Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/40
Sana02.01.2022
Hajmi1.64 Mb.
#195311
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi

Birinchi  bosqich  1991-1994  yillarni  o‘z  ichiga  olib,  bu 

bosqich  soliq  tizimining  tashkil  etilishi  va  soliqlarning  fiskal 

funksiyasi yuqori ahamiyatga ega bo‘lganligi bilan ajralib turadi.  

O‘zbekiston  soliq  tizimini  yaratishda  1991  yil  15  fevralda 

qabul  qilingan  "Korxonalar,  tashkilotlar  va  birlashmalardan 

olinadigan  soliqlar  to‘g‘risida"gi  qonun  birinchi  me’yoriy 

hujjatlardan bo‘ldi. Mazkur qonunda soliq tizimining tuzilishi va 

ishlashining  umumiy  asoslari  ko‘rsatildi  hamda  amaliyotga  joriy 

etilgan soliqlarni hisoblash va undirish tartibi belgilab berildi. 

Shu  bilan  birga,  1991  yil  15  fevralda  "O‘zbekiston  Respublikasi 

fuqarolaridan,  ajnabiy  fuqarolardan  va  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaxslardan 

olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan 

soliq  ob’ekti  kengaytirildi,  ya’ni  ilgari  daromad  solig‘ini  jamoa  xo‘jaligi  orqali 

to‘lab  bergan  jamoa  a’zolari  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘z  daromadlaridan  to‘laydigan 

bo‘ldilar. 

1993  yil  7  mayda  O‘zbekiston  Respublikasining  "Mahalliy  soliqlar  va 

yig‘imlar  to‘g‘risida"gi  qonuni  qabul  qilindi.  Bunday  soliqlarga  jismoniy 

shaxslarning  mol-mulk  solig‘i,  er  solig‘i,  kurort  zonalarida  ishlab  chiqarish 

ob’ektlari qurish solig‘i, reklama solig‘i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig‘i, 

transport vositalarini egalaridan soliq va 13 ta har xil yig‘imlar kiritildi. 

1991  yil  15  fevralda  qabul  qilingan  "Korxonalar,  tashkilotlar  va 

birlashmalardan  olinadigan  soliqlar  to‘g‘risida"gi  qonunga  1993  yil  7  mayda 

o‘zgarishlar kiritilib, chet el valyutasida olinadigan tushumdan ajratma joriy etildi. 

Respublika  valyuta  jamg‘armasiga  ajratma  dastlab  25%,  keyinchalik  10% 

miqdorida  belgilandi.  Soliq  tizimidagi  islohotlarning  birinchi  bosqichida 


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling