Tushum kelishigidagi ot gapda ish-harakatni qabul qilgan predmetga obyekt tusini beradi va tushum kelishigi affiksini qabul qilgan ot vositasiz to‗ldiruvchi vazifasida keladi. «Otga obyekt tusini berish va uni fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» tushum kelishigi umumiy grammatik ma‘nosining ot turkumidagi xususiylashuvi.
Yuqorida aytilganidek, mavjud grammatikalarda tushum kelishigining ham qaratqich kelishigi kabi belgisiz qo‗llanishiga nisbatan bosh kelishik bilan ma‘nodoshlik sifatida qarash kuzatiladi. Biroq darslik va qo‗llanmalarda bunday qarash yetakchilik qilmaydi. Qaratqich kelishigi kabi tushum kelishigi ham otlashgan so‗zlar, olmoshlar, shaxs otlariga qo‗shilganda va fe‘l bilan tushum kelishigidagi so‗z o‗rtasiga boshqa so‗z kirganda belgisiz ishlatilmaydi.
Qaratqich kelishigidan farqlanib tushum kelishigi atoqli otga qo‗shilganda belgili ishlatiladi. Misollarni kuzatish shuni ko‗rsatadiki, bu kelishik atoqli otlargagina emas, kishini anglatuvchi turdosh otlarga ham qo‗shilganda belgili ishlatiladi. Agar -ni ishlatilmasa, tushum kelishigi deb emas, balki bosh kelishik deb tushunish xavfi tug‗iladn. Masalan, Kifoyatxon oshni suzayotgan paytda idoradan odam kelib, raisni olib ketdi (A.Qahhor) gapida to‗ldiruvchini rais shaklida belgisiz ishlatib bo‗lmaydi.
Tushum kelishigi doim belgisiz ishlatiladigan konstruksiyalar turg‗un bog‗lanmalar, frazeologik birliklarga to‗g‗ri keladi: ma‟no kasb etmoq, bola ko„rmoq; muhokama yurgizmoq, quloq solmoq, yo„l bermoq kabi.
Demak, tushum kelishigi shakli quyidagi kelishiklar bilan o‗rin almashinishi mumkin:
Chiqish kelishigi: Yigit choydan ichib gaplashib o„tirdi – Yigit choydan ichib gaplashib o„tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |