Tushum kelishigi bilan: U stol ustidagi choyni ho„plab, gapida davom etdi – U stol ustidagi choydan ho„plab, gapida davom etdi.
Jo„nalish kelishigi bilan: Shu teshikka ho„kiz sig„ishiga kim ham ishonardi – Shu teshikdan ho„kiz sig„ishiga kim ham ishonardi.
O„rin-payt kelishigi bilan: U yo„lida adashdi – U yo„lidan adashdi.
Mana shunday holatlarda gap bo‗laklari va so‗z birikmasi turlarini ajratish muammoli bo‗lib qoladi. Malakaviy ishning asosiy maqsadi mavjud darslik va qo‗llanmalarda ushbu hodisaga munosabatlarni aniqlash va mavzuga doir qarashlarni o‗rganib, bir tizimga yig‗ib, muammoni ilmiy asoslashdan iborat.
Kelishiklarning belgili / belgisiz qo‗llanilishi va bir-biri o‗rin almashinilishi, ma‘nodoshligi masalasi hamon munozarali bo‗lib qolmoqda. Ayrim tilshunoslar
―Kelishik kategoriyasidagi so‗z uyushganda oldingi so‗zshakldagi kelishiknigina belgisiz deyish tarafdorimiz. Masalan: Salim, Karim va Halimni ko„rdim (belgisiz TK). Opalarim va akalarimning dardlari bir dunyo (belgisiz QK). Na sada daraxtlari osti, na machitlar, na doim bazm qiziydigan gavjumda biror sharpa eshitasiz (belgisiz O‗PK). (J.Abd.)‖ deb hisoblaydilar.
Mavjud grammatikalarda kelishik shaklidagi so‗zlarning sintaktik vazifasi xususida so‗z borar ekan quyidagi jumlalarni uchratamiz:
―Kelishik kategoriyasi ko‗proq ot turkumi uchun xoslangan. Bosh kelishikdagi ot kim, nima, qayer so‗rog‗iga javob bo‗lib, quyidagi vazifada keladi:
Ega: 1. Salim – eng yosh o„qituvchi. 2. Darvoza tepasiga sandiq qo„yilgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |