Firdavs-shoh


«Go‘ro‘g‘li turkumi» dostonlarini yaratishda


Download 2.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/43
Sana14.10.2023
Hajmi2.22 Mb.
#1701891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
СОБИТОВА Т (2)

 
«Go‘ro‘g‘li turkumi» dostonlarini yaratishda
mifologiyaning o‘rni 
Turkiya, O‘rta Osiyo, yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining 
xalqlari shunday bir og‘zaki ijod durdonalarini yaratdilarki, bular 
bashariyat badiiyat xazinasiga noyob asarlar tortiq eta oldi. Ming yildan 
ortiq tarixga ega bo‘lgan bu javohirotlar hozirgi kunda o‘zbek xalq 
og‘zaki ijodiyoti deb ataladi. Bunda o‘zbek xalqining yaratgan 
«Go‘rug‘li» turkumiga kirgan dostonlarning alohida, muhim o‘rin 
tutishini guvohi bo‘lamiz. Mana shu turkumga kirgan dostonlarining 
yaratilishida mifologiya, ya’ni asotiriy o‘rinlar asarning g‘oyaviy-estetik 
funktsiyasini rang-barang jilolanishini ta’minlaydi. Turk dostonlaridan 
«Ko‘ro‘g‘li» va o‘zbek dostonlaridan «Go‘ro‘g‘li» asarlarini qisqaroq 
tarzda qiyosiy analiz bo‘yicha fikr yuritmoqchimiz. 
Ma’lumki, o‘zbek xalq eposi ko‘p turli epos hisoblanadi. Har bir 
turning mifologiyaga bo‘lgan munosabati ham o‘ziga hos, takrorlanmas 


15 
tipologik xususiyatga ega. Shuningdek epos va mifologiyaning o‘zaro 
munosabati bevosita tarixiy hamda struktual tipologik yondoshish orqali 
hal etiladigan masala hisoblanadi. Mifologiya va o‘zbek xalq eposining 
o‘zaro munosabati masalasida ancha ishlar qilingan bo‘lsa-da, 
bizningcha bu masalaning murakkab jihatlarini to‘lig‘icha yoritish 
uchun mulohazalar yetarli emas. Chunki eposning biror namunasida 
uchraydigan ajdar yoki balo, semurg‘ yoki jodugar kampir kabi 
personajlar o‘z-o‘zidan mifik obrazlar ekanligi ma’lum. Ularni 
mifologiyaga aloqador ekanligini isbotlashga urinish behuda. Bu 
masalada epos mifga yoki mif eposga qanday ta’sir ko‘rsatadi, 
bizningcha, shu jihatlarni yoritilishi lozim. Epos xalqning qahramonona 
o‘tmishi sifatida qabul qilinganligi uchun uning tarkibidagi mif ham 
bevosita ana shu narsani ro`yobga chiqarishga xizmat qiladi. 
Qahramonlik eposi tarixan qadimiyligi, strukturasining murakkab 
va salmoqliligi jihatidan xalq eposining eng qadimiy tipi hisoblanadi. 
Epos uchun muhim bo‘lgan xususiyatlardan yana biri shundaki, unda 
ulug‘langan va kuylangan umuminsoniy xislatlar beqiyosligidan qat’iy 
nazar, u biror davrni aks ettirishi jihatidan yo o‘tmishni, yo o‘zi 
yaratilgan davrni ulug‘laydi, birorta ham xalqning eposi yo‘qki, unda 
utopik tarzda bo‘lsa ham kelajak davr va unga xos targ‘ibotlar 
tasvirlanganbo‘lsin. Agar epos kelajakni aks ettiradigan bo‘lsa, u holda 
uning xalq ongida konkret qahramonona o‘tmishi sifatida qabul qilinishi 
xiralashib qolgan bo‘lur edi va epos ham ertak kabi xayolat olamiga 
chulg‘anib, shundayicha qabul qilinar edi. Holbuki, qahramonlik eposi 
hammavaqt xalqning konkret qahramonona o‘tmishi sifatida ulug‘lanib 
kuylanib kelinadi. 
Ilmiy adabiyotda xalq eposlarining tarixiy ildizi, shakllanish 
bosqichlari bir muncha to‘la ravishda tadqiq etilib, eposning mifologiya 
bilan bog‘lanishi haqida ma’lum xulosalar mavjud. Mif va epos 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni 
ochishda 
o‘zbek 
va 
O‘rta 
Osiyo 
folklorshunoslari, ayrim rus olimlari «Go‘ro‘g‘li» turkumiga ko‘p 
murojaat etganlar. Masalan, I.S.Braginskiy «Avesto» miflari va ayrim 
obrazlarning tojik «Go‘rguli» (Go‘ro‘g‘li) turkumidagi ko‘rinishlari 
(Aqldor obrazi kabi)ni tahlil etadi. Ayniqsa, olimning «Go‘ro‘g‘li»da 
animistik ajdodlar obrazi haqidagi mulohazalari diqqatga sazovardir. 
«Go‘ro‘g‘li» dostonida bir necha yuz yillardan beri og‘izdan-og‘izga 
o‘tib, xalq ichida keng tarqalgan dostonlardir. Bu dostonlar 
O‘zbekistondagina emas, turk, qozoq, qoraqolpoq, turkman, arman, 
tatar, ozarbayjon xalqlari va boshqa joylarda ham xalq o‘rtasida sevilib 


16 
aytilib kelgan, hozir ham zo‘r qiziqish bilan tinglanib kelinayotgan 
mushtarak dostonlardir. 
Turk dostonlarida Ko‘ro‘g‘lining tug‘ilishi mif bilan bog‘lanmagan. 
Uning otasi Yusuf beyga yoqmaydigan toy keltirgani uchun 
g‘azablangan bek tarafidan ko‘ziga surma tortib ko‘r qilinadi (ba’zi 
variantlarida ko‘zini o‘yib olinadi). Uning o‘g‘li Ali ulg‘ayib «Ko‘rning 
o‘g‘li» sifatida taniladi. Turk dostonlari Yusufning ko‘r bo‘lishi va 
Ko‘ro‘g‘lining keksayib o‘lishi bilan tugaydi. 
O‘zbek 
«Go‘ro‘g‘li» 
turkumi 
dostonlarining 
yaratilishida 
mifologiya katta o‘rin tutadi. Chunki bu turkumlikka kirgan dostonlarda 
ma’lum darajada barcha ibtidoiy tasavvurlar sistemalari totemizm
fetishizm, animizm va shomonizm-magizmaga asoslanga mifologiya 
mavjud. Agar dostonlar misolida aytadigan bo‘lsak. Go‘ro‘g‘lining 
tug‘ilishi dostonida ajdodlar xomiyligi va manistik mifologiya 
elementlari Hizr, Soqibulbul, «aziz»lar, ya’ni chiltonlar obrazlarida; 
«Yunus pari» dostonida shomonizm-magizmga asoslangan - maston, 
folbinlar obrazida o‘z izini qoldirgan. «Ravshan» dostoni syujetida 
fetishistik tasavvurga asoslangan mifologiya o‘ziga xos «tugun» 
vazifasini bajaradi. Jumladan, Ravshan Yunus pari bergan sehrli uzuk 
«fetish»da Zulxumorni ko‘rib sevib qoladi. Uzukni pari berishi ham 
mifologiya 
bilan 
bog‘liqdir. 
Fetishistik 
mifologiya 
ta’sirida 
qahramonning sarguzashti boshlanib, qiziqarli Doston yuzaga kelgan. 
Shuningdek, turkumlikdagi dostonlarda animistik qarash va mifologiya 
asosan dev, balo, pari, jodugar kabi yovuz ruhlar obrazida ifodalanadi. 
Agar o‘zbek «Go‘ro‘g‘li» turkumiga kirgan dostonlarni diqqat bilan 
ko‘zdan kechirilsa (ular 56 ta nom bilan, variantlari 100dan ortiq), 
dastlabki dostonlarida keyingilariga nisbatan ko‘proq mifologik 
elementlar ko‘p o‘rin olganini guvohi bo‘lamiz. O‘zbek «Go‘ro‘g‘li» 
turkumiga 
kirgan 
dostonlarning 
yaratilishiga 
asos 
bo‘lgan 
«Go`ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonining syujet rivojida mifologiya hal 
qiluvchi o‘rinni egallaydi. 
O‘z xalqining saodati, tinchligi uchun jonini ham ayamay jonbozlik 
ko‘rsatgan, elining sevimli farzandi Go‘ro‘g‘li, yoshligi-bolaligidan to 
qariyib bir yuz yigirma (ayrim variantlarda 125) yoshga kirib o‘lgunicha 
qo‘lidan qilichini tashlamagan, vatani, xalqini dushman hujumidan 
qo‘riqlashda charchamaga, dushmanini yengmay qo‘ymagan bir 
qaxramondir. Mana shunday qaxramon go‘rda tug‘iladi. Dostondagi 
mifologik motiv Go‘ro‘g‘lining go‘rda o‘lik onadan tug‘ilishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, bu motiv butun turkum uchun xarakterlidir. Demak, 


17 
qahramon bir umr yengilmaydi. Xalq qahramonining g‘ayri tabiiy 
to‘g‘ilishi keng tarqalgan motiv bo‘lib, nardlar eposida ham bor. 
Animizmga asoslangan bu motiv kelgusida Go‘ro‘g‘lining mifologik 
kuchlariga qarshi janga kirishi va ularni yengishi haqidagi ishonchga 
zamin xozirlaydi, Go‘ro‘g‘lining go‘rda tirilishi asosiy va qadimiy motiv 
bo‘lib, uning dunyoga kelishi olamga yorug‘lik eltadi (ya’ni, 
mifologiyada zulmat va nur kurashi tipik konfliktni, bu yerda ham shu 
holni ko‘ramiz). Bu dostonda shunday tasvirlanadi. 

Download 2.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling