Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

 
Asotirlarni o‘rganish 
Asotirlar (miflar) ibtidoiy insonlarning koinot, tabiat hodisalarining 
mohiyati, paydo bo‘lish sabablarini o‘zlariga izohlash maqsadida 
yaratgan og‘zaki hikoyalaridan iborat. Asotirlar yaxshilik va yovuzlik, 
yorug‘lik va zulmat, issiqlik va sovuqlik o‘rtasidagi abadiy kurash turli 
narsalar, 
hodisalar 
o‘rtasidagi 
kurashlar 
misolida 
ifodalanadi. 
Asotirlarning afsonalardan asosiy farqi badiiy-tasviriy vositalarning 
kamligi, narsa va hodisalarning vujudga kelishi yoki yo‘q bo‘lishini 
oddiy va qisqa izohlashi, ko‘pincha, ma’budlar, yer yuzida dastlabki 
odamlar obrazlarining ishtirok etishini bayon qilishlaridir. 
Asotirlar yer yuzidagi barcha xalqlarda mavjud. Chunki barcha 
xalqlar o‘z taraqqiyotining ilk bosqichlarida asotirlar orqali fikrlash, 
dunyoga asotirlar nigohi bilan qarash bosqichini bosib o‘tganlar. 
Asotirlar osmon jismlari oy va Quyosh, yulduzlar haqida, turli urug
qabila-xalqlarning paydo bo‘lishi haqida, biror narsa yoki hodisaning 
paydo bo‘lishi va yo‘qolib ketishi haqida ko‘plab yaratilgan. 
Misol uchun ikkita asotirga to‘xtalib o‘tsak. «Aziz Momo» nomli 
asotirda qish faslining uch oyi - to‘qson kuni haqida hikoya qilinadi. 
Aziz Momo Navro‘z arafasida olti kun qattiq sovuq kunlarini yuborib, 
odamlarni sinovdan o‘tkazar ekan. Bu asotirda ibtidoiy odamlarning 
tabiat hodisalari haqidagi xayoliy tushunchalari aks etgan. 
«Oy bilan kun» asotirida esa oy, quyosh va yulduzlar holatini 
insonlar hayotiga o‘xshatib tasvirlashga harakat qilinadi. Osmonda 
yulduzlarning uchishi esa oyning o‘z bolalarini yoniga chaqirib olishi 
deb izohlanadi. Tabiat hodisalarining bu taxlitda sodda talqini qadimgi 


10 
odamlarning tushuncha, tasavvur doirasini ko‘rsatadi. Ana shunday 
asotirlardan biri «odami Od» hikoyasidir. 
Uning qisqacha mazmuni shunday: «o‘tgan zamonda Nuh 
payg‘ambar bo‘yi bulutga yetadigan bir duradgor ustani chaqirib, kema 
yasab berishni so‘rabdi. Bu odamning nomi odami Od ekan. U 
nihoyatda baland bo‘yli, kuchli bo‘lib, daryo va dengizda baliqni qo‘lida 
tutib, quyosh issig‘iga pishirib, yeb keta berar ekan. Odami Od Nuh 
payg‘ambarni yelkasiga mindirib toqqa olib chiqibdi. Qayerda baland 
daraxt bo‘lsa, kema uchun kesmoqchi bo‘libdi. Tog‘da to‘rtta katta 
chinor bor ekan. U chinorlarni tomir-pomiri bilan sug‘urib olib, o‘z 
elkasiga ortib, ustiga Nuh payg‘ambarni o‘tqazib, dengiz bo‘yiga ravona 
bo‘libdi. Odami Odning qorni hech ovqatga to‘ymas ekan. Nonushtaga 
bir hovuz suvga non to‘g‘rab yer ekan. Odami Od kemani bitiribdi. 
Hamma odamlarni kemaga solib, dengizga tushib, o‘zi kemani torta 
ketibdi». Bu hikoyada odami Od dunyodagi eng birinchi odam sifatida 
talqin etilgan. «Od» so‘zi fors-tojik tilida ulkan odam ma’nosini 
bildiradi. 
Shuningdek, «Er Hubbi» asotiri ham yuqoridagi hikoyatga 
o‘xshaydi. U Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida keng tarqalgan. Hikoya 
qilinishicha: «Faridun va hatto Jamshid podsholik qilmasdan ilgari 
daryoda bir Hubbi degan yigit yashagan, bu yigit daryoning hokimi 
bo‘lgan. Hubbi baliq bilan ovqatlangan, u bir qo‘li bilan baliq tutib 
olarkan-da, uni quyoshga uzatar ekan, baliq shu ondayoq qovurilar ekan. 
U yetti yuz yil davomida Amudaryoda yashagan. Bu vaqt ichida hech 
qanday jin daryoga yaqinlasha olmagan, hatto chivinlar ham bo‘lmagan. 
Jamshid taxtta o‘tirishi bilan Hubbi dom-daraksiz g‘oyib bo‘lgan. Ming 
yil davomida Hubbining onasi aza tutgan va u bilan birga daryo, sahro, 
tog‘va qoyalar yig‘lagan; odamlar, qushlar va hayvonlar yig‘lagan; 
osmonda farishtalar, yer ostida devlar yig‘lagan. Hubbi tirik, u 
qiyomattacha yashaydi. Hubbi najot berur. Mana, qanday kuch daryoga 
hokimlik qiladi». 
Yuqoridagi har ikki asotirda odami Od va Er Hubbi qabila va urug‘ 
ruhi, kuch-qudrati, orzu-umidi, intilishlari ifodalangan. Bu kabi asotirlar 
o‘zbek xalq og‘zaki ijodida ko‘plab uchraydi. Ular yoshlarda jonli 
qiziqish uyg‘otadi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling