Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
XULOSAIshdan quyidagicha umumiy xulosalarga kelindi: Ma‘nodoshlik (sinonimiya) o‗zbek tilida atroflicha o‗rganilgan hodisalardan hisoblanadi. Bu borada, ayniqsa, A.Hojiyev, Sh.Rahmatullayev, A.G‗ulomov kabi olimlarning xizmatlari katta. Sinonimiya hatto Alisher Navoiyning ham nazariga tutgan hodisalardan. Navoiy turkiy tilning ifoda imkoniyatlari haqida gapirar ekan, bir ma‘noni darajalanishiga yoki holatiga qarab turib bir nechta so‗z orqali berish mumkinligini, fors (tojik) tilida esa bunday imkoniyatning yo‗qligini aytib o‗tadi. Bu sinonimiya hodisasini o‗rganishning o‗zbek tilshunosligida uzoq tarixga egaligini ko‗rsatadi. Sinonimiya hodisasi faqat leksik birliklarda emas, so‗z yasovchi va grammatik shakl yasovchi qo‗shimchalarda ham kuzatiladi. Ularga nisbatan mavjud darslik va qo‗llanmalarda affiks sinonimlar, morfologik sinonimlar, grammatik sinonimlar, qo‗shimchalar ma‘nodoshligi terminlari ishlatiladi. Malakaviy ishda sintaktik shakl yasovchilardan bo‗lgan kelishik shakllari sinonimiyasi va uning so‗z birikmasi turlari hamda gap bo‗laklarini ajratishga ta‘siri masalalari o‗rganildi. Ma‘lumki, ismlarning gapda qanday bo‗lak vazifasida kelishini kelishik shakllari belgilab beradi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi ―o‗zi qo‗shilgan so‗zni keyingi so‗zga tobelantirib bog‗lash va gapdagi sintaktik vazifasini belgilash‖ deb belgilanadi. Haqiqatdan ham, kelishik shakllarining sintaktik shakl yasovchilik tabiati uning shu vazifalarida ko‗rinadi. Biroq sinonimiya hodisasining kelishiklarda yuzaga chiqishi gap bo‗laklari va so‗z birikmasi turlarini ajratishda bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Sinonimlik deyarli barcha kelishik shakllarida o‗zaro boshqa kelishik shakli bilan, shuningdek, ko‗makchilar bilan almashina olishda namoyon bo‗ladi. Ayniqsa, chiqish kelishigi shakli barcha kelishiklar o‗rnida qo‗llanilishi, hatto ko‗plab ko‗makchilar bilan o‗rin almasha olishi mumkin. Malakaviy ishda ushbu hodisalar atroflicha o‗rganildi va quyidagi xulosalarga kelindi: Bosh kelishik shakli: Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling