Firdavs-shoh


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

«... Bachaning yuzini oydinligiga 
Barx urib, go‘r yop-yorug‘bo‘ladi. 
Bibi Hilol bir nozanin ul tug‘di, 
Uch kecha-ukunduz oradan o‘tdi… 
Hiloloyga jon kelmadi, lekin bolaga sut kelib yotdi, shu orada 
o‘rtadan uch yil o‘tdi». Bu epizoddagi onani «jon» tark etishi, lekin sut 
to‘xtamasligi - bu animizm tushunchasisiz reallasha olmas edi, bu 
keyinchalik Hizr so‘zida ham ifodalanadi. Kunlar o‘tib, sut to‘xtaydi. 
Go‘ro‘g‘li go‘rga tushib turgan ozgina yorug‘likka qarab intiladi va ilk 
bor qabrdan tashqariga chiqadi va yegulik izlaydi. Shunda bir baytal 
yordamga keladi: «...bir baytalning bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga 
ichi kuyib, kishnab yurar edi. Go‘ro‘g‘lining oldiga kelib qoldi. 
Baytalning ko‘zi Go‘ro‘g‘liga tushib, mehri ko‘kragiga joy olib, unga 
suykanib emiza berdi... Baytal har kuni Go‘ro‘g‘lini uch vaqt emizib 
keta berdi». Bu motiv butun jahon folklorida keng tarqalgan bo‘lib, 
inson bolasini yovvoyi hayvon yo qush (sher, bo‘ri yoki Semurg‘ 
kabilar) boqib tarbiyalashi haqidagi mifologik syujetga hamohangdir. 
Ammo mazkur dostondagi totemistik motiv o‘ziga xos xususiyatga ham 
ega. Undagi totem O‘rta Osiyo chorvador qabilalarining eng mashhur 
totemiga asoslangan. Shunisi xaraktirliki, parchadagi baytal totemi ilk 
ma’nosida - insonga ajdodlarning boshi sifatida talqin etiladi. Go‘ro‘g‘li 
bilan baytal orasida munosabatni aniqlash uchun kelgan yirtqichlar 
Go‘ro‘g‘lini qabrdan chiqqan arvoh hisoblab, qo‘rqib qochadilar. Ammo 
inson - inson, cho‘ponlar orasidagi Rustam (qahramon otasining eng 
yaqini) bo‘lgusi xalq qahramonini o‘z tarbiyasiga olishi natijasida u 
mehnat ahli bilan birga bulgani tufayligina haqiqiy chin inson va dong‘i 
ketgan xalq qahramoni bo‘lib yetishadi. Albatta, keyinchalik voqeaga 
din bilan bog‘liq motivlar kiritiladi, bir sher bolaga tashlanganida, 
Hazrati Hizr yordamga kelib xayvonni o‘ldiradi. Demak, asarda 
Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va ulg‘ayishi uch mifologik tushuncha 
(aministik), o‘lik onaga «jon kirmasa ham, «sut» kelishi; totimestik 


18 
(baytal emizishi) va diniy mifologiya (Hizr - xomiy kuch obrazi) asosida 
beriladi. Dostonda Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va el-yurt manfaati yo‘lida 
qahramonlik ko‘rsatishda chiltonlar hamda Hizr katta o‘rin egallagan. 
Chunki ular xalq qahramonining homiysi, rahnamosi bo‘lgan. Murg‘ak 
qaxramonni jismoniy jihatdan voyaga etishda, unga yo‘l-yo‘riqlar 
ko‘rsatib, tarbiyalab, xalq manfaati yo‘lida xizmat qilishga o‘rgatadi. 
Qahramonning homiysi obrazini barcha xalqlarda nardlar eposida 
ham,fin runilarida ham ko‘rish mumkin. O‘rta Osiyo xalqlari ogzaki 
eposida Hizr obrazi keng ishlangan. Hizr obrazi islom diniga qadarli 
ham O‘rta Osiyo xalqlari og‘zaki badiiy ijodida keng ishlangan bo‘lgani 
uchun ham diniy afsonalarga («Iskandar afsonasi»da ham bor) asos qilib 
olingan. Xalqda shunaqa naql bor: har bir insonga tushida yoki o‘ngida 
Hizr uch marta uchrab homiylik qiladi. O‘zbek xalqining tasavvurida 
uning ko‘rinishi ham o‘zining mujassamini topgan, jumladan, «bosh 
barmog‘ining suyagi yo‘q», o‘ng qo‘li tizzadan pastgacha turadi», har 
xil ko‘rinishda bo‘lib «tila-tilagingni» deydi, ko‘proq oppoq soqolli chol 
qiyofasida tasvirlanadi, Nuroniy ko‘rinadi. 
Mantiqiy fikr yuritib qaralganda, g‘ayri tabiiy bir sharoitda 
tug‘ilgan go‘dakni kimdir o‘limdan saqlab qolishi kerak. Go‘ro‘g‘li 
go‘rda tug‘ilgan ekan, Bibi Hilolning jonsiz murdasi uni tarbiyalay 
olmas edi. Bu o‘rinda endi uni yo‘rgaklab olish uchun Hazrati Hizr va 
chiltonlar, ya’ni azizu avliyolar hozir bo‘ladilar. Bosh qahramonning 
dunyoga kelishini izohlovchi mazkur motiv eposning o‘ziga xos 
mifologik 
zamini 
hisoblanadi. 
Binobarin, 
mazkur 
dostonda 
Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va g‘ayri tabiatli ekanligini izohlash asosiy 
motiv bo‘lib bosh rejada turardi. Turk va o‘zbek dostonlarida tulpor ot 
yetakchi o‘rinni egallaydi. Ot qahramonning hamrohi, har doim birga 
bo‘ladi. Ayrim vaqtlarda egasi bilan so‘zlashadi. Dushmanlardan 
qutqarib qoladi. Ana shuning uchun ham bunday otlarni «nazarkarda 
tulporlar» deb ataladi. 
Turk dostonida Minko‘ldan kechasi chiqib, oy nurida otlar bilan 
o‘ynashib, tongga yaqin qo‘lga tushib ketuvchi suv osti ayg‘iridan 
tug‘ilgan. O‘zbeklarning «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va yoshligi» 
dostonida ham ikkinchi yirik mifologik o‘rin - uning oti G‘irot (G‘irko‘k 
bilan bog‘liqdir). Bu ot Rayhon arabning otidan paydo bo‘lgan. Asarda 
tasvirlanishicha G‘irotni Hizr yashirincha olib ketadi. Epik qahramon 
toyini izlab ketayotib, afsar tog‘ining ortidagi bir boqqa duch kelib, 
ularni yaxshi ko‘rib qoladi. Keyin yana yo‘l bosib Hizr va 40 ta 
chiltonga ro‘baro‘bo‘lib, Hizr bilan kuch sinashadi va yengiladi. Otini 


19 
sotib oladi. Mana shu sarguzasht qadimiy mifologiya va diniy 
tushunchalar bilan yaqin aloqada beriladi, tasvirlanadi. Ana shu o‘rinda 
ta`kidlash lozimki, asarda turkumning asosiy mazmuni va yo‘nalishini 
belgilovchi bir parcha borki bu ayniqsa, mifologik tomondan 
xarakterlidir. Bu motiv - butun turkumning mazmunini, Xususan, 
Go‘ro‘g‘lining bir umrlik taqdirini qisqacha ifodalab beradi. Asarda 
shomonizm aks etadi, ya’ni Hizr qo‘yidagicha duo qiladi: 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling