Filologiyasi


Download 111.92 Kb.
bet22/31
Sana30.04.2023
Hajmi111.92 Kb.
#1412323
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Bog'liq
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1

Chiqish kelishigi bilan: Dars tayyorlab kelmaganiga uyaldi Dars tayyorlab kelmaganidan uyaldi. Mehrdan to„ymadik – Mehrga to„ymadik. Ko„rsatishga uyaldim Ko„rsatishdan uyaldim. U bir so„z aytishdan (ga) cho„chir edi.
Tushum kelishigi bilan: Bu gapga tushunmadim Bu gapni tushunmadim.
Nima dedingiz, gapingizni (ga) tushunmadim.
O„rin-payt kelishigi bilan: Biz hashamatli bino oldiga to„plandik. – Biz hashamatli bino oldida to„plandik. Bugun uyda (ga) to„planamiz.
    1. O„rin-payt kelishigining sinonimlari va sintaktik vazifalari




O‗rin-payt kelishigi ot turkumida kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini «oldingi otni keyingi fe‘lga vositali to‗ldiruvchi va hol vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtirib, ish-harakatning bajarilish o‗rni, vaqti, sharoiti, holati, sababi, maqsadi kabi ma‘noni ifodalaydi. O‗rin-payt kelishigi -da ko‗rsatkichiga ega: qishloqda, yozda, hovlida.
O‗rin-payt kelishigi qo‗llanishida so‗zda makon, zamon, obyekt, vosita kabi ma‘no yuzaga chiqadi: 1. Munira kompyuterda yozdi (vosita). 2.Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda (payt). (H.Olim.) Hammasi muqaddas kitoblarda aytilgan (makon). O‗rin-payt kelishigidagi so‗z uyushib kelganda oldingisida kelishik belgisiz bo‗ladi: Na sada daraxti osti, na machit, na doim bazm qiziydigan gavjumda biror sharpa eshitasiz. (J.Abdullaxonov)
Qachon? so‗rog‗iga javob bo‗lib, payt holi vazifasida kelgan o‗rin-payt kelishigidagi so‗z bilan bosh kelishik orasida ma‘no munosabati voqe bo‗ladi: o‗ttiz to‗qqizinchi yilda – o‗ttiz to‗qqizinchi yili kabi. Misollardan ko‗rinadiki, o‗rin kelishigini bosh kelishikka almashtirish munosabati bilan III shaxs egalik affiksi qo‗shiladi.
Birgalik ma‘nosi anglashilganda o‗rin kelishigi bilan ko‗makchisining shunday ma‘nosiga sinonim bo‗ladi. Bunda «birgalik» ma‘nosi o‗ta mavhum ifodalanadi, chunki o‗rin kelishigi mavhum tushunchani anglatadigan so‗zga qo‗shilib keladi: Saida gap tamom bo‗ldi degan xayolda o‗rnidan turmoqchi edi, Nosirov to‗xtatdi (A.Qahhor). «Kifoyatxonning qo‗li tegmaydi, Eshonni yuboring!» – dedi Huriniso boshqa gap sig‗maydigan ohangda (A.Qahhor). Qalandarov shu jimlikni buzish maqsadida... «Bizning Eshon kabobpazlarning piri. . .» – dedi. (A.Qahhor)
Harakatni bajarishda vosita bo‗ladigan obekt ma‘nosi anglashilganda ham o‗rin- payt kelishigi shakli bosh kelishik bilan o‗rin almasha oladi. Bunda kelishik shakli konkret predmetni anglatadigan so‗zga qo‗shiladi: Mezbon ichkari uydan bir vazada konfet olib chiqdi (A.Qahhor).
O‗rin-payt kelishigi qo‗shimchasi quyidagi kelishik shakllari bilan ma‘nodosh bo‗la oladi:

Download 111.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling