Filologiyasi


Download 111.92 Kb.
bet11/31
Sana30.04.2023
Hajmi111.92 Kb.
#1412323
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1

Bosh kelishik 0 shaklli bo‗lib, uning mohiyati boshqa kelishikka qarama-qarshi qo‗yilish asosida belgilanadi. Bosh kelishikdagi so‗zshakl gap tarkibida tobe mavqedagi istagan gap bo‗lagi, so‗z yoki gap kengaytiruvchisi bo‗lib kela oladi. Misol:
Ega: Derazamning oldida bir tup o„rik oppoq bo„lib gulladi. (H.Olim.) Aniqlovchi: Bilim - baxt kaliti. (Maq.)
To‗ldiruvchi: Ko„rpangga qarab oyoq uzat. (Maq.) Hol: Ship etdi, Shibirg„on ketdi. (Top.)
Darslik va qo‗llanmalarda bosh kelishik kesim vazifasidagi so‗zni ham shakllantiradi deyiladi: Otam – o‗qituvchi. Dil qulfi – til kabi. Biroq bunda o‗qituvchi, til so‗zshakli kesim vazifasida bo‗lib, boshqa bo‗lakka mutlaq hokim. Kelishik kategoriyasining sintaktik mohiyati esa «sintaktik qurilmada oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash». Bu mohiyat nuqtai nazaridan kelishikka munosabatda bo‗ladigan bo‗lsak, kesimda bosh kelishikni qidirish mantiqsiz. Chunki, a) kesimlik kategoriyasi tarkibi murakkab bo‗lsa-da, unda kelishik shakli mavjud emas; b) kelishik kategoriyasi umumturkumiy kategoriya ekan, unda kesim vazifasidagi barcha mustaqil so‗zda kelishikni qidirishga to‗g‗ri kelgan bo‗lar edi; v) kelishik kategoriyasi sintaktik mohiyati «oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash» ekan, kesim eng oxirgi so‗z bo‗lib, undan keyin bog‗lanadigan birlik yo‗q; g) ayrim tadqiqotda bunday paytda kelishik ma‘nosi va vazifasi o‗ta darajada kuchsizlashadi, deyiladi. Aslida bunda kuchsizlashish shu darajadaki, kelishik mohiyati mutlaqo voqelanmaydi –
«ko‗rinmaydi». Bu esa ushbu pozitsiyada kelishikni qidirmaslikni taqozo qiladi.
Qaratqich kelishigi uch xil qo‗llanadi: kitobning varag‗i, mening uyim, qoshin qarosi. Qaratqich kelishigi ko‗rsatkichini olgan so‗z qaratqich, u bog‗langan so‗z qaralmish deyiladi. Qaratqich-qaralmish munosabati ancha barqaror bo‗lib, bu qaratqich kelishigi ko‗rsatkichining so‗z birikmasidagi o‗rni ancha barqarorligi bilan belgilanadi.
Qaratqich kelishigi shuning uchun, shuning singari kabi birikuvda so‗z birikmasi hosil qilmaydi, balki so‗zning ajralmas qismiga aylanadi. Qaratqich kelishigini olgan so‗z egalik kategoriyasini olgan so‗z bilan birga qo‗llanadi. Bunday qurilishli so‗z birikmasi [qaratqich kelishigidagi ism +qaralmish egalik kategoriyasidagi ism] so‗z birikmasi umumiy qolipining voqelanishi.
Qaratqich kelishigining keltirilgan uch xil ko‗rinishi nutq ko‗rinishi, bog‗lanuvchi so‗zning lug‗aviy ma‘nosiga bog‗liq ravishda yuzaga chiqadi.
Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashli ekanligini bildiradi. Qaratqich kelishigidagi ism doimo ism bilan bog‗lanadi: ukamning do‗sti, nonning qadri, bolamning o‗qigani, buzoqning yugurgani kabi. Qaratqich kelishigi ikki shaklda – belgili va belgisiz qo‗llaniladi: shaharning ko‗chalari – shahar ko‗chalari. Qaratqich va qaralmish orasida biror so‗z kelsa, u albatta belgili qo‗llaniladi: daraxtning baland shoxlari. Qaratqich va qaralmish orasida hech qanday so‗z kelmasa, belgisiz qo‗llanishi xam mumkin: daraxt shoxlari. Shuningdek, badiiy adabiyotda qaratqich kelishigi qo‗shimchasi ba‘zan qisqargan shaklda (Kim bilmaydi onasin qadrin?) yoki -im tarzida qo‗llanishi mumkin: O‗zbekiston - vatanim manim!
Qaratqich kelishigidagi otda kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi
«otni qaratqich aniqlovchi vazifasida keyingi so‗zga bog‗lash» tarzida xususiylashadi: Mohidil inson tabiatining naqadar murakkabligiga yanada chuqurroq tushuna bordi. (J.Abdullaxonov)

Download 111.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling