Jo„nalish kelishigi: gapingizni tushunmayapman – gapingizga tushunmayapman.
Jo‗nalish kelishigidagi ot ish-harakat yo‗nalgan predmetni anglatadi: maktabga, ishga, zavodga, ukamga. Uning invariant affiksi –ga bo‗lib, nutqda turli fonetik, poetik variantga ega bo‗ladi: kurakka, tuproqqa, buyona, qayg„a.
Jo‗nalish kelishigidagi so‗z ham qaratqich va tushum kelishiklari kabi belgisiz (- ga affiksi tushirilgan holda) ishlatilishi juda kam bo‗lsa-da kuzatiladi. Bunday ishlatish, masalan, o‗rin anglatuvchi sifatlarda yuz beradi: ...har safar boshini quyi solib, iljayib, ...ko„z qiri bilan Hurinisoga qarar edi (A.Qahhor). ...xoli qolganda shunchalik past tushadigan xotinlar toifasidan ekani ochiq ko„rinib turar edi (A.Qahhor).
Mana bu she‘riy parchada geografik turdosh ot jo‗nalish kelishigining belgisiz shaklida ishlatilgan: Dedi: “Tezdan qishloq chiqsin sayyora sud...” (G‗.G‗ulom).
Ko‗rinadiki, negizidan o‗rin ma‘nosi anglashilsagina, bunday so‗z jo‗nalish kelishigining belgisiz shaklida kela oladi. Masаlan, Ertaga Toshkent ketyapman.
Bu kelishikdagi so‗z ba‘zan harakat yo‗nalgan predmetni emas, balki vosita bo‗ladigan predmetni anglatadi. Bunday to‗ldiruvchi nimaga? so‗rog‗i bilan bir qatorda, nima bilan? so‗rog‗iga ham javob bo‗ladi: To„tiniso buning sababiga qiziqdi. (A.Qahhor)
Jo‗nalish kelishigi ko‗makchi bilan sinonimik munosabatga kirishadi: uyga ketdi
- uy tomon ketdi, ukasiga oldi – ukasi uchun oldi.
Jo‗nalish kelishigidagi so‗z quyidagi kelishiklar bilan o‗rin almashinishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |