Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
Fiskal siyosat, davlàt byudjeti va uning taqchilligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
Uchinchi bosqich
Ikkinchi bosqich
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
473
sotish solig‘i, me’yoridan ortiq sotilmagan tayyor mahsulot qoldig‘i uchun 2 foizli haq hamda tabiatni ifloslantiruvchi chiqindilarni joylashtirish uchun haqlar bekor qilindi. 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari to‘lab kelingan yagona soliq hamda Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar o‘rniga yagona soliq to‘lovi joriy etildi. 2007 yil 1 yanvardan boshlab, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan yalpi daromad solig‘i, Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Maktab ta’limi jamg‘armalariga majburiy ajratmalar o‘rniga tanlash huquqisiz yalpi tushumdan to‘lanadigan yagona soliq to‘lovi joriy etildi. Malumki, 2005 yildan boshlab O‘zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish sohasida tub o‘zgarishlarni amalga oshirish davri boshlandi. Prezidentimiz I.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan - iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish hamda takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi. Xususan, 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida davr talablariga javob bermasligi qayd etilib, soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan foydalanish o‘ta muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, soliq tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga ega bo‘lishi lozimligi uqtirildi va amaldagi soliq qonunchiligini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, shu asosda uni yanada soddalashtirish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini engillashtirish, soliq bashqaruvini takomillashtirish va
erkinlashtirishni nazarda tutadigan yangi tahrirdagi Soliq kodeksini tasdiqlash topshirildi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling