Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
Tushum kelishigidagi so‗z bilan ma‘nodosh bo‗lganda vositasiz to‗ldiruvchi: U tog„ lolasidan terib qaytdi.
Bosh kelishik bilan ma‘nodosh bo‗lganda ega vazifasida keladi: Munirada shu kitobdan (bir nechtasi) bor. Kelishiklar sinonimiyasi mavzusini o„qitish yuzasidan mashq va topshiriqlar tizimiHar bir kelishikning o‗z formasi, ma‘nosi va sintaktik vazifasi bor. Masalan, jo‗nalish kelishigi ot, olmosh, son va otlashgan so‗zlarga qo‗shilib, ot bilan fe‘l orasidagi sintaktik munosabatni ko‗rsatadi. Uning asosiy ma‘nosi harakatning yo‗nalish o‗rnini bildirishdir. Bundan tashqari payt, atash, sabab, maqsad ma‘nolarini ham ifoda qiladi. Qaratqich kelishigi ot bilan otni grammatik aloqaga kiritadi: jurnalning varag‗i, odamning gavdasi. Tushum, jo‗nalish, o‗rin, chiqish kelishiklari otni fe‘l bilan aloqaga kiritadi: xatni o‗qidi, klubga bordim, institutga kirdim, uydan keldim. Kelishik formasidagi otlar ot va fe‘ldan boshqa turkumdagi so‗zlar bilan ham munosabatga kirishadi: Otdan baland, itdan past. Uyat o‗limdan qattiq. (Maqol) Qaratqich, tushum, chiqish, jo‗nalish, o‗rin-payt kelishiklari otni (ot vazifasida kelgan boshqa so‗zni) boshqa so‗zga tobelash uchun xizmat qiladi. Bosh kelishik – aksincha, u boshqa so‗zni bosh kelishikdagi otga tobelaydi. Kelishiklarning ma‘nolari va funksiyalari ko‗makchilarning ma‘nolari va funksiyalari bilan munosabatda bo‗lishi mumkin. Bu hol nutqda kelishikli va ko‗makchili konstruksiyalar sinonimiyasini yuzaga keltiradi: telefonda gaplashdim – telefon orqali gaplashdim. Ukamga oldim – ukam uchun oldim. Kelishiklar ma‘nodoshligi mavzuni tushuntirishda biroz murakkablikni keltirib chiqaradi. Kelishiklar sinonimiyasi mavzusini o‗qitish o‗quvchining gap bo‗laklarini aniqlash, so‗z birikmasi turlarini to‗g‗ri ajratishga doir bilimlarini o‗stirish uchun xizmat qiladi. Kelishiklar sinonimiyasiga doir bilimlar akademik litseylarning ―Hozirgi o‗zbek dabiy tili‖ darsligida beriladi. Kelishiklar haqidagi o‗quvchilar bilimini mustahkamlash, ularda kelishiklardan o‗rinli foydalanish ko‗nikmasini shakllantirish maqsadida topshiriqlar beriladi. topshiriq. Quyidagi birikmalarda nuqtalar o‗rniga tegishli qo‗shimchalarni qo‗ying. Qanday tegishli qo‗shimchalar qo‗yganingizni ayting. Maktab... bordim; olma... yedim; o„rik... guli. topshiriq. Uzum ye, uzumni ye, uzumdan ye, birikmalarining bir-biridan farqini ayting. Do„stimning maktubi. Bozorga bormoq. Uzumni yemoq. Birinchi birikmada - ning shakli do‗stim so‗zini maktub so‗ziga; ikkinchi birikmada -ga qo‗shimchasi bozor so‗zini bormoq so‗ziga; uchinchi birikmada -ni qo‗shimchasi uzum so‗zini yemoq so‗ziga tobelash yo‗li bilan bog‗lash vazifasini bajaradi. topshiriq. Ot so‗zlarning qaysi kelishikda va qanday ma‘noda ekanligini aniqlab, tushuntiring. Vahobjon boyagi qiz ko‗rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. (S.Ahm.) Bu yerda ikki yuzdan ortiq bola dam oladi. (S.Ahm.) O‗g‗il bola bo‗lsam, albatta, shu yerga kelib ishlardim. (As.M.) Keng ovulda nimaiki ko‗rinsa, hammasi ham Umrzoq otaning tirikligidan dalolat berar edi.(SH.R.) topshiriq. Nuqtalar o‗rniga qaysi kelishik qo‗shimchalari mos kelishini aniqlang va tushuntiring. Oltin o‗t…, odam mehnat… bilinadi. Ot… baland, it… past. Akam … o‗rtoqlari qovun sayliga taklif qilishdi. Ona mushuk burgut… bo‗ynidan bo‗g‗ib o‗ldirdi. Azon pallada butun qorabuloq toq… jo‗nadi. Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling