Filologiyasi
Bosh kelishikning sinonimlari va sintaktik vazifalari
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
Bosh kelishikning sinonimlari va sintaktik vazifalariKelishik har bir so‗z (ism) ning shakllanishida qatnashadigan grammatik shakl. Kelishik avvalo turkumni emas, balki sintaktik vazifani belgilaydi. Demak, bu jihatdan kelishik asli turkumlararo shakl. Lekin kelishik barcha turkumlarga, aniqrog‗i – barcha bo‗laklarga birdek xos emas. Masalan, otlarga bu grammatik kategoriya tabiiy ravishda mansub, ot leksemaning nutqda namoyon bo‗lishi uchun zaruriy formalardan biri. Otlardan tashqari, kelishik formasini, albatta, olib ishlatiladigan boshqa negiz turlari ham mavjud, bular ot-olmoshlar, fe‘lning harakat nomi, sifatdosh shakllari, jamlovchi sonning ba‘zi ko‗rinishlari. Bularni ot tabiatli so‗zlar deb yuritish mumkin. Uchinchi guruhni otlashgan so‗zlar tashkil qiladi. Bular uchun kelishik zaruriy, doimiy, birlamchi shakl emas: kelishik shakli bularga ma‘lum sintaktik vazifa talabi bilan qo‗shiladi. Bular sifat, sifat-olmoshlar, fe‘lning sifatdosh formasi va boshqalar. Tilshunoslar turkiy tillarda «bosh kelishikdagi so‗z gapning xohlagan bo‗lagi bo‗lib kela olishi»ni ta‘kidlashadi. Bosh kelishikning bu xususiyati boshqa kelishikning o‗rnini almashtira olishi bilan belgilanadi. Ammo bu imkoniyat chegaralangan. Kelishik kategoriyasi sistemasi ikki mikrosistemadan iborat: Bosh kelishik, qaratqich kelishigi, tushum kelishigi; Jo‗nalish kelishigi, o‗rin-payt kelishigi, chiqish kelishigi. Bosh kelishik birinchi mikrosistemaga mansub bo‗lganligi uchun uning qaratqich kelishigi va tushum kelishigini almashtirishi bemalol. Jo‗nalish kelishigi, o‗rin-payt kelishigi va chiqish kelishigiga nisbatan bu imkoniyat nihoyatda chegaralangan. Masalan, ikki kundan keyin – ikki kun keyin, qishloqqa ketdi – qishloq ketdi, oqshomda ketdi – oqshom ketdi. Bunda bosh kelishik hokim holat ko‗rsatkichi bo‗ladi, ikki sostavli gapning (predikativ sintagmaning) hokim bo‗lagini – egani shakllantirib, kesimidan anglashilgan harakatni bajaruvchini, belgini tashuvchini (grammatik subyektni) bildiradi; kesimga tuslovchi bosh kelishikdagi so‗zdan anglashiladigan shaxs-son ma‘nosiga mos holda qo‗shiladi. Demak, egani shakllantiruvchi kelishikning vaziyati murakkab: (negiz+bosh kelishik) + (negiz+ tuslovchi). Ayrim manbalarda, jumladan, akademik litseylarning 2-kursi uchun ―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖ darsligida boshqa kelishik shakllarining belgisiz qo‗llanishiga ham bosh kelishik bilan ma‘nodoshlik deb qaraladi: ―Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli bilan almashinishi mumkin. Masalan, o„rikning guli – o„rik guli. Uzumni yedi – uzum yedi‖1. Agar bosh kelishik shaklining ma‘nodoshligi xususida gap ketadigan bo‗lsa, uning faqat chiqish kelishigi bilan ma‘nodoshligi xususida to‗xtalish o‗rinli deb hisoblaymiz. Bunday vaqtda chiqish kelishigi shaklidagi so‗z ega vazifasida keladi. Ega vazifasida har xil sintaktik birliklar: ko‗pincha yakka so‗z yoki birikma, qisman gapga teng konstruksiyalar keladi. Masalan, Lekin Manzuraxon baxti bor qiz ekan (A.Qahhor) gapida ega yakka so‗z bilan ifodalangan. Mana bu gapda ega birikma bilan ifodalangan: Uning mo„ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq yangi mashina, to„g„ri va ravon asfalt yo„l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi (A.Qahhor). Quyidagi misolda gapga teng konstruksiyalar otlashib ega bo‗lib keldi: «Og„ziga kuchi yetmaganlar kulsa-kular-da, oyijon», – dedi Hulkar (P. Qodirov). Nafsi yomon hayitda o„lar (Maqol) kabi. Agar shu prinsipdan kelib chiqadigan bo‗lsak, ―Menda ham bu kitobdan bor‖ gapidagi kitobdan so‗zini ega deb belgilasa bo‗ladi. Demak, ega vazifasida faqat bosh kelishikdagi so‗zlar emas, shartli ravishda chiqish kelishigidagi so‗zlar ham kelishi mumkin. Ammo kitobdan bor jumlasiga nisbatan boshqaruvli so‗z birikmasi emas, predikativ aloqa sifatida qarash o‗rinli. 1 Hozirgi o‗zbek adabiy tili. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2-kurs talabalari uchun darslik. A.Nurmonov va boshq.– T.: ―ILM ZIYO‖, 2010. 277 b. 184-б Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling