Fitosenologiya


Alfa xilma-xillik, beta xilma-xillik va gamma xilma-xillik


Download 329.85 Kb.
bet45/121
Sana05.02.2023
Hajmi329.85 Kb.
#1167441
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121
Bog'liq
Fitosenologiya (1)

2. Alfa xilma-xillik, beta xilma-xillik va gamma xilma-xillik
Muayyan bir xududda uchraydigan barcha o‘simlik turlarining xilma xillik darajasi alfa xilma-xillik deb yuritiladi. Har bir xudud o‘zining shart sharoitlari bilan bir biridan farq qiladi va har xil o‘simlik turlarining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Turlar soni (tuplar soni emas) qanchalik ko‘p bo‘lsa, alfa xilma-xillik shunchalik yuqori hisoblanadi va aksincha, qanchalik kam bo’lsa, shunchalik past bo’ladi.
Beta xilma xillik bu - muayyan xududdagi o‘simlik jamoalarining (turlarining emas) xilma- xilligi hisoblanadi. Bunda har xil ekologik sharoitlar yoki ularning tabiiy yoki antropogen ta’sir natijasida tez tez o‘zgarib turishi yangi va har xil turli-tuman o‘simlik jamoalarining shakllanishiga olib keladi. Qanchalik ta’sir kuchli va xilma-xil bo‘lsa, beta xilma-xillik shunchalik yuqori bo‘ladi. Ayniqsa, shahar va qishloqlarga yaqinlashgan va ichkariga kirgan sari beta xilma-xillik ortib, alfa xilma xillik pasayadi va buning aksi holatida, yani antropogen bosim va ta’sir kam joylarda alfa xilma-xillik ortadi.
Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik o’simliklar jamoasining sindinamikasini ko’rsatuvchi xususiyatlardan biri hisoblanadi. Alfa xilma-xillik va beta xilma-xillik ko’rsaykichlari o’simliklar jamoasining qay darajada antropogen bosim ostida ekanligini bildiradi hamda o’simliklar jamoasining kelajagi haqida bashorat qilish imkoniyatini beradi.
Gamma xilma-xillik deb muayyan bir landshaftda tarqalgan o’simlik turlarining va jamoalarining xilma-xilligiga aytiladi
3. O‘simliklar qoplamida klimaks konsepsiyasi
Ikkilamchi suksessiyalar suksessiyalarning kelib chiqishiga odatda, yong’inlar, o’rmonlarni kesish, surilmalar, o’simlilarning turli zararkunandalar ta’sirida zararlanishi va yoq qilinishi sabab bo’ladi.
Ko’p xollarda ikkilamchi suksessiyalar dastlabki ko’rinishga, fitosenozning buzilmasdan oldingi xolatiga yo’nalgan bo’ladi. Suksessiyalar natijasida bir o’simlik qoplami boshqasi bilan almashadi.
Fitotsenozlarning o'zgarishidan tashqari ularda almashinuv ya'ni bir fitotsenoz o'rnini ikkinchisi egallashi ham kuzatiladi. Almashinishning o'zgarishdan farqi u qaytarilmas jarayondir.
O'simliklar qoplamida fitotsenozlarning qaytarilmas qayta shakllanishi va bir fitotsenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni fitotsenozlarning almashinish yoki suktsessiya, suktsession o'zgarishlar deb ataladi. Suktsessiya so'zi lotincha succedo-kimning yoki nimaning orqasidan boraman degan ma'noni anglatadi.
Fitotsenozlardagi o'zgarishlar ya'ni mavsumiy va yillik(turli yillarda) o'zgarishlar fitotsenoz chegarasida ro'y beradi. Suktsession o'zgarishning asosiy mazmuni bir fitotsenozning o'rini ikkinchi bir fitotsenoz egallashidir, ya'ni ularni rivojlanish hodisasi deb tushunish kerak.
Fitotsenozlar almashinishini o'rganishning amaliy ahamiyati juda kattadir. Inson xo'jalik faoliyatida bevosita yoki bilvosita fitotsenozlar suktsessiyasiga duch keladi. Qishloq xo'jaligi va o'rmon maydonlarining yomonlashish hodisalari suktsessiya natijasidir. Xo'jalik faoliyati uchun foydali suktsessiyalar ham bo'ladi, bu inson aralashuvisiz kechadigan suktsessiyalardir: o'rmonda tuproq jinsining yaxshilanishi, tabiiy botqoqlashish, yaylovlarning o'z-o'zidan tiklanishi va hakozolar. Inson o'simliklar qoplamini o'zining foydasiga yaxshilashga urinadi. Natijada u fitotsenozlar almashinishiga sabab bo'ladi. Bunday ta'sir suktsessiyaning tezlashishiga yoki sekinlashishiga, yoki umuman boshqa yo'nalishga burilib ketishiga sabab bo'ladi. O'simliklar qoplamini boshqarish suktsessiyani boshqarishga olib boradi: foydali almashinishni amalga oshirish, zararli almashinishning oldini olish, almashinish tempini tezlashtirish yoki susaytirish. O'simliklar qoplamini boshqara olish uchun suktsessiya mexanizmi va tempini, sabablarini bilish kerak.
Suksessiyalar yakunida oxir oqibat o’zgarmaydigan muayyan o’simliklar jamoasi shkllanadi va bu jarayon fitosenologiyada klimaks xodisasi deb yuritiladi. Klimaks xodisasi jamoalarning seriyali ravishda almashinishi natijasida uzoq vaqtlar oralig’ida yuzaga chiqadi. Masalan, ikkilamchi suksessiyalar natijasida ko’l osimliklari jamoasi vaqt o’tishi, suvning kamayishi natijasida botqoq o’simliklari jamoasiga almashinadi. Ma’lum vaqtlardan keyin bunday jamoa o’z o’rnini to’qay o’simliklari jamoasiga bo’shatib beradi. Shu tariqa jamoalar (fitosenoz)ning almashinishi seriyalari davom etadi. Ma’lum bir davr o’tgandan so’ng, keyinchalik bu maydonlarda nixoyat cho’l yoki dast o’simliklari vujudga keladi va shu tariqa suksessiya seriyalari yakunlanib, klimaks sodir boladi. Demak, klimaks tushunchasi bevosita suksessiya jarayonlari bilan bo’g’liq va uning sodir bo’lishi maqsadga yo’naltirilgan qaytmas jarayonlarning yakuniy bosqichi hisoblanadi.

Download 329.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling