O„rin-payt kelishigi ko‗rsatkichi -da. O‗rin-payt kelishigi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosini «oldinggi so‗zni keyingi so‗zga hol va to‗ldiruvchi vazifasida bog‗lash» tarzida xususiylashtiradi. O‗rin-payt kelishigi va jo‗nalish kelishigi «yo‗nalganlik» va «o‗rinlashganlik» yondosh ma‘nosi bilan farqlanadi.
O‗rin-payt kelishigi ish-harakatning bajarilish o‗rni, payti, holati, vositasi, maqsadi kabi ma‘nolarni ifodalaydi: Uyda (o„rin) hech kim yo„q edi. Qishloqqa tongda (payt) jo„nadik. U kuyingan holda (holat) gapirardi. Paxtani mashinada (vosita) terdik. Biz o„qish niyatida (maqsad) kelganmiz.
O‗rin-payt kelishigi gapda:
vositali to‗ldiruvchi: Botirda bog„bonlikka mehr bolalikda uyg„ondi.
(N.Safarov)
o‗rin holi: Katta-katta ko„chada yursin. (O‗.Umarb.)
v) payt holi: O„sha kezda Yolqin akam otda g„o„zani kultivatsiya qilar edi.
(P.Qodirov)
g) tarz holi: Qiz horg„in, parishon holda uyga qaytdi.(Oyb.)
d) maqsad holi: Biz yangi maktab binosi qurilishi masalasida keldik. (J.Abdullaxonov)
y) kesim: Olimjonning ikki ko„zi ko„m-ko„k g„o„zada. (Sh.R.). Katta izzatda, kichik xizmatda. Bunda ham sintaktik qisqaruv yuz bergan.
O‗rin-payt kelishigi gap bo‗lagiga xoslanganda anglashiladigan ma‘no u birikayotgan so‗zning lug‗aviy xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, ko‗cha so‗zida o‗rin ma‘nosi bor, shuning uchun ko‗chada so‗zshakli gapda o‗rin holi vazifasida, o‗sha kez birikuvidan payt anglashiladi, shu boisdan bu birikma o‗rin-payt kelishigida payt holi bo‗lib kelgan. Demak, o‗rin-payt kelishigi mohiyatining voqelanishida tajalli ma‘noning roli behad katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |