordagi chiroyli leksemasida go‗zal va suluv leksemasidaga ko‗tarinkilik bo‗yog‗i yo‗q. Dominanta leksemaning qo‗llanish doirasi va mikdori boshqa ma‘nodoshlarinikiga nisbatan keng va ko‗p bo‗ladi. Dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‗lganligi bois istalgan vaqtda o‗z ma‘nodoshlarini almashtira oladi. Ma‘nodoshlik qatori mansub bo‗lgan katga tizimga faqat dominanta leksema kiradi. Masalan, «kishi tanasi a‘zolari» lug‗aviy ma‘noviy guruhiga yuz dominanta leksemasi kirib, quloq, burun, lab, qosh, peshona leksemalari bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksemalar «betaraf» bo‗lolmaganligi bois yuqori paradigmaga kira olmaydi va ularning betaraf vakili bu huquqqa ega bo‗la oladi xolos. Ma‘nodoshlik paradigmasi doimo ochiq bo‗ladi‖1. Yuqoridagilar o‗zbek tilshunosligida sinonimiya hodisasi an‘anaviy va zamonaviy (sistemaviy) usullarda to‗liq o‗rganilgan degan xulosaga kelishimizga asos bo‗ladi. Ishning navbatdagi bo‗limlarida kelishiklar sinonimiyasi xususida to‗xtalamiz. 1 Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o'zbek tili. - Toshkent. - 2007. - B. 264-377. Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling