Firdavs-shoh


Musulmon xalqlari mifologiyasi haqida


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

 
Musulmon xalqlari mifologiyasi haqida 
Musulmon mifologiyasi asoslarini qadim-qadim zamonlardagi 
ildizlardan axtarmoq lozim. Buning uchun albatta qadimgi Arab 
mifologiyasi va Qur’oni karimni bilish zarur. Qur’oni karimning afsona 
va rivoyatlarida ko‘pgina mifologiya elementlari saqlanib qolgan. 
Masalan, Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asarida olamning 
yaratilishi, Odam alayhissalom, Nuh alayhissalom haqidagi miflar 
saqlanib qolgan. 
Alloh - borliq va mavjudot olamning yaratuvchisidir. Qur’onda ham 
nihoyatda ko‘p timsollar borki, ularni o‘rganish jarayonida juda keng 
mifologiya haqida o‘rganib olish mumkin. Jumladan, Odam ato va 
Momo havo, Ibrohim, Muhammad, Hazrati Ali, Dovud, Sulaymon, Iso 
Masih, farishta, munkarnakir, shayton va boshqalarnining mifologik 
asoslari bilib olinadi. 
Shuningdek, Firdavsiyning «Shohnoma», Abu Rayhon Beruniyning 
«Qadimgi asrlardan qolgan yodgorliklar», Rabg‘uziyning «Qisasi 
Rabg‘uziy», va boshqa asarlarda ushbu mavzu bo‘yicha ko‘pgina 
ma’lumotlar olish mumkin. Bulardan tashqari, yana boshqa manbalarda, 
jumladan, buyuk islandiyalik olim turk olamning yaralishi haqida 
yozadi. Unda er yuzining markazi Osiyo ekanligi aytiladi. Skandinaviya, 
Daniya, Islandiya, Norvegiyalarga ulardan ko‘p narsalar meros borib 
qolgan, deydi. Asotirlar ulkan meros, ular yozuvsiz bitiklarda o‘z aksini 
topgan. Asotirlarni italyan olimlari Uyg‘onish davridan boshlab, to XX 
asrgacha o‘rganganlar. Miflar ajdodlar ruhining qabristoni bo‘lib 
hisoblanadi. 


14 
Turkiy xalqlar mifologiyasi ham ancha mukammal o‘rganilgan. 
Qadim ajdodlarimiz dunyoni mifologik tasavvur, tahlil etganlar va u 
orqali san’at namunalari yaratganlar. O‘tovda yashaganlar. O‘tov ustida 
tuynuk bo‘lgan. Samoviy qarashlar bo‘lgan. Hayot daraxti bo‘lgan. 
Yulduz uchsa va daraxt bargi tushsa, odam hayotdan ko‘z yumdi, degan 
qarashlar hozir ham bor. Eng yuqorida Alloh turadi.Yer yuzida insonlar 
yashaydi. Yer osti esa zulmat, qorong‘ulik va o‘liklar dunyosi 
hisoblanadi. 
Qadimiy miflar, Islom dini va mahalliy urf-odatlar uyg‘unlashuvi 
asosida o‘zbek folklori, adabiyoti va ilmining shoh asarlari yaratildi. 
Turli xalqlarning folklori merosini tahlil qilish orkali ular zamiridagi 
mifologiyaning mushtarakligini namoyon etish mumkin. 
Qur’onning jahon va alalxusus, o‘zbek adabiyotiga o‘tkazgan ta’siri 
tarixiy-adabiy an’analarini o‘rganish lozim. Qur’on mohiyatan 
umuminsoniy qadr-qimmatlar bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, o‘zbek 
adabiyotining jahon adabiyotida matnida tutgan o‘rnini to‘liqroq 
aniqlashga imkon beradi. 
O‘z o‘tmishini qadrlamagan kimsa, hozirgi kunda johillashib, 
kelajakdan mahrum bo‘ladi. So‘nggi yuz yillik tariximiz bunga misol 
bo‘la oladi. Insoniyat taraqqiyoti o‘z qonunlariga binoan sodir bo‘ladi va 
ular ichra eng mo‘’tabari va muhimi e’tiqoddir. 
Xulosa qilib aytganda, Qur’oni Karim mifologiyasining o‘zbek 
folkloriga, o‘zbek adabiyotiga ta’siri kattadir. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling