Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axloq-odobga
mashq. Gaplarni o‗qing, qaratqich va tushum kelishigi shakllari o‗rinli qo‗llanganmi? Har bir kelishik shaklini o‗z o‗rniga qo‗yib, ko‗chiring.
Ma‘rifatchilar elimizga ma‘rifat urug‗ini sochishda fidoyilik ko‗rsatdilar. Xalqparvar va insofli, diyonatli, boy-badavlat kishilarni moddiy yordamisiz ma‘rifatchilar faoliyat ko‗rsata olmas edilar. Тijorat, sanoat va qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi bilan boyigan elimizni ishbilarmon kishilari o‗z davrini millionerlaridir. Muayyan bir ijtimoiy guruh yoki millatni tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy qarashlarni butun bir tizimiga mafkura deyiladi. Xalqimiz Alloh taologa ibodat qilishni biladilar, yaxshi tilaklar tilaydilar. Тushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix hamda falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‗rsatmoqda. Odamlarning ma‘naviy, madaniy, siyosiy fikr maydonlariga tortish, har bir fuqaroning uni yoshidan qat‘i nazar, shu maydonni qatnashchisiga aylantirish bizni eng samarali yo‗limizdir. (I. G„afurov) Makoning bo‗libdi tog‗lar orasi, Sensan go‗zallikni asli, sarasi. Mayus yuragingda ishqning yarasi, Sen ham oshiqmisan yoki ohujon. (A. Oriрov) mashq. Matnni o‗qing, o‗rin-payt va chiqish kelishigi shakllarining semantik- uslubiy vazifasini bayon qiling. Bu kelishik shakllari qachon ko‗makchi so‗zlar bilan sinonimik qator tashkil qilishini ko‗rsating. Mirtemirning she‘riyati adirlar, qirlar, uvalar, dalalar, bog‗larning manzaralari bilan to‗liq bir she‘riyat. Chunki uning tug‗ilgan joyi Тurkistondagi Qoratog‗ etaklari ko‗klam toshqinlaridangina lablarini ho‗llab olguvchi soylar, qizg‗ish qirlar va cheksiz sayhonlar, onda-sonda bir uchraydigan muzbuloqlar toshqinlardan paydo bo‗lgan ko‗llar yurti... Mirtemir tabiati mana shunchalar rangdor yurtda 1910-yilning yoz oylarida dunyoga keldi. Mirtemirni olam va borliq – tabiat kitobini o‗qishga onasi o‗rgatdi. Uning go‗dak hislarini oliyjanob bir izga soldi. Yuragiga go‗zallikdan bahra olish tuyg‗usini quydi. So‗zning ta‘mi, totidan zavq ola bilishdek noyob bir san‘atga qalbida muhabbat va qiziqish uyg‗otdi. Mirtemirning onasi so‗zga g‗oyat chechan, zukko, kayvoni onalardan edi. U kishi hamma so‗zlariga maqol bilan rang va ma‘no berib so‗zlar ekanlar. She‘riyat cho‗g‗ini o‗g‗il yuragiga solgan mehribon ona siymosi shoirning butun ijodida ezgulikning porloq bir ramzidek gavdalanib turadi. «...Hovlimizda bir tup jiyda bo‗lardi – quchoq yetmas, nuqra yaproq, bobomning bobosini ko‗rgan non jiyda... Onam hamisha shu jiyda tagida bir nima tikib yoki yamab, un qorib yo xamir kesib o‗tirgani hamon ko‗z o‗ngimda. Agar men biror sho‗xlik qilsam, shu jiyda tagida turib, qo‗lini yanar edi. Agar biron xush yumush qilsam, shu jiyda tagida olqish olar edim. (I. G„afurov) mashq. Birikmalardagi kelishik shakllarini ko‘makchilar va boshqa ma‗nodosh kelishik shakllari bilan almashtirib ko‘chiring. Ma‗no va vazifadagi farqlarni izohlang. Akamni gapirmoq, o‘qishdan gapirmoq, telefonda gaplashmoq, ukamga olmoq, kelganiga xursand, bilmaganidan uyalmoq, bolalardan beshtasi, yo‘lda adashmoq, shu teshikka ho‘kiz siqqaniga ishonmoq, oshdan oling, maktabga ketmoq, mehr- muhabbatga to‘ymoq, gapingizga tushunmoq, paxtazordan o‘tmoq, yurakdan tabriklamoq, quvonchdan yorishmoq, mehnatda qotgan, mehnatdan charchamoq, mashq. Ajratib ko‗rsatilgan so‗zlardagi jo‗nalish, o‗rin-payt va chiqish kelishigi qo‗shimchalarini tegishli ko‗makchilar bilan almashtirib, gaplarni ko‗chiring. Kelishik shakli va ko‗makchi so‗zlar sinonimiyasi orasidagi uslubiy farqlarini tushuntiring. 1. Axloq-odobga bag‗ishlangan kitob. 2. Odam odamga hamisha kerak. 3. Gulruxsorni ko‗rish nasib etmaydi. 4. Bu yulduzlar qayerdan kelgan, bibijon? 5. Qora libosga o‗randi. 6. Abu Ali endi G„aznaga yo‗l oldi. 7. Begimga o‗xshashni xohlayman. 8. Beruniy indamay eshikka yo‗naldi. 9. Go‗yo bu ertakda kamina sulton Sohibqironning izzatini yerga urgan emishman. 10. Qaysi gunohlaringga seni qiynoqqa soldilar. 11. Malikul sharob o‗zlarini Ibn Sino deb, oqko‗ngil avomni to‗nab yurguvchi qalloblarni ko‗p eshitgan edi. 12. Yuzi qizil shoyi belbog„ga o‗ralgan sulton bir ikki marta pitir-pitir qildi-da, o‗likday uzala tushib yotib oldi. 13. Bu sotqinligingga, yigirma yil qora daftarga bitgan ig‗vo so„zlaringga ne olding? 14. Navkar uning qo‗llaridan qayirib, eshikka sudradi. (O. Yoqubov) mashq. Kelishik qo‗shimchalaridan mosini qo‗yib yozing va uslubiy jihatdan farqini ayting. Kim maktabga qadam bosgan kuni (-da, -dan) ochiq chehra bilan qarshilagan ustozini yo‗qlaydi. 2. Kim o‗z murabbiysining farzandi (-ni, -ning) yoniga olib, hayotdagi o‗rnini topib olishiga ko‗maklashyapti. 3. Gap Arastu haqida borar ekan, yana bir rivoyat (-ni, -dan) keltirish bilan ustoz-shogirdlik o‗rtasidagi munosabatlar azaldan oson kechmaganligi (-ni, -ning) pisanda etmoqchimiz. (Gaz.) 4. Bu durdonalar (-ni, -dan) har bir odam o‗zi bitta-bittadan terib, husn xazinasiga keltirib to‗kadi. 5. Akalarim bilan bir g‗ujum-bir g‗ujum (-da, -dan) talashib edik. 6. O‗girilib qaradim-u, uch-to‗rt qadam park (-dan, -da) turgan ammaga ko‗zim tushdi. 7. Laylaktepa (-ga, -dan) o‗tib Qozirabotga borganda qaynama buloq (-da, -dan) muzday tiniq suv ichdik. 8. «Siymon ko‗prik»dan o‗tish (-ni, -ning) o‗zi bir tomosha. Тerak bo‗yi chuqurlik (-ka, -da) suv qorayib oqadi. 9. Aravakashlar so‗kingan, eshaklar hangragan, og‗zi (-da, -dan) tupugi osilgan, usti (-ga, -da) qop-qop somon tog‗dek uyulgan tuyalar ham o‗tib qoladi. (O„. Hoshimov) Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling