Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
topshiriq. Matndagi tushum kelishigida kelgan so‗zlarni topib, ularning qanday so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganini aniqlang.
Go‗zal bir yigit eshikni qoqdi. Shu payt Asrorqulning kichik o‗g‗li Abror kelib otasini so‗radi. Ultarmalik Asrorqul Xaydar otaning qadrdon oshnasini ko‗rish istagida ekanligini aytdi. Qarg‗avoy, men seni yeyman. (Ertakdan) topshiriq. Nuqtalar o‗rniga -ni, -ning qo‗shimchalaridan mosini tanlab, ularning qanday so‗z bilan sintaktik aloqaga kirishayotganligini ayting. Eshik… ochsam, darhaqiqat, Mirvali… o‗g‗li. Shular… odam qo‗li yaratgan, ularda odam qo‗li… izi bor. Chol chiroq… piligi… ko‗tarib qo‗ydi. Ko‗zim… ochsam bemor chol… xira ko‗zlari ko‗rinadi, yumsam yana titroq ovozi eshitiladi. topshiriq. Matndagi jo‗nalish kelishigida kelgan otlarni ajratib, ma‘nosi, qo‗shimchasi va so‗rog‗i hamda vazifasini aniqlang. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. Bolama o‗xshaydi ovozing seni. Bozordan ukamga qalam oldim. Farida opasi bilan shaharga ketdi. Insofga kelsin deya duo qildi. To‗tiniso buning sababiga qiziqdi. Suqsurlar bir oyga qolmasdan kelishdi. Jo‗raxonga o‗xshash gavdali xotin – bilim yurtining mudirasi – sinfga kirdi. Urushlar…Ular nega, kimga kerak?! (H.G‗.) topshiriq. Chiqish kelishigidagi otlarning ma‘nosi, so‗rog‗i, vazifasini aniqlang. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. Chol kechga qolgan yakka-yolg‗iz yo‗lovchilarni daryodan shu qayiqda o‗tkazib qo‗yadi. Uyg‗ongan shaharning shov-shuvidan, odamlarning oyoq tovushlaridan, oftob tig‗idan qochib burkanib yotibman. Yigitcha o‗tirgan yer odamlardan chetroqda edi. Rais boshqalardan ko‗ra Baqabuloqdagi vodakachkani tiklash muvofiq va qulayroq ekanini tushuntirishga ko‗p ovora bo‗ldi. Otdan baland, itdan past. Uzumdan yeng, bog‗ini so‗ramang. O‗quvchilardan biri so‗rab qoldi. Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati. topshiriq. O‗rin-payt kelishigi ma‘nosi, qo‗shimchasi, so‗rog‗i va sintaktik vazifasini matndagi o‗rin-payt kelishigidagi so‗zlar vositasida tushuntirib bering. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. Qalandarov bir oz sabr qilsa, yonida o‗tirgan shofyor…(A.Q.) Shu yerda o‗qib yurganida ham ko‗proq umrini maktabda, yozda lagerlarda, yoshlar orasida utkazar edi. (A.Q.) Bu suhbatda nima gaplar bo‗lganini Saida bilolmadi. Yo‗lchi miyig‗ida kulib qo‗ydi. Bir bosh uzum likopchada turgan edi. Mayxonada qancha amaldor, jig‗ador, tug‗dor, sardor, beklar o‗tiribdi. topshiriq. Matndagi jo‗nalish, o‗rin-payt va chiqish kelishigidagi otlarni aniqlab, ularning ma‘nolarini izohlang. O‗rniga ma‘nodoshlarini qo‗shyib ko‗ring. Botirda boqqa va bog‗bonlikka mehr bolalik vaqtidayoq uyg‗ondi. (S.N.) Qochoqqa shafqat yo‗q, qo‗rqoqqa – hurmat. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. Aql yoshda emas, boshda. Aql aqldan quvvat oladi. Jo‗jani kuzda sanaydilar. Ilgari bu yerlar chakalakzor edi. Po‗lat pichoq qinsiz qolmas. To‗y. Baxt. Omonlik. Lekin dil tinch emas. Yo‗ldosh! Oynisa ostonada angrayib qoldi. (H.G‗.) Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling