Filologiyasi
Kelishik qo„shimchalari biri o„rnida ikkinchisi ko„pincha almashinib kelishi va birikma ma‟nosiga ta‟sir etishi mumkin
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
Kelishik qo„shimchalari biri o„rnida ikkinchisi ko„pincha almashinib kelishi va birikma ma‟nosiga ta‟sir etishi mumkin.Avvalo, og‗zaki nutqda qaratqich kelishigi shakli bilan tushum kelishigi shakli farqlanmaydi. Har ikki kelishik uchun tushum kelishigi shakli qo‗llaniladi, lekin bunday qo‗llanish ma‘noni o‗zgartirmaydi. Qaratqich kelishigi va tushum kelishigi shakllari bosh kelishik shakli bilan almashinishi mumkin. Masalan, o„rikning guli – o„rik guli. Uzumni yedi – uzum yedi. Qaratqich qo‗shimchasining bunday ikki xil qo‗llanilishi o‗rtasida quyidagicha ma‘no farqlanishi bor: ikkinchi holatda umuman o‗rik guli ma‘nosi bildirilsa, birinchi holat, ya‘ni qaratqich kelishigi bilan kelgan holatda predmetning aniqligi va bu predmetning ta‘kidlanishini bildiradi. Xuddi shunday ma‘no farqlanishi tushum kelishigi bilan bosh kelishik almashgan holatda ham kuzatiladi: uzumni yedi (so‗zlovchi va tinglovchi ma‘lum bo‗lgan aniq uzum) – uzum yedi (umuman uzum). Тushum kelishigi bilan chiqish kelishigi o‗zaro almashinib kelishi mumkin. Bunday vaqtda tushum kelishigi qo‗llanilgan birikma uch xil ko‗rinishga ega bo‗ladi: Uzumni yedi – uzum yedi – uzumdan yedi. Birinchi va ikkinchi holatda butun (ya‘ni uzumning hammasi) ma‘nosi bo‗lsa, uchinchi holatda qism ma‘nosi (uzumning bir qismi) ifodalanadi. Ko‗rinadiki, kelishik qo‗shimchalaridan o‗rinli, maqsadga muvofiq foydalanish fikrni aniq ifodalashga katta yordam beradi. mashq. Ko‗chiring, belgili va belgisiz qaratqich shaklli so‗zlarni aniqlang. Ularning ma‘no va uslubiy vazifasini bayon qiling. «Boburnoma» personajlar tavsifi, ularning shakl-shamoyilini ta‘riflashdan boshlanadi. Maqtanganning uyini ko‗r, kerilganning to‗yini. Dangasaning vaji ko‗p. Bu gaplarning barisini Hafiza xomush va oqilona tinglab, Umidning hamma fikrlariga qo‗shilishini bosh qimirlatib bildirardi. (Mirmuhsin) Bolalarimiz urush davrining azob-uqubatlarini, o‗kinch-alamlarini ko‗rmaganligi bizning baxtimizdir. Prezidentimiz: «Har qanday inson uchun eng katta boylik bu uning o‗z tilidir. Navoiy ijodi o‗zbeklar uchun katta boylik», degan edi. Darhaqiqat, Navoiyni tushunish uchun millat tilining barcha shevalaridan xabardor bo‗lmoq lozim. (Gazetadan) Boyagi yigitning, Avazning, qo‗li gul ekan. (P. Qodirov) Hayotim lazzati, qalbim qo‗risan, Vatanim! Noming qalbim so‗rog‗indadur, jamoling ko‗z qarog‗imdadur. (O„. Jamol) Bir lahza jimlikdan keyin allaqayerdan qo‗ylarning, sigirlarning ma‘rashi, ho‗kizlarning o‗kirishi eshitildi. Saidiy o‗zining ish bo‗lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‗tirdi-da, stol ustidagi kitobni oldi. (A. Qahhor) mashq. O‗qing. Тushum kelishigidagi so‗zlarni aniqlang. Тushum kelishigi shaklining belgili va belgisiz ishlatish sabablarini ayting. Тushum va chiqish kelishigi shakllarining sinonimiyasidagi uslubiy bo‗yoqni tushuntiring. Onam har gal xokandozni bo‗shatganida qop-qora chang ko‗tariladi. Ukamni siltab ko‗rpachaga o‗tqazdi-yu, ikki kafti bilan yuzini to‗sgancha o‗kirib yubordi. Uning bunaqangi bor ovoz bilan kulganini hech qachon eshitgan emasdim. Тolda chumchuq ko‗rdim. Sherzod har safar hind kuylarini eshitganda rohat qilardi. U g‗ashi kelib yuz o‗girdi-da, deraza oldiga borib, o‗y surdi. U erkin muhabbat degan gapni noto‗g‗ri tushunayotgan, sevgidek tabarruk hisni oyoqosti qilayotgan odamlar to‗g‗risida yozishni ko‗pdan buyon izlar edi. (O„. Hoshimov) Agar men ul allomayi davronni o‗z gulshanimda ko‗rmoq istaganimda, yetti qavat yerning ostidan bo‗lsa ham toptirib keltirar edim. Abdulvafo Sariq bu og‗ir o‗ylardan charchab boshini yostiqqa qo‗ydi, qo‗ygan zahoti pinakka ketgan ekan, bir mahal allaqanday shov-shuv eshitib, ko‗zini ochdi. (O. Yoqubov) Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling