Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
Chiqish kelishigi yagona ko‗rsatkichga ega: -dan. Bu qo‗shimcha ko‗rsatish olmoshiga qo‗shilganda bir n tovushi orttiriladi: u+dan-undan, shu+dan-shundan. Aytilganidek, bosh kelishik bilan chiqish kelishigining o‗rin almashishi nihoyatda cheklangan: nondan yeng - non yeng, choydan iching - choy iching kabi. Chiqish kelishigidagi so‗z gap tarkibida hol, to‗ldiruvchi, ega, kesim vazifasida keladi.
Chiqish kelishigi ish-harakatning chiqish nuqtasini hamda vosita, payt, sabab, qiyoslash, butunning bir qismi ma‘nolarini bildiradi: U ichkaridan (harakatning chiqish nuqtasi) yugurib chiqdi. Bu xabarni radiodan (vosita), eshitdik. Biz bolalikdan (payt) yaqin do„stmiz. Uyalganidan (sabab) qizarib ketdi. Siz avvalgidan (qiyoslash) ancha bardamsiz. U choydan (bu tunning bir qismi) ho„pladi. Mumtoz adabiyotda chiqish kelishigining -din, -tin shakllari ham uchraydi: Insonni til ayladi judo hayvondin, Bilki, guhari sharifroq yo„q ondin. (A.Navoiy) Chiqish kelishigi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini umuman «oldingi so‗zni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» tarzida, ot turkumida esa «oldingi otni keyingi fe‘lga o‗rin-payt holi va vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» ko‗rinishida xususiylashtiradi. Ot turkumida chiqish kelishigi ko‗makchi bilan kelishi mumkin: taomdan keyin, ishdan so‗ng. Chiqish kelishigidagi otning vazifasi: vositali to‗ldiruvchi: Gulnorning o„zidan so„rab ko„rarmiz? («Saodat») o‗rin holi: Eshigi ochiq narigi xonadan pianino ovozi eshitilmoqda edi. (P.Qodirov) v) sabab holi: Yulduz taajjubidan o„zini bosolmadi.(M.Muhamedov) g) payt holi: Ikkalasi yoshlikdan birga o‗sishgan. (M.Qoriyev) d) ko‗makchi bilan birga ajratilgan bo‗lak vazifasi: Qamishkapaliklar odamlarni nomlari bilan atashdan ko„ra, xususiyati bilan ta‟riflaydilar. (A.Qah.) Chiqish kelishigi o‗z vazifasini yo‗qotishi mumkin: birdan, to‗satdan, qo‗qqisdan. Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling