Filologiyasi
Download 111.92 Kb.
|
kelishiklar sinonimiyasi va gap bolaklarini ajratish muammolari-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„rin-payt kelishigi bilan
- Tushum kelishigi bilan
- Chiqish kelishigi bilan
- Tadqiqotning predmeti va obyekti.
- Tadqiqotning tuzilishi va hajmi
Tushum kelishigi bilan: Bu gapga tushunmadim – Bu gapni tushunmadim.
Nima dedingiz, gapingizni (ga) tushunmadim. O„rin-payt kelishigi bilan: Biz hashamatli bino oldiga to„plandik. – Biz hashamatli bino oldida to„plandik. Bugun uyda (ga) to„planamiz. Bunda so‗z birikmasi turlari va gap bo‗laklarini ajratishda tafovut bo‗lmaydi. Faqat tushum kelishigi shakli bilan ma‘nodosh bo‗lganda vositasiz to‗ldiruvchi sifatida qaraladi. O‗rin-payt kelishigi qo‗shimchasi quyidagi kelishik shakllari bilan ma‘nodosh bo‗la oladi: Tushum kelishigi bilan: dalani kezdi – dalada kezdi; Jo„nalish kelishigi bilan: yig„ilishga qatnashdi – yig„ilishda qatnashdi; Chiqish kelishigi bilan: radiodan gapirdi – radioda gapirdi. Bunda ham tushum kelishigi shakli bilan ma‘nodoshligini istisno qilganda so‗z birikmasi turlari va gap bo‗laklarini ajratishda tafovut bo‗lmaydi. Chiqish kelishigi: qaratqich kelishigidagi so„z bilan ma‘nodosh bo‗lganda qaratqich aniqlovchi va moslashuvli birikuv: Gapdan gap chiqib, bulardan biri Karimaning otasi qamoq muddatini bitirib kelganini aytdi (A.Qahhor) – tushum kelishigidagi so„z bilan ma‘nodosh bo‗lganda vositasiz to‗ldiruvchi va boshqaruvli birikuv: U tog„ lolasidan terib qaytdi. – bosh kelishik bilan ma‘nodosh bo‗lganda ega vazifasida keladi. Bunday bog‗lanish so‗z birikmasi emas, ega va kesim birikuvini yuzaga keltiradi: Munirada shu kitobdan (bir nechtasi) bor. Tadqiqotning predmeti va obyekti. Tadqiqotning obekti o‗zbek tilida kelishik shakllari bo‗lib, predmeti kelishiklar shakllarining ma‘nodoshlik xususiyatiga egaligidir. Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati. BMIdagi materiallardan o‗rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy o‗quv yurtlari uchun yaratilgan dastur va darsliklardagi mavzuga aloqador fikrlarni qiyosiy o‗rganib bir tizimga yig‗ishda, chalkashliklarni bartaraf etishda keng foydalanish mumkin. Undan oliy ta‗lim tizimida o‘zbek filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» fanining morfologiya va sintaksis bo‗limini o‘qitishda, «O‘zbek tili o‘qitish metodikasi» fanini o‘qitishda keng foydalanish mumkin; Shuningdek, o‘zbek filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha ta‗lim olayotgan magistr va aspirantlar, tadqiqotchilar, maktab, litsey, kollej o‘qituvchilari ham ishdan unumli foydalanishlari mumkin. Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Ishning umumiy hajmi 64 bet (12 868 so‗z) bo‘lib, u ishning umumiy tavsifi, kirish, 2 bob, xulosa, ilova va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Download 111.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling