Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
Grammatik ma‘no har doim ham quyi ma‘noga nisbatan olinadi. Masalan, kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi quyidagi kelishikning ma‘nosiga nisbatan olinsa, har bir kelishikning umumiy grammatik ma‘nosi undan quyidagi bu kelishik umumiy grammatik ma‘nosining «parchasi»ga nisbatan olinadi. Chunki ota farzandiga nisbatan ota, otasiga nisbatan farzand bo‗lganligi kabi kelishik kategoriyasi umumiy grammatik ma‘nosi haqida gap ketayotganda har bir kelishikning ma‘nosiga nisbatan umumiy grammatik ma‘no termini qo‗llanilmaydi. Kategoriya va shakl ma‘nosi hamda uning xususiy ko‗rinishi haqida bahs ketganda, uni qanday baholash muammosi ham bor. Bunda dialektikaning umumiylik- maxsuslik-alohidalik kategoriyasiga metodologiya sifatida tayanish lozim bo‗ladi. Tilshunoslikda grammatik ma‘noga nisbatan bu umumiy grammatik ma‘no - oraliq grammatik ma‘no – xususiy grammatik ma‘no tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida tushum kelishigi shakli ma‘nosini olaylik. Kelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash» , tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» va tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‗lmish kitobni o‗qimoq birikuvida voqelangan «kitob so‗zini o‗qimoq so‗ziga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi yaxlitlikda olinganda umumiy grammatik ma‘no – oraliq grammatik ma‘no – xususiy grammatik ma‘no munosabatida. Kelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‗zni keyingi mustaqil so‗zga bog‗lash» ma‘nosi tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosiga nisbatan umumiy grammatik ma‘no maqomida bo‗lib, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‗lmish kitobni o‗qimoq birikuvida voqelangan «kitob so‗zini o‗qimoq so‗ziga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» nutqiy ma‘nosi xususiy grammatik ma‘no. Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe‘lga vositasiz to‗ldiruvchi sifatida bog‗lash» ma‘nosi esa umumiy grammatik ma‘no va xususiy grammatik ma‘no orasida turganligi hamda uni bog‗lovchi bo‗g‗in bo‗lganligi uchun oraliq grammatik ma‘no maqomida. Oraliq grammatik ma‘noning mavqei nisbiy. Masalan, kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi e‘tibordan soqit qilinsa va fikr faqat tushum kelishigi hamda uning quyi ma‘nosi haqida ketsa, mazkur oraliq grammatik ma‘no umumiy grammatik ma‘no sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan xususiy grammatik ma‘nosi e‘tibordan soqit qilinib, so‗z kelishik kategoriyasi va tushum kelishigi munosabati xususida ketsa, bunda oraliq grammatik ma‘no ushbu umumiy grammatik ma‘noga nisbatan xususiy grammatik ma‘no sifatida ham qaralishi ham mumkin. Kelishik kategoriyasi morfologik kategoriya sirasida ustuvor sintaktik tabiati bilan ajralib turadi. U egalik kategoriyasi bilan birgalikda sintaktik shaklning so‗z birikmasiga xos guruhini tashkil etib, gapga xos kesimlik kategoriyasidan farqlanadi. Kelishik kategoriyasining umumiy grammatik ma‘nosi «sintaktik qurilmada oldingi so‗zni keyingi so‗zga bog‗lash». Bu bilan u egalik kategoriyasiga qarama-qarshi tursa, ko‗makchi, fe‘lning o‗zgalovchi kategoriyasi, bog‗lovchi va ko‗makchiga yaqin turadi. Ammo undan farqli jihatga ega. Ko‗makchidan morfologik ko‗rsatkich (qo‗shimcha) ekanligi bilan farqlanadi. Ko‗makchi grammatik ma‘no ifodalash, so‗zni bir-biriga bog‗lash vazifasini bajarsa-da, u leksik birlik hisoblanadi. O‗zgalovchi kategoriya shaklidan barcha mustaqil so‗zni sintaktik aloqaga kiritish, so‗zning lug‗aviy ma‘nosiga ta‘sir etmasligi bilan ajraladi. Holbuki, o‗zgalovchi kategoriyasi faqat fe‘lga xos va fe‘lning lug‗aviy ma‘nosiga ta‘sir etishi bilan lug‗aviy-sintaktik mohiyatga ega. Shuning uchun u «fe‘l kelishigi» deb ham yuritiladi. Bog‗lovchidan esa tobe aloqa uchun xizmat qilib, so‗z birikmasiga xosligi hamda grammatik ko‗rsatkich (qo‗shimcha) ekanligi bilan farqlanadi. Kelishik kategoriyasi olti shaklli sistema bo‗lib, uning har biri o‗ziga xos ma‘noviy va sintaktik xususiyat yaxlitligidan iborat. Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling